Pozilova Shahnoza Xaydaralievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli jamiyat muhitida professional ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy kreativligini rivojlantirishning didaktik asoslari va metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped417.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori; Abdullaeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ualrni malakasini oshirish tarmoq markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli jamiyat muhitida professional ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy kreativligini rivojlantirishning didaktik asoslari mazmuni va metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim o‘qituvchilarning kasbiy kreativligining komponentlari metaindividual (emotsional va fleksibl), metaprofessional (metodik va boshqaruvchanlik) va metaraqamli (vizual va infografik) kreativlik ko‘rsatkichlarini funksional integrasiyalash hamda metakompetensiyaviy qobiliyatlarini akselerativ ravishda rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
professional ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kreativlik kompetentliligini rivojlantirish bosqichlari tizimli fikrlash, refleksiya, kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beruvchi tashkiliy-loyihaviy va kreativ-metodik faoliyatini raqamli strategik maqsadlariga muvofiq insayt-kreativ, metodik-kreativ va innovatsion-refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning dinamik ketma-ketligining innovatsion integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kreativligini rivojlantirish modelining prosessual-faoliyatli komponenti innovatsion-metodik loyihalarning texnologik, metodik-loyihaviy va refleksiv-didaktik jarayonlarini tizimli ravishda kreativ pedagogik faoliyatga implementasiya qilish hamda kreativlikning autentik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kreativligini rivojlantirish metodikasi pedagogik muammolarni mantiqiy identifikasiyalash, kreativ g‘oyalarni mazmunli generasiyalash, innovasion-metodik strategiyani virtuozlash, olingan natijalarni eksperimental prototiplashtirish orqali takomillashtirilgan;
professional ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kreativligini rivojlantirish samaradorligini baholash mezonlari ilmiy-didaktik, original-metodik va infografik-dizaynerlik ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan prezentativ, kvazi-professional va izlanuvchan darajalarini parametr va indikatorlarining miqdor va sifat aspektlari mazmunan optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli jamiyat muhitida professional ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kreativligini rivojlantirishning didaktik asoslari va metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asosida:
 professional ta’lim o‘qituvchilarning kasbiy kreativligining komponentlari metaindividual (emotsional va fleksibl), metaprofessional (metodik va boshqaruvchanlik) va metaraqamli (vizual va infografik) kreativlik ko‘rsatkichlarini funksional integrasiyalash hamda metakompetensiyaviy qobiliyatlarini akselerativ ravishda rivojlantirish asosida aniqlangan hamda ERASMUS+ loyihasining “Ta’lim tizimini rivojlantirish hamda  malaka oshirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha  “New study program in space systems and communications engineering  – Spasecom” (609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBHE-JP) loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 oktyabrdagi 4/17-318-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kreativligi darajasining yuqori bo‘lishiga erishilgan;
professional ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kreativlik kompetentliligini rivojlantirish bosqichlari tizimli fikrlash, refleksiya, kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beruvchi tashkiliy-loyihaviy va kreativ-metodik faoliyatini raqamli strategik maqsadlariga muvofiq insayt-kreativ, metodik-kreativ va innovatsion-refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning dinamik ketma-ketligining innovatsion integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirish va o‘z o‘zini bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini (onlayn veb-portal) yaratish” nomli innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 oktyabrdagi 4/17-318-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kreativligini rivojlantirish samaradorligi yuqori darajada oshgan;
   professional ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kreativligini rivojlantirish modelining prosessual-faoliyatli komponenti innovatsion-metodik loyihalarning texnologik, metodik-loyihaviy va refleksiv-didaktik jarayonlarini tizimli ravishda kreativ pedagogik faoliyatga implementasiya qilish hamda kreativlikning autentik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar  “Ijodiy ta’lim” darsligi mazmuniga (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 oktyabrdagi 4/17-318-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kreativligini rivojlantirish asosida ularning innovatsion-metodik loyihalarni bajarish ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanib, nashr ruxsatnomasi berilgan.
  professional ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kreativligini rivojlantirish metodikasi pedagogik muammolarni mantiqiy identifikasiyalash, kreativ g‘oyalarni mazmunli generasiyalash, innovasion-metodik strategiyani virtuozlash, olingan natijalarni eksperimental prototiplashtirish orqali takomillash oid takliflar “Ijodiy ta’lim” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 oktyabrdagi 4/17-318-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim  malaka talablari takomillashtirilib, o‘quv rejalari va modul dasturlari ishlab chiqilgan;
professional ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kreativligini rivojlantirish samaradorligini baholash mezonlari ilmiy-didaktik, original-metodik va infografik-dizaynerlik ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan prezentativ, kvazi-professional va izlanuvchan darajalarini parametr va indikatorlarining miqdor va sifat aspektlari mazmunan optimallashtirilgan va tajriba-sinov ishlarida uning samarali ekanligi olingan natijalar asosida isbotlangan hamda “Ijodiy ta’lim” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 oktyabrdagi 4/17-318-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim o‘quv jarayonida kreativ ta’lim metodikasini samarali tashkil etishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish