Toleubaeva Aliya Ondasinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mediamakonda ma’no ko‘chishning lingvokulturologik aspekti (qoraqalpoq, o‘zbek va ingliz gazeta matnlari misolida)», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2989.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori professor; Mirsanov Gaybulla Kulmuradovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarini chog‘ishtirish orqali ma’no ko‘chish xodisasini gazeta matnlarida   qo‘llanish darajasi, ularning turlari, roli va milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
qoraqalpoq, o‘zbek va ingliz   bosma mediamatnlarida ma’no ko‘chishining emotsionallik, ekspressivlik, baholash hamda nutqiy ta’sir qiluvchi asosiy vosita sifatidagi maqomini asoslash orqali davriy bosma mediada   ma’no ko‘chishining   axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda namoyon bo‘lish darajasi lingvomadaniy aspektda aniqlangan;
ingliz, qoraqalpoq va o‘zbek tillarida ma’no ko‘chish hodisasi ya'ni gazeta metaforasining o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash hamda publisistik uslubdagi metafora, metonimiya va sinekdoxaning lingvistik mohiyatini ochib berish orqali ularning ma’no ko‘chishida, yangi ma’no yaratishda hamda gazeta matni ekspressivligini oshirishdagi samaradorligi aniqlangan;
publisistik uslubda ma’no ko‘chish xodisasining nominatsiya vositasi sifatida hamda tilda mavjud bo‘lgan ma’nolarni kognitiv manipulyasiya qilish usuli va dunyoning lisoniy tasvirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiruvchi vosita sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
qoraqalpoq, ingliz  va o‘zbek  tillari publisistikasida  yashirin baholashning ritorik aspektda ko‘chma ma’noli so‘zlarda kuchli namoyon bo‘lishi ishontirishning ikkita asosiy turini (assotsiativ-baholovchi va emotsional-estetik baholovchi) ajratish orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek, qoraqalpoq va ingliz   mediamatnlarida ma’no ko‘chish hodisasi  va turlarining qo‘llanishi, har ikki mamlakat madaniyatidagi o‘xshashlik hamda farqlarning gazeta matnida namoyon bo‘lishi, ma’no ko‘chish hodisasining lingvomadaniy xususiyatlari tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
qoraqalpoq, o‘zbek  va ingliz   bosma mediamatnlarida ma’no ko‘chishining  emotsionallik, ekspressivlik, baholash hamda nutqiy ta’sir qiluvchi asosiy vosita sifatidagi maqomini asoslash orqali davriy  bosma mediada   ma’no ko‘chishining   axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 17-avgustdagi 2106/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlanayotganida manba zahirasi boyitilgan;
ingliz, qoraqalpoq va o‘zbek tillarida ma’no ko‘chish hodisasi ya'ni gazeta metaforasining o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash hamda publisistik uslubdagi metafora, metonimiya va sinekdoxaning  lingvistik  mohiyatini ochib berish orqali ularning  ma’no ko‘chishida, yangi ma’no yaratishda hamda  gazeta matni ekspressivligini oshirishdagi samaradorligiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining 2023 yil 17 -fevral kuni madaniy-ma’rifiy mavzudagi “Tilge itibar elge itibar” nomli ko‘rsatuvida keng ommaga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining 2023-yil 5-iyuldagi 05-22/333-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv mazmun – mundarijasining ilmiy – ommabopligi tamomlangan hamda yangi manbalar bilan boyitilgan;
uch tildagi ommaviy axborot vositalarida ma’no ko‘chishda ekspressivlikni va baholashni yuzaga keltirishi  va ularning lingvokulturologik xususiyatlari yuzasidan olingan natija va xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 17-avgustdagi 2106/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natiijada qoraqalpoq, o‘zbek va ingliz  tillari publisistikasida  yashirin baholashning ritorik aspektda ko‘chma ma’noli so‘zlarda kuchli namoyon bo‘lishi ishontirishning ikkita asosiy turini (assotsiativ-baholovchi va emotsional-estetik baholovchi) ajratish orqali isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish