Nurjanova Yulduz Shukirillaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. “O‘rta maxsus ta’lim tizimida folklorga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullari”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2115.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Dilmanov Ilya Orakbaevich filologiya fanlari nomzodi, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ubaydullaev Normuhammad Hasanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta maxsus ta’lim tizimi o‘quvchilarida folklorga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta maxsus ta’lim tizimida folklorga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini rivojlantirishda o‘quv materiallarini tanlash, spiralsimon usulda taqdim qilish va baholash mezonlari aniqlanib, o‘zlashtirish uchun belgilangan nazariy ma’lumotlar adabiy-nazariy tushunchalar, qoidalar, ta’riflar asar mazmunini anglash vositasi ekanligi asoslangan;
o‘rta maxsus ta’lim tizimida folklorga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari umumiylikdan xususiylikka, adabiy-nazariy tushunchalarni baholash orqali asar mazmuniga kirib borish tamoyili asosida boyitilgan; o‘quvchida badiiy asarni o‘qib tushunish va baholash mezonlari takomillashtirilgan;
o‘rta maxsus ta’lim tizimida folklorga oid nazariy bilimlar asosida o‘quvchilarda nasriy va dramatik matnlarni yod olish va yoddan ifodali aytish, shuningdek ularda ijro ko‘nikmalarini rivojlantirishi ilmiy-nazariy jihatdan dalillangan;
adabiy ta’limda, ayniqsa, akademik liseylarda folklorga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini takomillashtirish jarayonida nazariy ma’lumotlardan amaliy ko‘nikmani rivojlantirishda foydalanishda nazariyadan amaliyotga borish tamoyilini qo‘llash samarador ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta maxsus ta’lim tizimida folklorga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullari mavzusi tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalari asosida:
o‘rta maxsus ta’lim tizimida folklorga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini rivojlantirishda o‘quv materiallarini tanlash, spiralsimon usulda taqdim qilish va baholash mezonlari aniqlanib, o‘zlashtirish uchun belgilangan nazariy ma’lumotlar adabiy-nazariy tushunchalar, qoidalar, ta’riflar asar mazmunini anglash vositasi ekanligi hamda o‘rta maxsus ta’lim tizimida folklorga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari umumiylikdan xususiylikka, adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish orqali asar mazmuniga kirib borish tamoyili asosida boyitilgan; o‘quvchida badiiy asarni o‘qib tushunish va baholash mezonlari takomillashtirilganligi yuzasidan chiqarilgan xulosalardan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 10-avgustdagi 197-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash maqsadidan kelib chiqib nazariy manbalar boyitilishiga erishilgan.
o‘rta maxsus ta’lim tizimida folklorga oid nazariy bilimlar asosida o‘quvchilarda nasriy va dramatik matnlarni yod olish va yoddan ifodali aytish, shuningdek ularda ijro ko‘nikmalarini rivojlantirishi ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirilganligi hamda adabiy ta’limda, ayniqsa, akademik liseylarda folklorga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini takomillashtirish jarayonida nazariy ma’lumotlardan amaliy ko‘nikmani rivojlantirishda foydalanishda nazariyadan amaliyotga borish tamoyilini qo‘llash samaradorligi haqidagi xulosalardan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 10-avgustdagi 198-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy ma’lumotlar, amaliy manbalar bilan boyitilishiga erishilgan.