Muratova Manzura Nemadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarkibida fosfat va silikatlar saqlagan Qizilqum fosforit kompleksi chiqindilaridan antipiren vositalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T1398.
Ilmiy rahbar: Tursunova Iroda Nematovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: QFK past sifatli fosforitlari va chang chiqindalari asosida tarkibida fosfat, silikatlar tutgan suyuq va qattiq antipiren vositalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
QFK PSF va chang fraksiyasini turli kislotali reagentlar bilan qayta ishlab olingan suyuq va qattiq mahsulotlarning kimyoviy, mineralogik tarkiblari hamda sellyuloza materiallariga yutilishi, yonish yakuniy mahsulotlarida miqdoriy migratsiyasi aniqlangan;
QFK PSF va changli fraksiyani kislotali reagentlar bilan qayta ishlashda ularning eruvchanligi, diffuzion-kimyoviy mexanizmi aniqlanib, antipiren vositalarini olishda kislotali reagentlarning konsentratsiyasi va tabiatiga bog‘liq holda ularning faollik qatori tuzilgan;
QFK PSF va changli fraksiyani kislotali qayta ishlash natijasida olingan qattiq va suyuq fazalarning reologik xossalari hamda yong‘indan himoya qilish uchun antipiren vositalarning tarkibida kimyoviy komponentlarning optimal miqdori ƩAPK (R2O5,SiO2,Al2O3,Fe2O3+X), X=Cl-, NO3-, CO2(14-35%) aniqlangan;
kislotali qayta ishlash natijasida olingan suyuq fazali antipiren vositalarining xossalari fosforit namunalarining keyingi qatorida MM<FP1≈FP2<PF ortib borishi hamda tarkibidagi Cl- ionlari, NO3-, NO2- ionlariga nisbatan yuqori antipiren sinergizmini namoyon qilishi, APV bilan SM ga ishlov berilganda sorbsion-inklyuzatsiya mexanizmi bo‘yicha ta’sirlashuv sodir bo‘lishi hamda AP himoyasi bo‘yicha II guruhga kirishi isbotlangan;
antipirenlik xususiyatini baholash sinovlari natijasida PSFlarni qayta ishlab olingan qattiq mahsulotlar asosidagi fosforli yong‘indan himoya vositalari kompozisiyasi yog‘och materiallari yong‘indan himoyalash II guruh AP effektini namoyon qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarkibida fosfat va silikatlar saqlagan Qizilqum fosforit kompleksi chiqindilaridan antipiren vositalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
QFK past navli fosforitlar va ishlab chiqarish chang chiqindilari asosida tarkibida silikat, alyuminat va fosfatlar tutgan suyuq fazali antipiren vositalar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» AJ-QKning 2024 yil 22 fevraldagi 27-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibda 14-35% asosiy komponent saqlagan suyuq fazali antipiren vositalarini olish imkonini beradi;
QFK past navli fosforitlar va ishlab chiqarish chang chiqindilari asosida tarkibida silikat, alyuminat va fosfatlar tutgan qattiq fazali antipiren vositalar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» AJ-QKning 2024 yil 22 fevraldagi 27-son ma’lumotnomasi). Natijada, antipiren vositasi bilan ishlov berilgan yog‘och materialida 12,6% massa yo‘qotilishi kuzatilib, 87,4 % AP xususiyatini namoyon qilib, namunalar alangalanmasdan, ko‘mirlanib tutashiga erishish imkonini beradi;
QFK past sifatli fosforitlari asosida sellyuloza materiallarini yong‘indan himoyalash uchun ishlov berish tarkibini olish usuliga O‘zR Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№ IAP 05945). Natijada, foydalanilmayotgan xomashyo va texnogen chiqindilardan antipiren vositalar ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish