Bo‘rieva Mahbuba Shavkatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Migrant oilalardagi er-xotin emotsional munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (tashqi mehnat migrantlari misolida)», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P687.
Ilmiy rahbar: Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev O‘ktam Baxriddinovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi migrant oilalardagi er-xotinning emotsional munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
migrant er-xotin munosabatlarining progressiv-dinamikasiga ko‘ra, emotsional munosabatlarining ritmik-indikativlari hissiy, kognitiv, konativ, irodaviy-motivatsion oilaviy hayot yoʻli dinamikasidagi komponentlarni «funksionallashtirish» natijasida intim balans, krisizli vaziyatlarda konformizm migrant oilalardagi er-xotin emotsional munosabatlarining «psixoenergetik yadrosi» bo‘lishi isbotlangan;
migrant oilalardagi er-xotin emotsional munosabatlarining psixologik ritmikasini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, «o‘zaro tushunish», «simpatik sevgi», «emotsional loyallik» va «hissiy qoniqish» ko‘rsatkichlarini dinamik-progressivligi asosida oilaviy hayot dinamikasining ierarxik pozisiyalarida yosh oila davrida «hissiy tushunish-intilish», «o‘zaro hurmat» hamda «emotsional-intim qoniqish» xususiyatlarini shakllanishi aniqlangan;
migratsiya jarayoni er-xotinning oiladagi roli, oilaviy hayot siklida nikohdan qoniqishi, hissiy yaqinlik darajasiga teskari proporsionalligiga ko‘ra, er-xotin emotsional munosabatlarining yetakchi psixologik determinantlari «oilaviy burch va zavq hissi», «daxldorlik motivatsiyasi»ni pastligi migrant oilalardagi ajrim predektiv indikatorlari ekanligi isbotlangan;
migrant oilalardagi er-xotinlar emotsional munosabatlarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, «energiya va charchoq», «munosabatlardagi subektiv ishonchsizlik», «reaktiv xavotirlanish», «praksik», «pugnik emotsional tonus» munosabatlarni hissiy ustuvorligi tufayli «hissiy va kommunikativ labillik» er-xotinning yetakchi emotsional impulsiv «mexanizm» ekanligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. O‘zbekistonda migrant oilalaridagi er-xotinning emotsional munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
migrant er-xotin munosabatlarining progressiv-dinamikasiga ko‘ra, emotsional munosabatlarining ritmik-indikativlari hissiy, kognitiv, konativ, irodaviy-motivatsion oilaviy hayot yoʻli dinamikasidagi komponentlarni «funksionallashtirish» natijasida intim balans, krisizli vaziyatlarda konformizm migrant oilalardagi er-xotin emotsional munosabatlarining «psixoenergetik yadrosi» bo‘lishi isbotlanganligi oid takliflari «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot institutining «Ayollar ichki va tashqi mehnat migratsiyasining huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari tadqiq qilish» nomli ish rejasiga kiritilgan («Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 31-yanvardagi 01/09/1784-son ma’lumotnomasi). Natijada ayollar mehnat migratsiyasining kelib chiqish sabablari, omillari va oqibatlarini yoritishda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
migratsiya jarayoni er-xotinning oiladagi roli, oilaviy hayot siklida nikohdan qoniqishi, hissiy yaqinlik darajasiga teskari proporsionalligiga ko‘ra, er-xotin emotsional munosabatlarining yetakchi psixologik determinantlari «oilaviy burch va zavq hissi», «daxldorlik motivatsiyasi»ni pastligi migrant oilalardagi ajrim predektiv indikatorlari ekanligi isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalari «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot institutining «Mehnat migranlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reintegratsiya qilishning pedagogik-psixologik jihatlari» nomli ish rejasiga kiritilgan («Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 31-yanvardagi 01/09/1784-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat migrantlarining ijtimoiy-huquqiy, pedagogik-psixologik muammolarini o‘rganishga oid tadqiqot dasturini ishlab chiqish va o‘tkazishda foydalanilgan;
migrant oilalardagi er-xotinlar emotsional munosabatlarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, «energiya va charchoq», «munosabatlardagi subektiv ishonchsizlik», «reaktiv xavotirlanish», «praksik», «pugnik emotsional tonus» munosabatlarni hissiy ustuvorligi tufayli «hissiy va kommunikativ labillik» er-xotinning yetakchi emotsional impulsiv «mexanizm» ekanligi aniqlanganligiga oid takliflari «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot institutining «Tashqi mehnat migratsiyasining oilaning ijtimoiy-demografik barqarorligiga ta’siri baholash» nomli ish rejasiga kiritilgan («Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 31-yanvardagi 01/09/1784-son ma’lumotnomasi). Natijada joylardagi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash organlari hodimlari uchun tashqi mehnat migratsiyasini oilalarning ijtimoiy-demografik barqarorliga ta’sirini o‘rganish va baholash uslubiyoti tayyorlashda xizmat qilgan;
migrant oilalardagi er-xotin emotsional munosabatlarining psixologik ritmikasida «o‘zaro tushunish», «simpatik sevgi», «emotsional loyallik» hamda «hissiy qoniqish» ko‘rsatkichlari dinamik-progressiv xarakterda ekanligi isbotlangani asosida oilaviy hayot dinamikasining ierarxik pozisiyalarida dastlabki yosh oila davrida «hissiy tushunish-intilish», «o‘zaro hurmat» hamda «emotsional-intim qoniqish» ustun bo‘lishi aniqlanganligi to‘g‘risidagi taklif va tavsiyalari «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot institutining «Migrant oila farzandlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari» nomli ish rejasiga kiritilgan («Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 31-yanvardagi 01/09/1784-son ma’lumotnomasi). Natijada migrant oila farzandlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqishda keng foydalanilgan.