Sharipova Aziza Abdumanapovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Ingliz va o‘zbek tillarida stilistik sinonimlar: leksikografik talqin va tarjima muammolari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil594.
Ilmiy maslahatchi: Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘raeva Malohat Muxammadovna, filologiya fanlari doktori, professor, Virna Vilaskes Vilchis, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida stilistik sinonimlarning leksikografik talqini va tarjima muammolarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron leksikografik resurslarni yaxlit tavsiflash imkonini beruvchi elektron, avtomatlashtirilgan lug‘atlar korpusining modeli, tuzish shartlari, didaktik omillar, qidiruv tizimi parametrlari, yaratilgan usullari, shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi soha ma’lumotlarini almashish va izohlash, terminlar o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflash, sohaga oid so’z tanlash, ularni izohlash va dalillashda zamonaviy leksikografik tamoyillar asosida namoyon bo‘lishi dalillangan;
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan stilistik sinonimlar shakl va mazmun chegaralarining funksional dinamizmi kontekst ishtirokchilarining mental, kognitiv va lisoniy tafakkur xususiyatlari negizida sodir bo‘lishi isbotlangan;
turli tizimli tillardagi stilistik sinonimlarning grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari ekanligi va ularning dominant komponent (yadro) atrofida birlashuvchi ikkilamchi (periferik) elementlar qo‘llanishini voqelantiruvchi kuch ekanligi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi badiiy matnlarda qo‘llangan stilistik sinonimlarni tarjimada aks ettirish ularning turi, qatlami, vazifasini aniqlash; adibning kommunikativ maqsadini belgilash; milliy-madaniy, nutqiy etiket birliklarga e’tibor qaratish; leksik-semantik, stilistik, lingvokulturologik transformatsiyalardan foydalanish; lingvistik (tarjima metod va usullari) va ekstralingvistik omillar (tarjimon bilimi, dunyoqarashi, tajribasi) kabilar negizida namoyon bo‘lishi asoslangan;  
tarjima lug‘atlarida stilistik sinonimlarni izohlashda  leksik-semantik, stilistik transformatsiyaning yetakchiligi, so‘z tanlash jarayonida transformatsiyaning qaysi turidan foydalanish matnning turi, vazifasi va unda qo‘llangan vositalariga bog‘liq bo‘lishi, elektron lug‘atlarda esa turli tillarga mansub sinonimlarni qamrab olishga mo‘ljallangan tabiati, ular yordamida turli tillardan tarjima qilish imkoniyatining mavjudligi hamda samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida stilistik sinonimlarning leksikografik talqini va tarjima muammolarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
elektron leksikografik resurslarni yaxlit tavsiflash imkonini beruvchi elektron, avtomatlashtirilgan lug‘atlar korpusining modeli, tuzish shartlari, didaktik omillar qidiruv tizimi parametrlari, yaratilgan usullari, shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi soha ma’lumotlarini almashish va isohlash, terminlar o‘rtasidagi munosabatlarni tavsifsash, sohaga oid so’z tanlash, ularni izohlash va dalillashda zamonaviy leksikografik tamoyillar asosida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan FZ-20200930492-raqamli “Kletkali avtomatlar asosida katta hajmli ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlov berishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 3004/21-4-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy tadqiqot loyihasi asosida, ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlov berishga, mavjud sinonimik lug‘atdan foydalanishga  va tarjima jarayonlarini engillashtirihga xizmat qilgan;  
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan stilistik sinonimlar shakl va mazmun chegaralarining funksional dinamizmi kontekst ishtirokchilarining mental, kognitiv va lisoniy tafakkur xususiyatlari negizida sodir bo‘lishiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan UZB-Ind-2021-94-raqamli “Energy efficient communication and data flow in smart city using CRN based Iot Framework” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 2999/21-4-son ma’lumotnomasi). Natijada sifatli lug‘atlar yaratish imkoniyatlarini oshirish va elektronlashtirish xususiyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;  
turli tizimli tillardagi stilistik sinonimlarning grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari ekanligi va ularning dominant komponent (yadro) atrofida birlashuvchi ikkilamchi (periferik) elementlar qo‘llanishini voqelantiruvchi kuch ekanligiga doir oid nazariy va amaliy materiallardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2019-2022 yillarda amalga oshirilgan  Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 598092-EPP-1-2018-1-BG-EPPKA2-CBHE-SP “Modernisation of Higher Education in Central Asia through New – HiEdTec“ mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 2998/21-4-son ma’lumotnomasi). Natijada tilshunoslik, badiiy va lingvistik tarjimashunoslik sohasidagi bilimlarini oshirishga, mahalliy ta’lim tizimiga horijiy tajribani internet makonidagi ingliz va o‘zbek tillaridagi stilistik sinonimlar, terminologik tarjima va matnlarni to‘g‘ri ifodalash orqali singdirishga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi badiiy matnlarda qo‘llangan stilistik sinonimlarni tarjimada aks ettirishda ularning turi, qatlami, vazifasini aniqlash; adibning kommunikativ maqsadini belgilash; milliy-madaniy, nutqiy etiket birliklarga e’tibor qaratish; leksik-semantik, stilistik, lingvokulturologik transformatsiyalardan foydalanish; lingvistik (tarjima metod va usullari) va ekstralingvistik omillar (tarjimon bilimi, dunyoqarashi, tajribasi) kabilar negizida namoyon bo‘lishiga doir oid nazariy va amaliy materiallardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2019-2022 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 598661-EPP-12018-1-RO-EPPKA2-CBHE-JP “Developing Services for Individuals with Disabilities–DECIDE” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 2997/21-4-son ma’lumotnomasi).  Natijada loyiha doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun tarjima xizmatlarini yaxshilashga, muloqotning lingvistik va stilistik jihatlarini rivojlantirishga, inklyuziv va oson tushunarli bo‘ladigan elektron lug‘atlarni yaratishga  asos bo‘lib xizmat qilgan;
tarjima lug‘atlarida stilistik sinonimlarni izohlashda  leksik-semantik, stilistik transformatsiyaning yetakchiligi, so‘z tanlash jarayonida transformatsiyaning qaysi turidan foydalanish matnning turi, vazifasi va unda qo‘llangan vositalariga bog‘liq bo‘lishi, elektron lug‘atlarda esa turli tillarga mansub sinonimlarni qamrab olishga mo‘ljallangan bo‘lishi, ular yordamida turli tillardan tarjima qilish imkoniyatining mavjudligi, ko‘p qirraliligi hamda samaradorligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali”ning “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti”, “Adabiy jarayon” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali”ning 2023-yil 16-oktyabrdagi 23-46-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalarini rivojlanish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Internet zamonaviy gumanitar bilimlarning asosiy muammosi bo‘lgan insoniy muloqot hodisasini ochib berishga, hamda yoshlarda leksikografiya tushunchasini shakllantirishga, stilistik sinonimlar va ularning badiiy adabiyotlarda qo‘llanilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish