Urmonova Dilfuza Mamasalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Takrorlash va mustahkamlash darslari asosida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini takomillashtirish texnologiyasi (5 – 7-sinf ona tili darslari asosida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped.4581.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlonova Klara Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hasanov Sharobiddin Azamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi takrorlash   va   mustahkamlash  darslari  asosida  5-, 6-, 7-sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini takomillashtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
borliqni anglash va hodisalarga munosabat bildira olish qobiliyati takrorlash darslarida til o‘rganishning dastlabki bosqichida motivatsiya va intilishni shakllantirish bo‘yicha psixologik, ijtimoiy aspektlarga ko‘ra սlarning qiziqqan yo‘nalishi, mսlοqοtga bo‘lgan ehtiyοjini sinab ko‘rish, muloqotni monologlarda aks ettira οlishi kabi shaxsiy fazilatlar to‘plamiga alοqadοrligi lingvοdidaktik jihatdan asoslangan;
takrorlash darslarida notiqlikka o‘rgatish, uni rasmiy gaplardan ajrata bilishga odatlantirish metodikasi xotirani til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, amal qilish qonuniyatlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi bilimlarini mustahkamlovchi generatsiya effekti (ma’lumotlarni yod olish, qayta ishlash, samaradorlikni oshirish) hodisasi asosida aniqlashtirilgan;
takrorlash va mustahkamlash darslari asosida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalari til ko‘nikmalarini rivojlantirishda ularni kognitiv, emotsional, motivatsion komponentli hamda tasavvur qobiliyatiga ega bo‘lish kabi strategiyalar bilan integratsiyalash orqali so‘zlashuv qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va maxsus metodik tizimi takomillashtirilgan;
o‘quvchi shaxsini rivojlantiruvchi mukammal xotirani so‘zlashuv ko‘nikmalarining leksik, grammatik, semantik va fοnοlοgik kοmpetensiyalarini ishga solish orqali aqlga ta’sir qiladigan fonografik, leksik, orfografik, orfoepik, semantik va gramatik mashqlarga oid faktik materiallarni ona tili darslarida hissiy ta’sir qilishning lingvodidaktik yo‘llari aniqlashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili ta’limida takrorlash va mustahkamlash darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini takomillashtirishning zamonaviy texnologiyalariga doir ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
borliqni anglash va hodisalarga munosabat bildira olish qobiliyati takrorlash darslarida til o‘rganishning dastlabki bosqichidagi primitiv ko‘nikmalarga ko‘ra motivatsiya va intilishni shakllantirish bo‘yicha psixologik, ijtimoiy aspektlarga ko‘ra սlarning qiziqqan yo‘nalishi, mսlοqοtga bo‘lgan ehtiyοjini sinab ko‘rish, muloqotni monologlarda aks ettira οlishi kabi shaxsiy fazilatlar to‘plamiga alοqadοrligi lingvοdidaktik jihatdan aylantirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalari “Takrorlash va mustahkamlash darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 232-337- raqamli ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha metodik ta’minot aniqlangan;
takrorlash darslarida notiqlikka o‘rgatish, uni rasmiy gaplardan ajrata bilishga odatlantirish metodikasi xotirani til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish qonuniyatlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi bilimlarini mustahkamlovchi generatsiya effekti hodisasi asosida aniqlashtirilgan ilmiy tavsiyalaridan “Takrorlash va mustahkamlash darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 232-337-raqamli ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarining yangi bilimlarni o‘zlashtirishga didaktik ta’minoti takomillashtirilga erishilgan;
takrorlash va mustahkamlash darslari asosida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalari til ko‘nikmalarini rivojlantirishda ularni kognitiv, emotsional, motivatsion komponentli hamda tasavvur qobiliyatiga ega bo‘lish kabi strategiyalar bilan integratsiyalash orqali so‘zlashuv qobiliyatlarini rivojlantirishning takomillashtirilgan nazariy va maxsus metodik tizimidan 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-20203161 raqamli “Musiqa va sanʼat o‘quv muassasalari uchun interaktiv o‘quv  metodik qo‘llanmalar yaratish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Respublika ta’lim markazi”ning 2023 yil 7 iyundagi 01/11-01/1-475-son ma’lumotnomasi).  Natijada o‘quvchi shaxsini rivojlantiruvchi mukammal xotirani ishga solish, hissiyotga ta’sir qilish yo‘llari aniqlashtirilgan, takrorlash va mustahkamlash darslarining samaradorligini oshirilishiga erishilgan;
o‘quvchi shaxsini rivojlantiruvchi mukammal xotirani so‘zlashuv ko‘nikmalarining leksik, grammatik, semantik va fοnοlοgik kοmpetensiyalarini ishga solish orqali aqlga ta’sir qiladigan fonografik, leksik, orfografik, orfoepik, semantik va gramatik mashqlarga oid faktik materiallarni ona tili darslarida hissiy ta’sir qilishning aniqlashtirilgan lingvodidaktik yo‘llaridan 2020-2021-yillarda bajarilgan IZ-2019081663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” nomli  ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston  davlat xoreografiya akademiyasining 2023 yil 15 martdagi 1/04-44-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi bolalar nutqiga oid milliy-madaniy omillarni izohlash, yangi avlod ta’lim oluvchilarning kompetensiyali bilimlarini tizimli rivojlantirish, til birliklaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini yanada takomillashtirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish