Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda nikohdan ajralishning ijtimoiy - psixologik muammolari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/P46.
Ilmiy rahbar: Shoumarov Gʻayrat Bahromovich, psixologiya fanlar doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shamsiev O‘ktam Baxriddinovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xalimova Mashrabxon Voxidovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilalardagi nikohdan ajralishning ijtimoiy-psixologik muammolarini baholash asosida ajralishlarning oldini olish yoʻllari va profilaktikasi tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek oilalarida qadriyatlarning funksional stabilizatorlarini disfunksionallashayotganligi, yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi tufayli nikohda disgarmoniya va er-xotinlarning oilaviy rollarida noadekvatlikning ortib borishi sababli qaynona-kelin munosabatlari, oilaga tashqaridan boshqa shaxslarning aralashuvi, ishsizlik, er yoki xotinning ishlash uchun boshqa mamlakatlarga ketib qolishi, oilaviy qadriyatlarga hurmatsizlik, yoshlarning mustaqil hayotga tayyor bo‘lmasdan oila qurishi, uy-joy masalasi nikohdan ajralishlarning ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik muammolarsh ekanligi aniqlangan;
oilalardagi destruktiv nizolarda kriminogen muomalaning ustuvorligi, emotsional va stressogen reaksiyalarning kuchayishi, er-xotinlarning rollari va kutilmalaridagi nomuvofiqlik sababli maishiy-xo‘jalik, ota-ona tarbiyachilik funksiyasi, ijtimoiy faollik, emotsional-psixoterapevtik va tashqi jozibadorlik qadriyatlaridagi pasayish oqibatida oiladagi inqirozli holatlarning kuchayganligi nikohdan ajrimlarning asosiy ijtimoiy-psixologik omillar ekanligi isbotlangan;
erkaklarning axloqiy, psixologik zo‘ravonliklarida farzandlarni olib qo‘yish, boshqa ayolga uylanish va tashlab ketish bilan tahdid qilish, boshqa kishilardan rashk qilib, birga yashamaslik va ajrashishini muttasil takrorlash, bevafoligini ayolidan yashirmaslik, ayolini uydan haydab yuborish tarzida rafiqasiga diskriminatsiyasi ayollarning ajrashish tendensiyalarini kuchaytiruvchi eng ta’sirchan vositalar ekanligi dalillangan;
etnomadaniy muhitga globallashuv ta’sirining differensial va integral kuzatilganligi sababli nikohdan ajralishlarning kelib chiqishida millatlararo oilalar tarkib topishi, migratsiyaning an’anaviy oilaning buzilishiga olib kelishi, nikohdan tashqari munosabatlar, oila a’zolari o‘rtasida mehr-oqibat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashning etishmasligi oqibatida milliy an’analarga asoslangan oilalarning egalitar oilaga aylanishi ortayotganligi empirik jihatdan aniqlangan;
o‘zbek oilalarida nikohdan ajralishning salbiy asoratlari qishloq ijtimoiy muhitidagi ayollarda shahar ayollaridagiga nisbatan og‘irroq kechishi, idrok maydonining torligi, stereotiplar yetakchiligi, ajralishning bola ruhiy holati va asab tizimiga salbiy ta’siri esa qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan, qishloq hududidagi oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarda shahar joylaridagi noto‘liq oilalarda o‘sayotganlarga nisbatan kuchliroq namoyon bo‘lishi aniqlanganligi asosida oilaviy ajralishlarning oldini olishning ijtimoiy-psixologik modeli shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda nikohdan ajralishning ijtimoiy - psixologik muammolari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
zamonaviy o‘zbek oilalarida qadriyatlarning funksional stabilizatorlarini disfunksionallashayotganligi, yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi tufayli nikohda disgarmoniya va er-xotinlarning oilaviy rollarida noadekvatlikning ortib borishi sababli qaynona-kelin munosabatlari, oilaga tashqaridan boshqa shaxslarning aralashuvi, ishsizlik, er yoki xotinning ishlash uchun boshqa mamlakatlarga ketib qolishi, oilaviy qadriyatlarga hurmatsizlik, yoshlarning mustaqil hayotga tayyor bo‘lmasdan oila qurishi, uy-joy masalasi nikohdan ajralishlarning ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik muammolarsh ekanligi aniqlanganligi to‘gʻrisida ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-149-sonli buyrugʻi bilan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-iyundagi PM-149a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning amaliy jihatdan oilaviy ajralishlarni oldini olish psixologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
oilalardagi destruktiv nizolarda kriminogen muomalaning ustuvorligi, emotsional va stressogen reaksiyalarning kuchayishi, er-xotinlarning rollari va kutilmalaridagi nomuvofiqlik sababli maishiy-xo‘jalik, ota-ona tarbiyachilik funksiyasi, ijtimoiy faollik, emotsional-psixoterapevtik va tashqi jozibadorlik qadriyatlaridagi pasayish oqibatida oiladagi inqirozli holatlarning kuchayganligi nikohdan ajrimlarning asosiy ijtimoiy-psixologik omillar ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-149-sonli buyrugʻi bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Oila psixologiyasi” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-iyundagi PM-149a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlar va yosh oila quruvchilarning oila psixologiyasiga oid bilimlari va mustahkam oila modelini yaratishga doir xabardorligi imkoniyati yaratilgan;
erkaklarning axloqiy, psixologik zo‘ravonliklarida farzandlarini olib qo‘yish, boshqa ayolga uylanish va tashlab ketish bilan tahdid qilish, boshqa kishilardan rashq qilib ko‘rsatish, birga yashamaslik va ajrashishni muttasil takrorlash, bevafoligini ayolidan yashirmaslik, ayolini uydan haydab yuborish tarzda rafiqalariga diskriminatsiyasi ayollarning ajrashish tendensiyalarini kuchaytiruvchi eng ta’sirchan vositalar ekanligi dalillanganligi yuzasidan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-149-sonli buyrugʻi bilan “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi” va “Etnopsixologiya” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-iyundagi PM-149a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning oilaviy psixologik xizmat, oilaviy maslahatni tashkil etishga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
etnomadaniy muhitga globallashuv ta’sirining differensial va integral kuzatilganligi sababli nikohdan ajralishlarning kelib chiqishida millatlararo oilalar tarkib topishi, migratsiyaning an’anaviy oilaning buzilishiga olib kelishi, nikohdan tashqari munosabatlar, oila a’zolari o‘rtasida mehr-oqibat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashning etishmasligi oqibatida milliy an’analarga asoslangan oilalarning egalitar oilaga aylanishi ortayotganligi empirik jihatdan aniqlanganligiga doir taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-149-sonli buyrugʻi bilan “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi” va “Etnopsixologiya” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-iyundagi PM-149a-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalla mutaxassislari, amaliyotchi psixologlarning muammoli oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatishining psixoprofilaktik, psixologik maslahat, oilaviy mediasiya turlari uslubiy va mazmunan takomillashtirilgan;
o‘zbek oilalarida nikohdan ajralishning salbiy asoratlari qishloq ijtimoiy muhitidagi ayollarda shahar ayollaridagiga nisbatan og‘irroq kechishi, idrok maydonining torligi, stereotiplar yetakchiligi, ajralishning bola ruhiy holati va asab tizimiga salbiy ta’siri esa qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan, qishloq hududidagi oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarda shahar joylaridagi noto‘liq oilalarda o‘sayotganlarga nisbatan kuchliroq namoyon bo‘lishi aniqlanganligi asosida oilaviy ajralishlarning oldini olishning ijtimoiy-psixologik modeli shakllantirilgan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-149-sonli buyrugʻi bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Etnopsixologiya” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-iyundagi PM-149a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixolog mutaxassislarni tayyorlash “Psixologik xizmat” o‘quv fani mavzular mazmuni takomillashtirilgan, fan dasturida psixologlarning oilaga psixologik xizmat, psixologik maslahat, oilaviy mediasiyani tashkil etishga oid bilimlarining saviyasi oshirishiga xizmat qilgan.