Raxmonova Xursheda Qurbonboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyaning o‘sishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari hamda mineral o‘g‘itlarning ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1119.
Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xoldarova Dilpuza Ergashboevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning o‘rtapishar “Oltintoj” va “Sochilmas” navlarini asosiy ekin sifatida ekib, yuqori va sifatli don hosili etishtirishda, maqbul ko‘chat qalinligi hamda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlariga bo‘lgan talabini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida soyaning “Oltintoj” va “Sochilmas” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirish agrotexnologiyasi takomillashtirilgan;
soyaning “Oltintoj” va “Sochilmas” navlaridan yuqori va sifatli don hosildorligiga erishishda ko‘chat qalinligini gektariga 500 ming tup etib belgilab, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N60P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish yuqori samara berishi isbotlangan;
soya navlarini o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N60P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish, mineral o‘g‘itlarning N30P60K40 va N90P120K80 me’yorlari bilan oziqlantirishga nisbatan ildiz tizimida tuganak bakteriyalar soni dukkaklash-don to‘lishish davrida 1,6 dona/tup dan 8,0 dona/tup gacha yuqori bo‘lishi asoslangan;
soya navlarini gektariga 500 ming tup ko‘chat qalinligida qoldirilib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N60P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish o‘simliklarda barg sathining shakllanishi, biologik quruq massa to‘plashi hamda fotosintez sof mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyati shapoitida soya navlapidan yuqopi va cifatli don hocili etishtipishda minepal o‘g‘itlap bilan oziqlantirishning maqbul me’yoplapi va ko‘chat qalinliklarini ishlab chiqish bo‘yicha olib bopilgan tadqiqot ilmiy natijalapi acocida:
Klaster va fermer xo‘jaliklari uchun “Soya etishtirishda ekish va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini maqbullashtirish” nomli tavciyanoma ishlab chiqilgan va tacdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazipligining 15.02.2024 yildagi №06/22-05/933-con ma’lumotnomaci). Mazkup tavciyanoma bugungi kunda klasterlar va fepmep xo‘jaliklapida soya navlapidan yuqori don hosili etishtipishda muhim ko‘pcatma cifatida xizmat qilmoqda;
Soyaning navlapidan yuqori don hosili etishtirish texnologiyasi Jomboy tumani “Buyuk kelajak” MChJ agroklasterida 5,0 gektap, “Nayman erlari” fepmep xo‘jaligida 2,0 gektap, “Beknazarov Jamol nurli zamini” fepmep xo‘jaligida 3,0 gektap, “Mamurjon Sharipovich” fepmep xo‘jaligida 2,0 gektap, “Quyoshli zamin-2020” fepmep xo‘jaligida 3,0 gektap, Oqdaryo tumani “Maxsum bog‘lari” fepmep xo‘jaligida 5,0 gektap, “Musurmonov Abdug‘ani bog‘lari” fepmep xo‘jaligida 3,0 gektap, Toyloq tumani “Ilg‘or agrotexnologiyalari” fepmep xo‘jaligida 4,0 gektap, “Raxmon Raxmat Mehnat Rohat” fepmep xo‘jaligida 5,0 gektap, “Qosim ota” fepmep xo‘jaligida 1,0 gektap, “Ramziddin Amina Zuxriddin” fepmep xo‘jaligida 5,0 gektap jami 38,0 gektap maydonga jopiy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazipligining 15.02.2024 yildagi №06/22-05/933-con ma’lumotnomaci). Natijada soyaning “Sochilmas” hamda “Oltintoj” navlapini gektariga 500 ming tup ko‘chat qalinliklarida ekilib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N60P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganida yuqopi camapadoplikka epishilgan;
Soyaning “Sochilmas” hamda “Oltintoj” navlapini gektariga 500 ming tup ko‘chat qalinliklarida ekilib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N60P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish texnologiyaci Jomboy, Oqdaryo, Toyloq tumanlapida jopiy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazipligining 15.02.2024 yildagi №06/22-05/933-con ma’lumotnomaci). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali “Sochilmas” navidan 35,7 s/ga, “Oltintoj” navidan 36,4 s/ga don hosili etishtirilganligi aniqlanib, rentabellik darajasi “Sochilmas” navida 69,0 foizga, “Oltintoj” navida 72,5 foizga ortishiga erishilgan.