Vositov Otabek Toxirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “Ingliz tilidagi atmosfera hodisalarini ifodalovchi frazeologik birliklarning struktur-semantik va funksional-stilistik xususiyatlari” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4095.    
Ilmiy rahbar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avazjon Ixtiyarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ashurov Shaxobiddin Saidovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi atmosfera hodisalarini ifodalovchi frazeologik birliklarning struktur-semantik, funksional-stilistik va lingvomadaniy xususiyatlarini frazeo-semantik maydon nuqtayi nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
frazeologik birliklarlar ma’nosini kuchaytirishda ularning tarkibiga ravish (in the very wind's ee), sifat (like a strong wind) kabilarni qo‘shish, personajning holatini tavsiflash va muallifning tasvirlanayotgan hodisaga munosabatini ifodalash uchun so‘z qo‘shish (red mist before his ees), frazeologik birlikni bir yoki ikki komponentining asliga muvofiq ma’nosini keyingi maromiga etkazishda ikkilangan aktuallashuv, frazeologik birlikning ekspressiv ma’noviy o‘zgachaligini ortirishda frazeologik birlik komponentlarini almashtirish (to sow the wind and reap the whirlwind - to plant the wind and reap the whirlwind), zevgma (to wear his best clothes and an air), xabarning emotsional-ekspressivligini oshirishdagi inversiya (to the winds have I whistled), frazeologik birlikda obrazni maromiga etkazish va kengaytirishdagi stilistik vositalar konvergensiyasi kabi usullar orqali okkazional o‘zgarishlaridagi barqarorligi dalillangan;
frazeo-semantik maydon muammosi nazariyasining afzallik tomonlari, xususan atmosfera hodisalarini ifodalovchi frazeologik birliklarni semantik maydonlarga ajratishda dastlab “tushuncha maydoni”dan kelib chiqib yondashilishi, bu yondashuvga ko‘ra, har bir atmosfera hodisasini ifodalovchi frazeologik birlik ma’lum bir “tushunchalar guruhi”ga, ya’ni semantik maydonga kirishi asoslab berilgan;
ingliz tilida “wind” leksemali frazeologik birliklar leksik (get the wind of, catch the wind in  a net), kombinatsiyalashgan (cast caution to the winds, how the wind, blows), leksik-grammatik (trim one’s sails to the wind), morfologik-sintaktik (it’s an ill wind, that blows nobody good – it’s an ill wind, sail with every wind) turlarda kelishi asoslangan;
frazeo-semantik guruhlarning insonlar emotsional (on cloud seven or nine), ruhiy (get the wind up), psixo-fizik (like a dying duck in a thunder-storm) holatlarini bildiruvchi leksik-semantik turlari mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida atmosfera hodisalarini ifodalovchi frazeologik birliklarning struktur-semantik va funksional-stilistik xususiyatlari  tadqiqi asosida:
frazeo-semantik maydon muammosi nazariyasining afzallik tomonlari, xususan atmosfera hodisalarini ifodalovchi frazeologik birliklarni semantik maydonlarga ajratishda dastlab “tushuncha maydoni”dan kelib chiqib yondashilishi, bu yondashuvga ko‘ra, har bir atmosfera hodisasini ifodalovchi frazeologik birlik ma’lum bir “tushunchalar guruhi”ga, ya’ni semantik maydonga kirishi asoslab berilganligi hamda leksik-semantik guruh bo‘laklari frazeologik faollikning kompleks va ko‘p tomonlama tadqiqoti amalga oshirilganligi kabi yangiliklardan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Alumni Outreach Grans Program dasturi doirasida 2020-2021-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” nomli amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 20-oktyabrdagi 720-01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
ingliz tilida “wind” leksemali frazeologik birliklar leksik (get the wind of, catch the wind in  a net), kombinatsiyalashgan (cast caution to the winds, how the wind, blows), leksik-grammatik (trim one’s sails to the wind), morfologik-sintaktik (it’s an ill wind, that blows nobody good – it’s an ill wind, sail with every wind) turlarda kelishi asoslanganligi hamda frazeo-semantik maydon muammosiga yangi nuqtai nazardan qarashning afzallik tomonlari asoslanganligi kabi ilmiy yangiliklardan Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi A.Najmeddinov rahbarligida S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasi doirasidagi ta’limiy, madaniy sohadagi tadbirlar, amaliy ishlarda foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 18-oktyabrdagi 1149/04-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
frazeo-semantik guruhlarning insonlar emotsional (on cloud seven or nine), ruhiy (get the wind up), psixo-fizik (like a dying duck in a thunder-storm) holatlarini bildiruvchi leksik-semantik turlari mavjudligi aniqlanganligi hamda leksik-semantik guruh bo‘laklari frazeologik faollikning kompleks va ko‘p tomonlama tadqiqoti amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-oktyabrdagi 04-36-1522-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, ijtimoiy xususiyatlari ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish