Muminov Bekzod Askarovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligining klinik kechish xususiyatlari va differensial yondashuv chora-tadbirlari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3810.
Ilmiy rahbar: Matmurodov Rustambek Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sovid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligining klinik kechish xususiyatlarini o‘rganish va differensial yondashuv chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligi klinik belgilarining kuchayishi kasallik klinik shakllari, bosqichlari, shuningdek bemorlar yoshi va jinsi bo‘yicha tahlil qilinib, titroq va aralash shakllarining quyi bosqichlarda erkaklarga nisbatan ayollarda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi nomotor buzilishlarga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
Covid-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemorlarda Parkinson kasalligi motor buzilishlari, nomotor kognitiv, vegetativ va uyqu buzilishlari solishtirilgan, buzilishlarning dinamikasi vaqtga qarab kasallik klinik shakllari va bosqichlariga bog‘liq kuchayib borishi isbotlangan;
Covid-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemorlarda Parkinson kasalligi motor va nomotor kognitiv, vegetativ buzilishlari bemorlar qon zardobi tarkibidagi interleykin-6 konsentratsiyasi va ferritinemiya darajasi bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi ilmiy asoslangan.
olingan klinik-nevrologik, neyropsixologik, neyrovizualogik va immunologik tekshirishlar asosida Covid-19 o‘tkazgan Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga differensial yondashuv mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/62-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yil 25 iyundagi 09-18582-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligi klinik belgilarining kuchayishi kasallik klinik shakllari, bosqichlari, shuningdek bemorlar yoshi va jinsi bo‘yicha tahlil qilinib, titroq va aralash shakllarda quyi bosqichlarda erkaklarga nisbatan ayollarda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha (09.10.2023 y.; №278) va Ibn Sino nomli Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha (04.12.2023 y.; №349) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligining klinik-funksional va psixonevrologik komponentlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash xastalikni erta tashxislash va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu usul tadbiq etilgunga qadar bemorlarning xastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlarining o‘rtacha soni 10 kunni tashkil etgan; taklif etilgan diagnostik usulidan foydalanish natijasida Einv = (2676000-868800) x (5-3) x (20-12/100) x 0,6 x 59 / 5-3 = 38182847 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligining motor va nomotor buzilishlarini  erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish, aholining turli qatlamlari orasida harakatga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan buzilishlarni korreksiya qilish moddiy xarajatlar miqdorini 38182847 so‘m iqtisod qilishga olib kelgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Covid-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemorlarda Parkinson kasalligi motor buzilishlari, shuningdek nomotor kognitiv, vegetativ  va uyqu buzilishlari solishtirilgan, buzilishlar dinamikada kasallik klinik shakllari va bosqichlariga bog‘liq kuchayib borishi Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha (09.10.2023 y.; №278) va Ibn Sino nomli Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha (04.12.2023 y.; №349) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligining klinik kechish xususiyatlarini o‘rganish va differensial yondashuv chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligining motor va nomotor buzilishlarini  erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish, aholining turli qatlamlari orasida harakatga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan buzilishlarni korreksiya qilishga erishilgan. Xulosa: taklif etilgan usulning qo‘llanilishi natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini moddiy xarajatlar miqdorini 35,6% ga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Covid-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemorlarda Parkinson kasalligi motor va nomotor kognitiv, vegetativ buzilishlar bemorlar qon zardobi tarkibidagi interleykin-6 konsentratsiyasi va ferritinemiya darajasi bilan bog‘liqligi Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha (09.10.2023 y.; №278) va Ibn Sino nomli Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha (04.12.2023 y.; №349) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligining motor va nomotor kognitiv, vegetativ buzilishlari bemorlar qon zardobi tarkibidagi interleykin-6 konsentratsiyasi va ferritinemiyani aniqlash va og‘ir asoratlarning oldini olishga, hamda bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xarajat-samaradorlik koeffisienti (XSK) quyidagicha ifodalanishi mumkin: XSK = effekt/xarajat=Cyil/Z = 50310000/5229700 = 9,62. Bu erda Cyil – amalga oshirish hajmi uchun hisoblangan diagnostika usullarini o‘rtacha yillik tejash qiymati; Z– interleykin-6 konsentratsiyasi diagnostikasining usulini ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirish xarajatlarining narxi. Xulosa: Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligining motor va nomotor buzilishlarini  erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish 1 nafar  bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 9,62 barobar iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan klinik-nevrologik, neyropsixologik, neyrovizualogik va immunologik tekshirishlar asosida Covid-19 o‘tkazgan Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga differensial yondashuv mezonlari ishlab chiqilgani  Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha (09.10.2023 y.; №278) va Ibn Sino nomli Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha (04.12.2023 y.; №349) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligining motor va nomotor kognitiv, vegetativ buzilishlari mavjud bemorlarni dinamikada olib borish mezonlarini ishlab chiqish orqali erta nogironlikning oldini olish, bemorlarning mehnatga layoqatsizlik kunlarining sonini qisqartirish, hamda hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlar qon zardobida interleykin-6 konsentratsiyasi va ferritinemiyani aniqlash har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 1200000 so‘mga tejaydi. Xulosa: Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda Parkinson kasalligining motor va nomotor buzilishlarini  erta aniqlash, kasallikni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish, prognoz qilish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish, aholining turli qatlamlari orasida harakatga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan buzilishlarni korreksiya qilish moddiy xarajatlar miqdorini 35,6% kamayishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish