Babaeva Gulzira Sarsenbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Nemis, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi xushmuomalalik konseptining lingvomadaniy tadqiqi», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1221.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximov Xurram, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim;  Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi xushmuomalalik konseptining ifodalanish shakllari va ijtimoiy mohiyatini lingvomadaniy jihatdan ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida xushmuomalalikni bildiruvchi lisoniy birliklarning turli vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan leksik-grammatik jihatdan verbal va noverbal ifodalanish holatining universal, madaniy va ijtimoiy munosabatlarning kommunikativ maqsadiga asosan tor va keng ma’noga ajratilishi asoslangan;
inson his-tuyg‘ularini, bir-biriga izzat-hurmatini, ijtimoiy mavqei, ma’lum bir yaqinlik munosabatlarini ifodalovchi xushmuomalalik konseptining leksik-semantik farqini aks ettiruvchi jihatlari ochib berilib, ularning milliy-madaniy ko‘rinishlari nemis, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi badiiy asarlardan olingan misollarni qiyosiy baholash orqali isbotlangan;
suhbatdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda va murojaat shakllarining ifodalanishida muloqot jarayonidagi maqsad, murojaatning mazmuni, nutqning kommunikativ ta’siri asosida xushmuomalalik konseptining o‘ziga xos lingvomadaniy va pragmatik komponentlarga ega ekanligi dalillangan;
nemis, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida “xushmuomalalik” konseptining kognitiv mohiyati muloqot jarayonida suhbatdoshlarning ijtimoiy mavqei, o‘zaro muomala madaniyati, odob-ikromligi, lingvomadaniy jihatlarining o‘ziga xos spesifik xarakteriga xoslanib, xushmuomalalik konseptining leksik-semantik nuqtai nazardan farqli va o‘xshash tomonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis, o‘zbek va qoraqalpoq tillari materiallari asosida xushmuomalalik konseptining lingvomadaniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nemis, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida xushmuomalalik konseptining milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyatlarining qiyosiy tadqiq etilishi, har xil lisoniy va madaniy an’analarda xushmuomala muloqot shakllarining ifodalanishi hamda lingvomadaniy jihatlari tahliliga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining F1-FA-0-13229 raqamli “Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiy tilida funksional so‘z yasalish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021-yil 31-martdagi 60/1-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvomadaniyatshunoslik sohasida xushmuomala muloqot shakllarining ifodalanishi bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlar, qardosh bo‘lmagan tillar doirasida lingvomadaniy jihatdan ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qilgan;
muomala madaniyatining milliy-madaniy xususiyatlari tahlili bo‘yicha erishilgan samarali ilmiy natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan muhim manba sifatida foydalanilgan (QR Vazirlar Kengashi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2023-yil 8-maydagi 11-04/5-05/1145-son ma’lumotnomasi). Natijada turli tillardagi muomala madaniyatining o‘xshash va farqli jihatlarining samarali natijalari madaniyatlararo muloqotlarga oid ishlarda foydalanilishi mumkinligi alohida ta’kidlangan;
har xil lingvomadaniyatga mansub lisoniy birliklarning kognitiv mohiyati bilan bir qatorda lug‘aviy xususiyatlari va ularning milliy-madaniy o‘ziga xos spesifik xarakterini ochib beruvchi jihatlari Olmon-o‘zbek ilmiy jamiyati tomonidan 2020-2021 yillarda bajarilgan “Katta nemischa-o‘zbekcha lug‘at” nomli  grant doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanildi (Olmon-o‘zbek ilmiy jamiyatining 2023-yil 15-iyundagi 163-son ma’lumotnomasi). Natijada qardosh bo‘lmagan turli madaniyatga mansub tillarda xushmuomalalikni ifodalovchi lisoniy birliklar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
xushmuomala muloqotning ifodasi, mazmuni, maqsadi, umumiy va har bir tilda o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 1-mart kuni olib borilgan “Musiqiy dam olish dasturlari” Bosh muharririyati tomonidan tayyorlangan “Kuch bilimda” eshittirishi orqali keng ommaga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-martdagi 05-22/139-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirish orqali madaniyatlararo muloqot jarayonlarida tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida o‘zaro hurmatga e’tibor qaratish, jamiyat va oilada muomala madaniyatining samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish