Sharapova Dildora Baxtiyarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xotin-qizlarda ijtimoiy-iqtisodiy qaramlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P525/1.
Ilmiy rahbar: Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor v/b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Arziqulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xotin-qizlarda ijtimoiy-iqtisodiy qaramlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini baholash asosida ijtimoiy-iqtisodiy xulq-atvorning psixologik modelini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlarda «shaxs orientatsiyasi», «muvafaqqiyatga intilish motivatsiyasi», «o‘ziga ishonchni oshirish» ning prizmatik holatiga ko‘ra, qaram xulq-atvor profilaktikasining motivatsion, konativ, kognitiv komponentlari kombinatsiyalashuvi natijasida «Men» holatining «sog‘liq», «o‘z qo‘li bilan ko‘p narsa qila olish», «tashqi ko‘rinish», «o‘ziga ishonch» va «shaxs irodaviy sifatlarini» oshirishdagi psixologik dinamikasining o‘sishi dalillangan;
ijtimoiy-iqtisodiy qaramlikka moyil xotin-qizlarda muvaffaqiyatga bo‘lgan munosabat motivatsiyasi bilan “garmonik koalisiya” mavjud emasligi natijasida, mehnatga munosabatlarning psixologik predikatlar yadrosida “apatik” va “diffuziya” xususiyatlarni prevensiyalash orqali mehnatga konstruktiv munosabat mexanizmining shakllanishi isbotlangan;
ijtimoiy-iqtisodiy qaramlikka moyil xotin-qizlarda yordam berishdan ko‘ra yordam olish olish istagi ustuvor bo‘lishi tufayli, ma’naviy motivning irodaviy holatga to‘g‘ri, moddiy motivga teskari proporsional ta’siri natijasida «mehnat orientatsiyasi», «motivatsiya», «o‘zini hurmat qilish» ijtimoiy-iqtisodiy qaram xulq-atvorning psixosotsial determinantlari ekanligi aniqlangan;
xotin-qizlarda ijtimoiy-iqtisodiy qaramlik destruktiv xulq-atvor shakli sifatida «ijtimoiy» va «psixologik» omillarning funksionallashuvi natijasida, moddiyat, mehnatning tashkil etilishi va kasbiy mavqening psixologik noadekvatligi tufayli “kombinatsiyalashgan psixologik qaram xulq-atvor” indikatorlari shakllanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xotin-qizlarda ijtimoiy-iqtisodiy qaramlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
xotin-qizlarda «shaxs orientatsiyasi», «muvafaqqiyatga intilish motivatsiyasi», «o‘ziga ishonchni oshirish» ning prizmatik holatiga ko‘ra, qaram xulq-atvor profilaktikasining motivatsion, konativ, kognitiv komponentlari kombinatsiyalashuvi natijasida «Men» holatining «sog‘liq», «o‘z qo‘li bilan ko‘p narsa qila olish», «tashqi ko‘rinish», «o‘ziga ishonch» va «shaxs irodaviy sifatlarini» oshirishdagi psixologik dinamikasining o‘sishi dalillanganligiga oid takliflari “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutning “Xotin-qizlar bandligini ta’minlashda ijtimoiy shartnoma mexanizimini yaratishning ilmiy asoslari” nomli rejasiga kiritilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 05-fevraldagi 01/09/1788-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-iqtisodiy qaramlikka moyil xotin-qizlarning ijtimoiy-demografik portreti shakllantirilib, ayollarning yoshi, ijtimoiy mavqei va yashash sharoitida ishsizlik sabablari o‘rganildi, ishsizlikning oilaviy hayotga ta’siri tahlil qilishda foydalangan;
ijtimoiy-iqtisodiy qaramlikka moyil xotin-qizlarda muvaffaqiyatga bo‘lgan munosabat motivatsiyasi bilan “garmonik koalisiya” mavjud emasligi natijasida, mehnatga munosabatlarning psixologik predikatlar yadrosida “apatik” va “diffuziya” xususiyatlarni prevensiyalash orqali mehnatga konstruktiv munosabat mexanizmining shakllanishi isbotlanganligiga oid takliflari “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining “Boqimandalik kamaytirish-kambag‘allikni bartaraf etishni asosi sifatida” nomli ish rejasiga kiritilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 05-fevraldagi 01/09/1788-son ma’lumotnomasi). Natijada korreksion mashʼulotlarda refleksiya orqali ta’sir ko‘rsatishni maqsad qiluvchi maxsus roliklar ishlangan va ilmiy-ommabop nashrlar joriy qilingan;
ijtimoiy-iqtisodiy qaramlikka moyil xotin-qizlarda yordam berishdan ko‘ra yordam olish olish istagi ustuvor bo‘lishi tufayli, ma’naviy motivning irodaviy holatga to‘g‘ri, moddiy motivga teskari proporsional ta’siri natijasida «mehnat orientatsiyasi», «motivatsiya», «o‘zini hurmat qilish» ijtimoiy-iqtisodiy qaram xulq-atvorning psixosotsial determinantlari ekanligi aniqlanganligiga oid tavsiyalari “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining “Mahallalarda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishning samarali mexanizimlarini ishlab chiqish” nomli ish rejasiga kiritilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 05-fevraldagi 01/09/1788-son ma’lumotnomasi). Natijada “bandlik mukofotlari”ni joriy etish, shaxs ma’naviy dunyosini boyitish, kitobxonlikka e’tibor qaratish, moliyaviy savodxonlikni shakllantirish, o‘z ustida ishlash va rivojlanish masalalariga qaratilgan “ijobiy kayfiyat va tadbirkorlik” hayriya o‘quv tadbirlari amalga oshirilgan;
xotin-qizlarda «shaxs orientatsiyasi», «muvafaqqiyatga intilish motivatsiyasi», «o‘ziga ishonchni oshirish»ning prizmatik holatiga ko‘ra, qaram xulq-atvor profilaktikasining motivatsion, konativ, kognitiv komponentlari kombinatsiyalashuvi natijasida «Men» holatining «sog‘liq», «o‘z qo‘li bilan ko‘p narsa qila olish», «tashqi ko‘rinish», «o‘ziga ishonch» va «shaxs irodaviy sifatlarini» oshirishdagi psixologik dinamikasining o‘sishi dalillanganligiga oid takliflari “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining “Uy bekalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va yolg‘iz ayollarga amaliy yordam berish imkoniyatlari” nomli ish rejasiga kiritilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 05-fevraldagi 01/09/1788-son ma’lumotnomasi). Natijada xotin-qizlardagi ijtimoiy-iqtisodiy qaramlikka moyil xulq-atvor xususiyatlari hamda korreksion faoliyatning orientatsion modeli asosida maxsus trening dasturlari ishlab chiqilgan.