Ramazanov Medetbay Baxitbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi lisey o‘quvchilarining salomatligiga ekologik omillarning ta’siri», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V844.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Aimbetov Nagmet Kallievich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Maturazova Elmira Matiyazovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi lisey o‘quvchilari salomatligiga ekologik omillarning ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi akademik lisey o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga ekologik omillarining ta’sir ko‘rsatishi yuqori ekanligi aniqlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi akademik liseylari o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va funksional holatiga atrof-muhitning kompleks ta’sir darajasi aniqlangan;
birinchi marotaba har ikki jinsdagi va turli yoshdagi akademik lisey o‘quvchilariga ekologik omillar ta’sirining intensivligi qiyosiy baholangan;
lisey o‘quvchilarda ekologik omillari ta’siriga organizmning javob reaksiyasidagi jinsiy dimorfizm haqida yangi ma’lumotlar olingan;
akademik lisey o‘quvchilarining yurak-qon tomir va nafas olish tizimidagi o‘zgarishlarni atrof-muhitdagi ifloslantiruvchi moddalar tasiri bilan bog‘liqliqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi lisey o‘quvchilari salomatligiga ekologik omillarning ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi akademik lisey o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga ekologik omillarining ta’sir darajasini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida Janubiy Orolbo‘yi aholisi salomatligini asrash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda joriy etilgan va foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2023 yil 25 maydagi 01/18-2-1348-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tamonidan ekotizim dinamikasini bioindikatsiyalash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida ekologik omillarning lisey o‘quvchilarining morfofuksional ko‘rsatkichlariga ta’sir etish qonuniyatlarini aniqlash va prognoz qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi akademik lisey o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari va organizmning funksional tizimlariga atrof-muhitning turli omillarining ta’sirini monitoring qilish asosida olingan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotida joriy etilgan va foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 17 maydagi 01/3222-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhitdagi ifloslantiruvchi moddalar tarkibini va o‘sayotgan organizm kardiorespirator tizimining ushbu muhitga bog‘liqligini monitoring qilishda uslubiy asos sifatida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish