Ibragimova Nayira Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Axborot kommunikatsiya texnologiyalari diskursida autentik matnning lingvokognitiv xususiyatlari (ingliz va oʼzbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil574.
Ilmiy maslahatchi: Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori, dotsent, Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot kommunikatsiya texnologiyalari diskursida o‘zbek va ingliz tillaridagi autentik matnning lingvokognitiv xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi autentik matnlar murakkab til tarkibi bo‘lib, matn bilan ishlashni tashkil qilish usullariga ko‘ra: kulturologik autentiklik, informativ autentiklik, vaziyatli auteniklik, milliy mentalitet autentikligi, reaktiv autentiklik, yaratish autentikligi, matnlar yuzasidan beriladigan topshiriqlarning autentikligi kabi shakllarda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillarda AKT sohasiga oid autentik matnlarni shakllantirish turli xil kognitiv strategiyalar: ma’lumot berish, taqqoslash, baholash, ishontirish, umumlashtirish strategiyalari aktualizatsiya darajasi nutq turi bilan belgilanishi va   kommunikativ maqsadga erishishda ulardan foydalanish tamoyillari negizida shakllanganligi asoslangan;
har ikkala tilda AKT sohasiga oid matnlarda tanlangan til birliklarining standartlashtirish, domenga xos lug‘at, taraqqiyot, tilga oid muammolar, kognitiv-semantik, kontekstual tushunish kabi xususiyatlari AKT terminologik tizimi tahlili asosini tashkil qilib, matnlarda qo‘llangan domenga xos termin va iboralar, matn til uslubi ushbu sohada samarali muloqot, bilim almashish va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi autentik matnlar misolida muallif va adresant o‘rtasida yuz beradigan muvaffaqiyatli muloqotning muhim tamoyili ‒ hamkorlikning miqdor, sifat, munosabatlar va usul postulatlari orqali amalga oshishi isbotlangan;
AKT sohasiga oid autentik matnlar tarjimasida texnik matnlar, ilmiy matnlar, internetdan foydalanishga oid matnlar, axboriy va tijoriy matnlar tahlili asosida modellar mexanizmi rivojlantirilib, tarjimada adekvatlikka erishish yo‘llari orqali “Fikr tarjimasi” va “Funksional ekvivalentlik” nazariyalari negizida autentik matnlarni tarjima qilishning texnik tarjima, avtomatlashtirilgan hamda moslashtirilgan tarjima modellari ishlab chiqilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek axborot kommunikatsiya texnologiyalari diskursida autentik matnning lingvokognitiv xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi autentik matnlar murakkab til tarkibi bo‘lib, matn bilan ishlashni tashkil qilish usullariga ko‘ra: kulturologik autentiklik, informativ autentiklik, vaziyatli auteniklik, milliy mentalitet autentikligi, reaktiv autentiklik, yaratish autentikligi, matnlar yuzasidan beriladigan topshiriqlarning autentikligi kabilarda namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan FZ-20200930492-raqamli “Kletkali avtomatlar asosida katta hajmli ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlov berishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 3003/21-4-son ma’lumotnomasi). Natijada tahlil qilish va qayta ishlov berishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda ushbu modul ingliz tilidagi autentik matn xususiyatlari haqidagi bilimlar bilan boyitilgan;
qiyoslanayotgan tillarda AKT sohasiga oid autentik matnlarni shakllantirish turli xil kognitiv strategiyalar: ma’lumot berish, taqqoslash, baholash, ishontirish, umumlashtirish strategiyalari aktualizatsiya darajasi nutq turi bilan belgilanishi va   kommunikativ maqsadga erishishda ulardan foydalanish tamoyillari negizida shakllanganligiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan UZB-Ind-2021-94-raqamli “Energy efficient communication and data flow in smart city using CRN based Iot Framework” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 3000/21-4-son ma’lumotnomasi). Natijada AKT sohasiga oid autentik matnlarni shakllantirishning turli xil kognitiv strategiyalari innovatsion tadqiqot loyihasi mundarijasini oshirishga xizmat qilgan;
har ikkala tilda AKT sohasiga oid matnlarda tanlangan til birliklarining standartlashtirish, domenga xos lug‘at, taraqqiyot, tilga oid muammolar, kognitiv-semantik, kontekstual tushunish kabi xususiyatlari AKT terminologik tizimi tahlili asosini tashkil qilib, matnlarda qo‘llangan domenga xos termin va iboralar, matn til uslubi ushbu sohada samarali muloqot, bilim almashish va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishiga doir oid nazariy va amaliy materiallardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2019-2022 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 598661-EPP-12018-1-RO-EPPKA2-CBHE-JP “Developing Services for Individuals with Disabilities–DECIDE” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 2996/21-4-son ma’lumotnomasi).  Natijada imkoniyati cheklangan shaxslarning kognitiv va lingvistik ehtiyojlarini qondiradigan muloqot strategiyalarini ishlab chiqish, tildan foydalanishni moslashtirish, o‘ziga xos metafora yoki analogiyalarni qo‘llash va foydalanuvchilarning kognitiv jarayonlariga mos keladigan vizual yoki eshitish belgilaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi autentik matnlar misolida muallif va adresant o‘rtasida yuz beradigan muvaffaqiyatli muloqotning muhim tamoyili ‒ hamkorlikning miqdor, sifat, munosabatlar va usul postulatlari orqali amalga oshishiga doir oid nazariy va amaliy materiallardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2019-2022 yillarda amalga oshirilgan  Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 598092-EPP-1-2018-1-BG-EPPKA2-CBHE-SP “Modernisation of Higher Education in Central Asia through New – HiEdTec“ mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 2995/21-4-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tajriba asosida internet makonidagi ingliz va o‘zbek tillaridagi ma’lumotlar bilan ishlashda terminlar va matnlarni to‘g‘ri tarjima qilishga erishilgan;
AKT sohasiga oid autentik matnlar tarjimasida texnik matnlar, ilmiy matnlar, internetdan foydalanishga oid matnlar, axboriy va tijoriy matnlar tahlili asosida modellar mexanizmi rivojlantirilib, tarjimada adekvatlikka erishish yo‘llari “Fikr tarjimasi” va “Funksional ekvivalentlik” nazariyalari negizida autentik matnlarni tarjima qilishning texnik tarjima, avtomatlashtirilgan hamda moslashtirilgan tarjima modellari ishlab chiqilganligiga bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali”ning “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Adabiy jarayon” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokamali”ning 2023-yil 16-oktyabrdagi 23-46-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligining ta’minlanishiga, ilmiy manbalar bilan boyitilishiga va teletomoshabinlarning internetdan foydalanishga oid matnlar, axboriy va tijoriy matnlar tahlili yuzasidan dunyoqarashlarini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish