Saloeva Hilola Ravshan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tahliliy jurnalistikada ilmiy maqolaning o‘rni va uning kompozision tuzilishi”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1479.
Ilmiy rahbar: Muratova Nozima Fahritdinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Halim Amanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ismailova Klimentina Fuzailovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tahliliy jurnalistikada ilmiy maqola janrini nazariy jihatdan baholash va ilmiy maqolani zamonaviy talablar darajasida rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ilmiy maqola” tushunchasi ilmiy diskursning birlamchi janri sifatida konkretlashtirilib, uning turlari kommunikativ va ilmiy vazifasiga qarab ajratilgan hamda kompozisiyasi ilmiy maqola turlariga ko‘ra differensiallanishi isbotlangan;
ilmiy maqolaning uslubiy jihatlarini yaxshilash va kommunikativ effektini kuchaytirishda akademik nutq uslubi talablariga rioya qilish hamda institusional diskursning lingvistik va ritorik vositalarini qo‘llash zarurati dalillangan;
ilmiy maqolaning janr-kompozision jihatlari hamda ilmiy diskursning ritorik tuzilishi asosida o‘tkaziladigan texnik va ilmiy ekspertizalar mexanizmining takomillashtirilishi va uch bosqichda avtomatlashtirilgan dasturlar yordamida olib borilishi tufayli maqolalarni obektiv baholashdagi samaradorligi isbotlangan;
ilmiy maqolalar sifatini yaxshilash, mualliflarning yozish ko‘nikmalarini takomillashtirish va noshirlik faolligini oshirish maqsadida ilmiy maqolani rasmiylashtirishga oid mezonlarni xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari tarkibidagi jurnallarning ilmiy maqolalar va ular komponentlariga qo‘yiladigan talablarga mos ravishda ishlab chiqish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Tahliliy jurnalistikada ilmiy maqolaning o‘rni va uning kompozision tuzilishini tadqiq qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ilmiy maqolalar sifatini yaxshilash, mualliflarning yozish ko‘nikmalarini takomillashtirish va nashr faolligini oshirish bilan bogʻliq tadqiqot natijalaridan “O‘zbekiston bojxona axborotnomasi” jurnalida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti “O‘zbekiston bojxona axborotnomasi” jurnali tahririyatining 2023-yil 23-fevraldagi 15/25-23-0010-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari talablari asosida ishlab chiqilgan ilmiy maqolalarni tayyorlash va rasmiylashtirishga oid talablar jurnalga tatbiq qilingan, mualliflarga ilmiy maqolaning tarkibiy qismlari – sarlavha, annotatsiya, kalit so‘zlar, asosiy matn va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirishga oid ko‘rsatmalar berilgan;
ilmiy jurnallarga taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar janri va turlarini nazariy jihatdan o‘rganish, mualliflar tomonidan maqola yozishda yo‘l qo‘yilayotgan asosiy kamchiliklarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnalida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligining “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” davlat unitar korxonasi “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali tahririyatining 2023-yil 24-fevraldagi 13-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar ilmiy maqolalar yozishda qator qiyinchiliklarga duch kelayotgan doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, assistentlar, magistratura va bakalavriat bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarga metodik jihatdan yordam bergan;
ilmiy maqolaning uslubiy jihatlarini yaxshilash maqsadida institusional diskursning lingvistik va ritorik vositalarini qo‘llashga oid nazariy hamda ilmiy maqolalarni tayyorlash va talab darajasida rasmiylashtirishga oid amaliy xulosalardan “Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” ilmiy jurnalini xalqaro standartlar darajasida tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat yuridik universitetining “Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” jurnali tahririyatining 2023-yil 18-apreldagi 7/1517-19-01-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir maqolaning uslubiy xususiyatlari o‘rganilgan; ekspertlarga xulosalarni qayd etishlari uchun xalqaro baholash mezonlari asosidagi tavsiyalar maxsus jadval ko‘rinishida berilgan; tahririyat xodimlariga maqolalarni plagiatga tekshirishda “Turnitin” dasturidan foydalanish, har bir maqolani Microsoft Office Word matn muharriridagi maxsus dasturda (resenzirovanie) tahrir qilish va adabiyotlar ro‘yxati – bibliografik manbalar bilan ishlash funksiyasi o‘rgatilgan; ilmiy maqolalarni tayyorlash va rasmiylashtirishga oid ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar “Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” jurnaliga joriy etilgan;
ilmiy maqolaning janr-kompozision jihatlari hamda ilmiy diskursning ritorik tuzilishi tahlili asosida o‘tkaziladigan texnik va ilmiy ekspertizalar mexanizmiga doir umumlashma xulosalardan “O‘zbekistonda oliy ta’lim” jurnali tahririyatida foydalanilgan; ekspertlar o‘z xulosalarini qayd etishlari uchun xalqaro baholash mezonlari asosida ishlab chiqilgan maxsus jadval ish jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazining “O‘zbekistonda oliy ta’lim” jurnali tahririyatining 2023-yil 10-iyuldagi 02/1-02/4-71-son ma’lumotnomasi). Natijada tahririyatga taqdim etilayotgan maqolalarni saralash jarayonining samaradorligi oshgan; jadval ekspertlarga yuborilgandan so‘ng xalqaro standartlarga javob bermaydigan hamda talablar darajasida yozilmagan maqolalar rad etila boshlangan; ilmiy maqolalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bandma-band ko‘rsatilib, xulosalar berilgan, shuningdek, maqolalarni ko‘rib chiqish muddati qisqargan.