Yuldasheva Xilola Abdulxaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy arab adabiyotida milliy identiklikning badiiy talqini masalalari”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil642.
Ilmiy maslaxatchi: Shomusarov Shorustam Giyasovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Islomov Zohidjon Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Gasimova Aida Shahlar qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alishir Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arab adabiyotida milliy identiklikning badiiy talqini usullari va shakllari, shuningdek, o'ziga xosligi va dinamikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy identiklik arab adiblari asarlarining konseptual va tematik-kompozision komponenti sifatida namoyon bo‘layotgani, hozirgi globallashuv sharoitida badiiy adabiyot Yaqin Sharq jamiyati ma’naviy taraqqiyotini shakllantiruvchi ko‘p qirrali, dinamik va integratsion omil ekanligi asoslangan;
arab milliy o‘ziga xosligining tarixiy genezisi, ijtimoiy-madaniy evolyusiyasi va transformatsiyasi mumtoz adabiy yodgorliklar, shuningdek, ummaviylar, abbosiylar, mustamlaka va muhojirat davri badiiy adabiyotidagi ramziy va badiiy-estetik obrazlar va syujetlar asosida dalillangan;
arab adabiyoti syujetlaridagi milliy-madaniy kodlar – milliy xarakter, urf-odatlar, an’analar va marosimlar kabi qadriyatlar hamda etnomadaniy elementlar arab milliy identikligining atributiv va kognitiv-konseptual jihatlari ekanligi isbotlangan;
muhojirlikdagi adiblarning ijodi arab identikligiga muvofiqligi hamda ularning ko‘ptilli badiiy asarlarida milliy o‘zlik ifodasining barqarorligi va milliy-madaniy transformatsiyasi globallashuv ta’siridaligi aniqlangan;
arab adabiyotida ayollar identlikligining badiiy talqini ayol va erkak ijodkorlarning asarlaridagi gender stereotiplari va ijtimoiy munosabatlarning ifodalanishidagi strukturaviy va kompozision farqlar tipologik hamda etnomadaniy obrazlar tizimi asosida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy arab adabiyotida milliy identiklikning badiiy talqini masalalariga oid tadqiqot natijalari asosida:
arab adabiyotida insoniyatning abadiy muammolaridan biri bo‘lgan insonning o‘zligidan begonalashuvi, uning jamiyat va vatan bilan aloqasi uzilishi oqibatida yuzaga keladigan ekzistensial inqirozning tahlili, arab adabiyotida ayollar obrazlarini tasvirlash orqali ularning jamiyatda tutgan o‘rnini oshirish, ularning ta’lim olish, erkin yashash, o‘zini namoyon qilish kabi huquqlari va gender tengsizligi masalalarida yozuvchilarning arab jamiyatidagi yondashuvlarni o‘zgartirishga qo‘shayotgan hissalari, globallashuv jarayonlarida arab yoshlarida o‘z milliy identikligini anglash hissini tarbiyalash, ularda ona Vatanga muhabbat uyg‘otish, ularning qalbi va ongida milliy qadriyatlarni mustahkamlash, o‘zligini topishga intilishni tarbiyalash masalalari xususidagi xulosalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022–2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2023-yil 29-dekabrdagi 02-22/1488-son dalolatnomasi). Natijada, loyiha tadqiqotda bayon qilingan arab adabiyoti namunalarida insonning o‘zidan begonalashuvi, uning jamiyat va Vatan bilan aloqasining uzilishi xususidagi tahliliy fikrlar, yangi ilmiy dalillar bilan boyigan;
zamonaviy arab ayol yozuvchilarining asarlarida milliy identifikatsiya masalasi o‘rganilib, tahlil etilgan asarlar orqali, arab ayollarining madaniy, ijtimoiy va siyosiy muhitdagi o‘rni va ularning milliy o‘zlikni anglash jarayonida qanday rol o‘ynayotgani, yozuvchilarning ijodida ularning shaxsiy tajribalari, milliy va gender muammolarga bo‘lgan munosabatlari, arab ayollarining ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘zgaruvchan o‘rni va bu o‘zgarishlarning adabiyotda aks etishi “Arab adabiyotida gender masalasi” bo‘limida keltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari xulosalaridan 2023-yil 22–23-noyabr kunlari Samarqand shahrida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar tajribasi” mavzusidagi xalqaro forumda unumli foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 21-fevraldagi 02-01/257-son dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot materiallari asosida arab ayol yozuvchilarining asarlarida milliy identifikatsiya masalasi o‘rganilib, tahlil etilgan asarlar orqali, arab ayollarining madaniy, ijtimoiy va siyosiy muhitdagi o‘rni va ularning milliy o‘zlikni anglash jarayonida qanday rol o‘ynayotgani batafsilroq o‘rganishga zamin yaratgan;
arab adabiy tanqidida milliy realizm ruhida yozilgan asarlarning tahlili, arab muhojirlari adabiyotida milliy o‘zlikning ifodalanishi va ular o‘z milliy identikligini badiiy asarlar orqali qanday saqlab qolayotganini, badiiy adabiyot jamiyatning tarbiyachisi ekanligi va uning milliy identiklikni saqlab qolishdagi muhim rolini inobatga olgan holda arab yozuvchilari yoshlarning ma’naviy taraqqiyotiga, hozirgi zamon globallashuv jarayonlarida o‘zining milliyligini saqlab qolishlari vatanparvarlik, insonparvarlik, bag‘rikenglik, intellektual izlanish, milliy xotirani asrab-avaylash, vatanni sevish orqali o‘zligini topishga intilishni tarbiyalash masalalari bilan bog‘liq natijalaridan 2023-yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zalida hamda 2023-yilning 22-dekabr kuni mamlakatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan o‘tkazilgan davra suhbatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2024-yil 17-yanvardagi 01-03/80-son dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot materiallari o‘zbek yoshlarining milliyligini saqlab qolishlari, vatanparvarlik, insonparvarlik, bag‘rikenglik, intellektual izlanish, milliy xotirani asrab-avaylash, vatanni sevish orqali o‘zligini topishga intilishni tarbiyalashda qo‘shimcha material bo‘lib xizmat qilgan;
arab ziyolilarining arab jamiyatida tutgan o‘rni va ularning arab milliy identikligini saqlab qolishdagi ahamiyati, badiiy adabiyot jamiyatning tarbiyachisi ekanligi va uning milliy identiklikni saqlab qolishdagi muhim rolini inobatga olgan holda arab yozuvchilari yoshlarning ma’naviy taraqqiyotiga, hozirgi zamon glaballashuv jarayonlarida o‘zining milliyligini saqlab qolishlari vatanparvarlik, insonparvarlik, bag‘rikenglik, intellektual izlanish, milliy xotirani asrab-avaylash, vatanni sevish orqali o‘zligini topishga intilishni tarbiyalash masalalari bilan bog‘liq natijalaridan O‘zbekiston musulmonlari idorasida 2022–2023-yillarda o‘tkazilgan “Gender masalalari”, “Rahbar ayollarning jamiyatdagi o‘rni”, “Ijodkor ayollar” kabi mavzularidagi tadbirlarda X.Yuldashevaning “Arab adabiyotida gender masalasi” nomli maqolalaridan va “Milliy identlikni shakllantirish va rivojlantirishda arab ma’rifatparvarlarining roli” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot natijalaridan olingan xulosalardan unumli foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 19-yanvardagi 05-12/03/151-son dalolatnomasi). Olingan natijalar ayollar mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya va davra suhbatlarida qo‘shimcha ma’lumot bo‘lib xizmat qilgan;
arab milliy identifikatsiyasida arab tilining o‘rni, arab adabiyotidagi milliy identifikatsiyaning tadqiqi kabi masalalarga oid ma’lumotlardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vazifalaridan biri bo‘lgan muqaddas qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli tahlil etishda, adabiyotshunoslik, falsafa, tarix bo‘yicha “Imom Buxoriy ta’rifi” nomli risolaning Imom Buxoriy hayoti va ma’naviy merosini o‘rganish qismida foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 18-yanvardagi 02/22-son dalolatnomasi). Olingan natijalar o‘zbek yoshlarining milliy identikligining namoyon bo‘lishida an’ana va qadriyatlarning nechog‘lik ahamiyatli ekanligini anglashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish