Erniyazov Erniyaz Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mellori–Veyss sindromida gemostazning endoskopik usulini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3919.
Ilmiy rahbar: Yakubov Farxod Radjabovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Ruziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat xalqlar do‘stligi ordeni tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
endoskopik gemostaz usulini ishlab chiqish va eksperimental-klinik asoslash orqali qizilo‘ngach va oshqozon shilliq qavatining yirtilishi bo‘lgan bemorlarda davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oshqozoninng kardioezofageal sohasi shilliq qavati yirtilishida uzoq muddatli gemostatik ta’sir, mahalliy yallig‘lanishga qarshi, regenerativ jarayonlarning kuchayishi bilan tavsiflanadigan qon ketishni endoskopik to‘xtatish usuli va davosi ishlab chiqilgan;
preparatning asosiy xususiyatlarini saqlagan holda gelli substansiya shakllanishini ta’minlaydigan Xemoben kukunini fiziologik eritmada 2% konsentratsiyagacha suyultirishi, bu oshqozonning shilliq osti qatlamiga in’eksiya qilish uchun maqbul konsentratsiya hisoblanishi eksperimental ravishda aniqlangan;
oshqozon shilliq osti qavatiga Xemoben gelini in’eksion kiritib tajriba hayvonlarida valik hosil qilib, oshqozon va qizilo‘ngach devori perforatsiya havfini oldini oladigan, shuningdek, yaraning bitish jarayonini tezlashtiradigan yirtilishi sohasini germetizatsiya qilishi isbotlangan;
gemostatik Xemobenning gelsimon kompozisiyasini shilliq osti sohaga yuborilganda immunitetning hujayra omillari va yallig‘lanish reaksiyasining ishtirokisiz so‘rilishi va uzoq muddatli (2-3 kun davomida) ta’siriga ega ekanligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshket tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024-yil 09-aprel 04/097-son xulosasiga ko‘ra:
ilmiy yangilikning mohiyati: oshqozoninng kardioezofageal sohasi shilliq qavati yirtilishida uzoq muddatli gemostatik ta’sir, mahalliy yallig‘lanishga qarshi, regenerativ jarayonlarning kuchayishi bilan tavsiflanadigan qon ketishni endoskopik to‘xtatish usuli va davosi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Oshqozon kardiyoezofagial zonasi shilliq qavati yorilishi va qon ketishini to‘xtatish va davolash usuli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 14-apreldagi IAP 07368-sonli ixtirosi uchun patent). Gemostatik gelni oshqozon shilliq qavatiga inyeksiya qilishning tavsiya etilgan usuli, yostiqcha hosil bo‘lishi bilan, uzoq muddatli ta’sirni ta’minlash va qizilo‘ngach-oshqozon shilliq qavatining yorilishini yopish orqali gemostaz samaradorligini oshirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi Qabul EMERGENCY DEPARTMENT bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy-tadqiqot izlanishi bo‘yicha olingan nazariy va amaliy xulosalar Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-son gospital va fakultet jarrohligi kafedrasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Umumiy jarrohlik kafedralari o‘quv jarayonlarida keng qo‘llanilmoqda. (RshTYoIM Xorazm filiali (05.12.2023-yil. № 174 “I”- sonli buyruq) va Beruniy tuman tibbiyot birlashmasida (12.12.2023-yil. № 4946-13-182-TB/2023-son buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gemostatik gelni oshqozon shilliq qavatiga qilingan inyeksiya uzoq muddatli ta’siri tufayli yostiqcha hosil bo‘lishi bilan jarohat yopiladi va oshqozonning agressiv muhiti yallig‘lanish jarayonining rivojlanish intensivligining pasayishini, shuningdek regenerativ jarayonlarning mahalliy kuchayishini ta’minlaydi va Mellori-Veyss sindromi bilan kasallangan bemorlar shifoxonada bo‘lish davri 3-5 kunga qisqartirilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Xemobentning klinik samaradorligi yuqori gemostatik ta’siri va kardilezofagial zonaning jarohatini davolashni kuchaytirishi, shuningdek, kasalxonada yotish muddati pasayishi bilan tavsiflanadi va ortiqcha sarf-xarajatlar hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Boshqa vositalar va usullardan farqli o‘laroq, mahalliy Xemoben preparatining 1 flakoni (1,0 g) 40000 so‘mni tashkil etadi va uni ishlatish uchun atigi 1 shisha kerak bo‘ladi. Ushbu nozologiya bilan kasallangan bir bemorni davolash uchun jami 996000 so‘m iqtisodiy samarani tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mellori-Veyss sindromida gemostazning endoskopik usulini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TTA prorektori tomonidan 2023-yil 6-dekabrdagi 09-11171-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: preparatning asosiy xususiyatlarini saqlagan holda gelli substansiya shakllanishini ta’minlaydigan Xemoben kukunini fiziologik eritmada 2% konsentrsiyagacha suyultirishi, bu oshqozonning shilliq osti qatlamiga in’eksiya qilish uchun maqbul konsentratsiya hisoblanishi eksperimental ravishda aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: "Mellori-Veyss sindromida qizilo‘ngach va oshqozon shilliq qavatining yorilishida qon ketishini to‘xtatish va davolash uchun endoskopik usullarni takomillashtirish" uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilgan (sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 30 oktyabrdagi 115-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatmalar Mellori-Veyss sindromi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga yordam berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi Qabul EMERGENCY DEPARTMENT bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy-tadqiqot izlanishi bo‘yicha olingan nazariy va amaliy xulosalar Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-son gospital va fakultet jarrohligi kafedrasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Umumiy jarrohlik kafedralari o‘quv jarayonlarida keng qo‘llanilmoqda. (RshTYoIM Xorazm filiali (05.12.2023-yil. № 174 “I”- sonli buyruq) va Beruniy tuman tibbiyot birlashmasida (12.12.2023-yil. № 4946-13-182-TB/2023-son buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Mellori-Veyss sindromida oshqozon kardioezofagial zonasi shilliq qavatining yorilishi paytida qon ketishini endoskopik tarzda to‘xtatishning tavsiya etilgan usuli uzoq muddatli ta’sirni ta’minlash va qizilo‘ngach-oshqozon shilliq qavatining yorilishini yopish orqali gemostaz samaradorligini oshirishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan usulda Xemoben preparatini qo‘llangan bemorlarda qayta qonash havfi deyarli past bo‘lib, qayta endoskopik monipulyasiyalar uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni cheklaydi hamda bemorlar davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 250000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 5 kundan 3 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun byudjet hisobidan esa 500000 so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: O‘z navbatida qo‘llanilgan Xemoben preparatining 1 flakoni (1,0 g) 40000 so‘mni tashkil etadi va uni ishlatish uchun atigi 1 shisha kerak bo‘ladi. Ushbu nozologiya bilan kasallangan bir bemorni davolash uchun jami 996000 so‘m iqtisodiy samarani tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mellori-Veyss sindromida gemostazning endoskopik usulini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TTA prorektori tomonidan 2023-yil 6-dekabrdagi 09-11171-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: oshqozon shilliq osti qavatiga Xemoben gelini inyeksion kiritib tajriba hayvonlarida valik hosil qilib, oshqozon va qizilo‘ngach devori perforatsiya havfini oldini oladigan, shuningdek, yaraning bitish jarayonini tezlashtiradigan yirtilishi sohasini germetizatsiya qilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy etish Mellori-Veyss sindromida qon ketishda gemostatik ta’sirning kuchayishini ta’minladi, bu esa majburiy jarrohlik davolanishga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etishga, shuningdek shilliq qavatning yorilishlarini to‘liq epitelizatsiya qilish vaqtini va shu bilan kasalxonada va reabilitatsiya davrlarining davomiyligini qisqartirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi Qabul EMERGENCY DEPARTMENT bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy-tadqiqot izlanishi bo‘yicha olingan nazariy va amaliy xulosalar Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-son gospital va fakultet jarrohligi kafedrasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Umumiy jarrohlik kafedralari o‘quv jarayonlarida keng qo‘llanilmoqda. (RshTYoIM Xorazm filiali (05.12.2023-yil. № 174 “I”- sonli buyruq) va Beruniy tuman tibbiyot birlashmasida (12.12.2023-yil. № 4946-13-182-TB/2023-son buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Mellori-Veyss sindromidagi shilliq qavatning yorilishi sohasiga Xemoben gelini endoskopik subseroz inyeksiyasi jarohatlarning to‘liq epitelizatsiyasi jarayonlarini tezlashtirish bilan gemostatik va reparativ ta’sirni kuchaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: 1) maqsadsiz dori-darmonlar qo‘llanilishining oldini olish; 2) qayta endoskopik davolashdan tejalishi bemorlarning shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 250000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 3-5 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun o‘z hisobidan 200000 so‘m, byudjet hisobidan esa 400 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: Mellori-Veyss sindromida Xemoben gelini endoskopik inyeksiya qilishning tavsiya etilgan usuli birlamchi gemostatik ta’sirning 83,6% dan 98,2% gacha (p=0,006), o‘z navbatida erishilgan birlamchi hisobga olgan holda umumiy samaradorlikni ta’minladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mellori-Veyss sindromida gemostazning endoskopik usulini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TTA prorektori tomonidan 2023-yil 6-dekabrdagi 09-11171-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: gemostatik Xemobenning gelsimon kompozisiyasini shilliq osti sohaga yuborilganda immunitetning hujayra omillari va yallig‘lanish reaksiyasining ishtirokisiz so‘rilishi va uzoq muddatli (2-3 kun davomida) ta’siriga ega ekanligi tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Mellori-Veyss sindromida shilliq qavat yirtilish sohasiga Xemoben gel moddasini endoskopik subseroz kiritilishi defektni to‘liq epitelizatsiya jarayonini tezlashtirish orqali gemostatik va reparativ ta’sirini kuchaytirishiga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi Qabul EMERGENCY DEPARTMENT bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy-tadqiqot izlanishi bo‘yicha olingan nazariy va amaliy xulosalar Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-son gospital va fakultet jarrohligi kafedrasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Umumiy jarrohlik kafedralari o‘quv jarayonlarida keng qo‘llanilmoqda. (RshTYoIM Xorazm filiali (05.12.2023-yil. № 174 “I”- sonli buyruq) va Beruniy tuman tibbiyot birlashmasida (12.12.2023-yil. № 4946-13-182-TB/2023-son buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Mellori-Veyss sindromidagi shilliq qavatning yorilishi sohasiga Xemoben gelini endoskopik subseroz inyeksiyasi jarohatlarning to‘liq epitelizatsiyasi, defekt sohasida jarayonlarini tezlashtirish, shunungdek gemostatik va qayta tiklanish jarayonini kuchaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Mellori-Veyss sindromida qayta qonashlarda takroriy endoskopik davolash kerak bo‘ladi, takroriy endoskopik davodan keyin ikkita bemorda majburiy operativ davo o‘tkazilgan, bu esa o‘z o‘rnida qo‘shimcha harajatlarga olib keladi va bemorni shifohonada yotib davolanish kunini uzaytiradi. Xulosa: Mellori-Veyss sindromida bemorlarda endoskopik aralashuvlardan so‘ng, kardioezofageal sohasini yorilishlsri hajmi asosiy guruhda 1,40±0,78 dan 0,13±0,33 sm gacha o‘zgargan, manipulyasiyadan keyin shilliq qavatning chiziqli yorilishlari uzunligi kamaytirishga imkon berdi (t= 3,38; p<0,05). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mellori-Veyss sindromida gemostazning endoskopik usulini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TTA prorektori tomonidan 2023-yil 6-dekabrdagi 09-11171-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish