Abdullaeva Yulduz Ulug‘murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka navlari minituganaklarini o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va in-vitro da ko‘paytirishni takomillashtirish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1203.
Ilmiy rahbar: Elmurodov Abdug‘ani Aktamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sanaev Sobir Toyirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dexqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vodiysining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kartoshka navlarini urug‘bop minituganaklarini in-vitro da etishtirish, urug‘lik tuganaklarni turli vaznda va ekish chuqurliklarida o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini o‘rganish hamda maqbul natijalarni ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kartoshka navlarini botanik urug‘ o‘simtasidan olingan kallus to‘qimalardan murtak hosil bo‘lishi, tuganak o‘simtasi hujayralariga nisbatan 3-4 kun oldin shakllanishi, rivojlanishdan qolgan nihollar salmog‘i 16-18% kam, kallus to‘qimalardan sog‘lom nihollarni ko‘payish koeffisienti 20-30 % ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
in-vitro ko‘chatlarini fitotronda 9x9 va 10x10 sm sxemada ekish 1 m2 58-60 dona urug‘bop minituganaklar olish, kelgusi yili 8,1-8,4 gektar maydonni urug‘lik bilan ta’minlash mumkinligi aniqlangan;
MS-ozuqa muhit tarkibida (saxaroza-90 mg/l gibberillin-1,5 mg/l, Kinetin-1,0 mg/l, IUK-2,0 mg/l) 30 - kuni o‘simlik bo‘yi 17,3-18,4 sm, barg soni 12,1-13,0 dona kuzatilib, yoki nazoratga nisbatan 0,5; 3,5 va 3,3 sm ga, barg soni esa 2,7 donaga ko‘p, poya va barg vazni 8,4 gramm, minituganaklar soni 14 dona, o‘rtacha vazni 8,8 gramm, bir metr kvadratda 154,0 dona olingan, uch qavatda 462,0 dona (ikki oyda), yoki 2772 dona (bir yilda) olish mumkinligi aniqlangan;
in-vitro da etishtirilgan 5-10 gramm va 10 grammdan yuqori bo‘lgan Red Skarlet va Arnova navlari minituganaklarni 7-8 sm ekish o‘simlik bo‘yi 54,5-54,8 sm, poya soni 3,0-2,6 dona va barg soni esa 27,3-26,4 donani, 1 m2 da yuqori sifatli 25-30 dona urug‘lik tuganak, (456,5-485,5 ming dona/ga) olish va 6,7-6,8 gektar maydonni urug‘lik bilan ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyati sharoitida olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Agroklasterlar hamda fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun “Samarqand viloyati sharoitida kartoshka navlaridan in-vitro da kallus tuqimalar olish usulini takomillashtirish” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 25.09.2023 yildagi №.04/34/-06/1101 son xamda 3.07.2024 yildagi №.05/06-02-501 son ma’lumotnomalari). Mazkur tavsiyanoma Agroklasterlar va fermer xo‘jaliklarida kartoshka navlarini in-vitro laboratoriyasi sharoitida urug‘bop minituganaklar etishtirish va ulardan foydalanishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Kartoshkaning o‘rtatezpishar Red Skarlet, Arnova, Pikasso va Sante navlarini takomillashtirilgan MS ozuqa muhitida etishtirilgan urug‘lik minituganaklar Jomboy tumani “Mansurov Muzaffar fayzli zamin” fermer xo‘jaligida 2,3 gektar, “Fayozjon agro hosil” fermer xo‘jaligida 2,3 gektar, “Umirzoqov Iskandar” fermer xo‘jaligida 2,3 gektar, Bulung‘ur tumani “Mamatov Faxriddin” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, Toyloq tumani “Davronov Baxodir Xursanovich” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, “Musurmon Odil R Saidnazarov” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, “Zarafshon” fermer xo‘jaligida 3,2 gektar, Oqdaryo tumani “Oqbuyra Islom” fermer xo‘jaligida 6,0 gektar, “Qambar ota” fermer xo‘jaligida 2,3 gektar, jami 26,9 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 25.09.2023 yildagi №.04/34/-06/1101 son xamda 3.07.2024 yildagi №.05/06-02-501 son ma’lumotnomalari). Natijada 5-10 grammgacha bo‘lgan urug‘lik minituganaklar 60x20-1 sxemada 7-8 sm chuqurlikda ekilgan maydonlarda yuqori samaradorlikka erishilgan;
Kartoshkaning o‘rtatezpishar Red Skarlet, Arnova, Pikasso va Sante navlarini in-vitro laboratoriyasi sharoitida takomillashtirilgan MS ozuqa muhitida etishtirilgan urug‘lik minituganaklarni ishlab chiqarish sharoitida ekib yuqori va sifatli tuganak hosili etishtirish texnologiyasi Jomboy, Bulung‘ur, Toyloq, Oqdaryo tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 25.09.2023 yildagi №.04/34/-06/1101 son xamda 3.07.2024 yildagi №.05/06-02-501 son ma’lumotnomalari). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali ozuqa muhit tarkibini takomillashtirish hisobiga kartoshka navlaridan o‘rtacha 51,4-63,5 tonna tuganak hosili etishtirilib, rentabellik ko‘rsatkichi 111,1-137,6 foizgacha ko‘tarilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish