Raxmonova Zebunisso Anvarjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “Ingliz tilida “baxtlilik” va “baxsizlik” konseptual binar oppozisiyasi verbalizatorlarining struktur-semantik va kommunikativ-pragmatik tadqiqi” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2900.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avazxon Ixtiyarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qosimova Madina Zaynobiddinova, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida baxtlilik va baxsizlik konseptual binar oppozisiyasi ifodalovchilarining semantik maydonini aniqlash hamda struktur-semantik va kommunikativ-pragmatik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidagi baxtlilik va baxsizlik konseptlari etimologik tahlillarga ko‘ra ilohiy, ruhiy, kollektiv, keyinchalik esa individuallikka asoslanganligi va uning ma’no ottenkalari madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik omillar ta’sirida o‘zaro bir biridan farq qilishi isbotlangan;
ingliz tilida baxtlilik va baxsizlik konseptosferasini tashkil etuvchi lug‘aviy birliklar (verbalizatorlar)ning leksik-semantik xususiyatlari ko‘rsatilib, ular orasidagi sinonimlik, omonimlik, giponimlik va gipernimlik kabi semantik munosabatlar aniqlangan;
ingliz tilida baxtlilik va baxsizlik konseptual binar oppozisiyasi verbalizatorlarining semantik maydoni tarkibiga kiruvchi ot, sifat, ravish hamda fe’l so‘z turkumidagi so‘zlar, stilistik jihatdan og‘zaki uslubga xosligi bilan ajralib turuvchi sleng va undov so‘zlar, baxtlilik/baxsizlikni ifodalovchi frazeologik birliklar, shuningdek, ingliz xalq maqollari kabi lisoniy birliklarning nutqiy faollik darajasi dalillangan;
ingliz tilida so‘zlashuvchilarning lisoniy mulohazasida baxtlilik/baxsizlik konseptlarining verballashuv masalalari semantik-struktur va kommunikativ-pragmatik tahlil qilinib, ingliz tilining Buyuk Britaniya, Amerika va Avstraliya variantlarida bir-biridan farq qiluvchi lisoniy birliklar ajratib ko‘rsatilgan; til egalari nutqida hamda mamlakatimizdagi ingliz tilida so‘zlashuvchi fuqarolarimiz nutqida baxtlilik/baxsizlik konseptlari verbalizatsiyadagi izomorflik va alomorfliklar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida “baxtlilik” va “baxsizlik” konseptual binar oppozisiyasi verbalizatorlarining struktur-semantik va kommunikativ-pragmatik tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“baxtlilik” va “baxsizlik” konseptual binar oppozisiyasining nutqda ifodalanishini ta’minlovchi lisoniy birliklarni struktur-semantik, linguokulturologik hamda pragmatik xususiyatlarini tilshunoslik nuqtai-nazaridan aniqlash, emotsiyani ifodalovchi paremiyalogik vositalarning leksik-semantik mohiyatini, kognitiv-pragmatik, dennotativ hamda konnotativ, diaxron va sinxron jihatlarini yoritishga oid nazariy qarashlar, amaliy tavsiyalar va ilmiy xulosalardan 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universiteti “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli halqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 9-avgustdagi 01-3291-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda ingliz tilidan foydalanuvchilar nutqida emotsiyani ifodalashda tug'iladigan muammolarni, stilistik va pragmatik xatoliklarni aniqlash, mazkur xatoliklarni bartaraf etish bo'yicha ilmiy-nazariy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
emotsional konseptni ifodalovchi til birliklarining muloqotdagi o‘ziga xosligini ta’minlashdagi o‘rni, ularning ta’rifi, konseptual binar oppozisiyalarning leksik va semantik, shuningdek lingvomadaniy va lingvostilistik imkoniyatlarining muloqot aktida lisoniy madaniyatni ta’minlashdagi vazifalari, mamlakatimizda ingliz tilidan foydalanuvchilar nutqida emotsiyani ifodalashda tug‘iladigan muammolar, stilistik va pragmatik xatoliklar va mazkur xatoliklarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-nazariy tavsiyalarni shakllantirish hamda ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilar uchun “baxtlilik” va “baxsizlik” emotsional konseptini ifodalovchi lisoniy birliklar semantik maydonini ko‘rsatib berishga doir ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 28-iyuldagi 39-01-1646-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid ijobiy va salbiy hissiyotlarning nutqiy reprezentatsiyasiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
“baxtlilik” va “baxsizlik” konseptlarini ifoda etuvchi leksemalarning til o‘rganuvchilar nutqida, shuningdek, maqol va matallardagi struktural modellari xususidagi xulosalar, ilmiy ish natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariysini tayyorlashda (2021-2023-yillar davomida) foydalanilgfn (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-iyulagi 04-36-1202-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar ingliz tilida qaysi frazeologik birliklar, metaforalar va stilistik vositalardan foydalanib xursandchilik va qayg‘u emotsiyalarini ifodalashi mumkinligi, paremiyalogik birliklardan foydalanishda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan.