Atajanov Xikmatbek Pirnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda bronx-o‘pka patologiyasining regional xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Tib2727.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shomansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda bronx-o‘pka patologiyasini tashxislash va kompleks davolash samaradorligini oshirish maqsadida kasallikning regional klinik-laborator xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi mintaqasida mukovissidoz bilan kasallangan bemorlarda asosiy qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar etiologik tarkibida: Pseudomonas aeruginosa (61,3%) va boshqa qo‘zg‘atuvchilar (Staphylococcus aureus -33,3%, Candida albicans – 2,7%) bilan birga uchrashi isbotlangan va tashqi nafas funksiyasining mintaqaviy xususiyatlari: o‘pka ventilyasiyasining restriktiv tipdagi buzilishlari (57,1% holatlarda) NChXT1, O‘TS, Tiffno indeksi, NChMTX50 ko‘rsatkichlari 1,1 barobarga pasayishi isbotlangan;
Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda taqqoslash guruhiga nisbatan D vitaminining yaqqol tanqisligi (25(ON)D) – 44,0% (R<0,001), tanqislik – 41,7% (r<0,001), etishmaslik darajasi – 11% (R<0,01)ni tashkil etishi, bu kasallikning noxush xavf omillariga xizmat qilishi isbotlangan;
Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda bronx-o‘pka patologiyasida S-reaktiv oqsil – 4,0 barobar, prokal`sitonin – 5,9 barobar va sitokinlarning (IL – 1β, IL – 4, IL – 8 – 1,2 – 1,4 barobar, INFγ – 1,3 barobar) oshishi bilan aniqlanuvchi yallig‘lanish markerlarining prognostik qiymati asoslangan, shuningdek, D vitamini bilan SRO va sitokinlar ko‘rsatkichlari (r=+0,423–0,655; r<0,01dan <0,001 gacha), tashqi nafas funksiyasi (TNF) va D vitamini ko‘rsatkichlari (r=+0,42–0,54; r< 0,01 dan <0,001 gacha) o‘rtasidagi ishonchli ijobiy korrelyasion o‘zaro aloqa mavjudligi isbotlangan;
Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda bronx-o‘pka patologiyasini korreksiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan differensial usullarning klinik va laborator samaradorligi isbotlangan (qonda S-reaktiv oqsil, prokal`sitonin va IL – 1β, IL – 4, IL – 8 sitokinlari darajasining kamayishi, IFNγ darajasining oshishi, D vitaminining ortishi), bu davolashni optimallashtirishga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2024 yil 11 maydagi 15/222 – son Ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi mintaqasida mukovissidoz kasalligining etiologik tarkibida asosiy qo‘zg‘atuvchisi Pseudomonas aeruginosa 61,3% aloxida, hamda boshqa qo‘zg‘atuvchilar bilan birgalikda (Staphylococcus aureus – 33,3%, Candida albicans – 2,7%) uchraganligi, tashqi nafas olish funksiyasining mintaqaviy ahamiyati asoslangan bo‘lib, uning 57,1% ida o‘pka ventilyasiyasi buzilishining restriktiv turi: NChHT1, O‘TS, Tiffno indeksi, NChMTH 50 ning kamayishi (1,1 barobar) isbotlanganligi Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 23.01.2024 yildagi №60-1-sonli buyruq, Samarqand viloyati bo‘yicha 23.01.2024 №14-sonli buyruq xamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 24.02.2024 №7-1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan etiologik verifikatsiyaga bog‘liq holda mukovissidoz bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolash usuli klinik jihatdan ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilaydi, hamda o‘pkaning tashqi nafas funksiyasini diagnostikasida informativ bo‘lib, yallig‘lanish jarayoninig chuqurlik darajasini ko‘rsatadi va samarali davolash usulini qo‘llash imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mukovissidoz bilan kasallangan bemorlarda mikrobiologik tekshiruvlar o‘tkazilib, bemorlarga samarali antibakterial dori vositalari qo‘llanilgan. Bemorlarni davolashda samarali antibiotiklarni qo‘llashga sarf qilinadigan xarajati 600000 so‘mni tashkil qilgan, 36 nafar bemorga 21600000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Spirografiya tekshirish usuli 1 nafar bemor uchun 180000 sumni tashkil qiladi. 47 nafar bemorga 8460000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: mukovissidoz bilan kasallangan bemorlarda to‘g‘ri tanlangan anibiotikni qo‘llash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 780000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 780000 iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidozli bolalarda taqqoslash guruhiga nisbatan D vitaminining yaqqol tanqisligi (25(ON)D) – 44,0% (R<0,001), tanqislik – 41,7% (r<0,001), etishmaslik darajasi – 11% (R<0,01) ni aniqlanishi, bu kasallikning noxush xavf omillariga xizmat qilishi isbotlanganligi Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 23.01.2024 yildagi №60-1-sonli buyruq, Samarqand viloyati bo‘yicha 23.01.2024 №14-sonli buyruq xamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 24.02.2024 №7-1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidoz bilan kasallangan bolalardani xolekal`siferol (Akvadetrim) bilan kompleks davolash usuli bemor qon zardobida D vitaminini 1,2 barobar oshishiga, olib keldi; asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirdi va davolash samaradorligini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada 1 kun qolish 119000 so‘m, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi 238000 so‘mni tashkil qilgan, 36 nafar bemorga 4284000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidoz bilan kasallangan bolalardani statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 119000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 119 000 iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidozli bolalarda bronx-o‘pka patologiyasida S-reaktiv oqsil – 4,0 barobar, prokal`sitonin – 5,9 barobar va sitokinlarning (IL – 1β, IL – 4, IL – 8 – 1,2 – 1,4 barobar, INFγ – 1,3 barobar) oshishi bilan aniqlanuvchi yallig‘lanish markerlarining prognostik qiymati asoslangan bo‘lib, shuningdek, D vitamini bilan SRO va sitokinlar ko‘rsatkichlari (r=+0,423–0,655; r<0,01dan <0,001 gacha), tashqi nafas funksiyasi (TNF) va D vitamini ko‘rsatkichlari (r=+0,42–0,54; r< 0,01 dan <0,001 gacha) o‘rtasidagi ishonchli ijobiy korrelyasion o‘zaro aloqa mavjudligi isbotlanganligi Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 23.01.2024 yildagi №60-1-sonli buyruq, Samarqand viloyati bo‘yicha 23.01.2024 №14-sonli buyruq xamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 24.02.2024 №7-1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda immunkorreksiyalovchi Ergoferon bilan kompleks davolash usuli bemor immun tizimi sitokinlari darajasini 1,2-1,3 barobar kamayishiga, IFNγ darajasini 1,7 barobar oshishiga olib keladi; asoratlar rivojlanish xavfini kamaytiradi va davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidoz bilan kasallangan bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 119000 so‘mga kamaytirgan, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 13 ta bemorni davolanishidan 1574000 so‘m so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga byudjet mablag‘larini 119000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 119000 iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi mintaqasidagi mukovissidozli bolalarda bronx-o‘pka patologiyasini korreksiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks davolash usullarning klinik va laborator samaradorligi isbotlangan (qonda S-reaktiv oqsil, prokal`sitonin va IL – 1β, IL – 4, IL – 8 sitokinlari darajasining kamayishi, IFNγ darajasining oshishi, D vitaminining ortishi), bu davolashni optimallashtirishga olib kelishi isbotlanganligi Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 23.01.2024 yildagi №60-1-sonli buyruq, Samarqand viloyati bo‘yicha 23.01.2024 №14-sonli buyruq xamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 24.02.2024 №7-1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik-laborator tadqiqotlar natijalariga ko‘ra mukovissidoz bilan kasallangan bolalarni kompleks davolashda taklif etilgan Xolekal`siferol, Ergoferon va Difensikan - immunoglyukanni o‘z ichiga olgan ishlab chiqilgan personallashtirilgan yondashuvlarni qo‘llanilishi klinik va laborator (S-reaktiv oqsil, prokal`sitonin va IL – 1β, IL – 4, IL – 8 sitokinlari darajasini pasaytirish, IFNγ darajasini oshirish, qonda D vitaminini ko‘paytirish) samaradorlikni ko‘rsatadi va davolashni optimallashtirishga xissa qo‘shadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada 1 kun qolish 119000 so‘m, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi 238000 so‘mni tashkil qilgan, 25 nafar bemorga 2975000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Mukovissidoz bilan kasallangan bolalarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 119000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 119000 iqtisod qilish imkonini bergan. Mukovisidoz bilan kasallangan bolalarda olib borilgan personallashtirilgan davolash usuli kasallikning takroriy O‘RI va uning asoratlarini 4,6 barobarga kamaytirgan.