Muminova Umida Qarshievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari leksikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3281.
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ermatov Ixtiyor Rizoqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari lug‘at tarkibini semantik va genealogik jihatdan aniqlash orqali uning o‘zbek adabiy tili rivojida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy leksikologiyaning nazariy qoidalariga tayangan holda pandnomadagi so‘zlar ijtimoiy-siyosiy, maishiy leksika, ta’lim-tarbiya, teonimlar, zoonimlar, fitonimlar kabi o‘ttiz to‘rtta yirik mavzuiy guruhga ajratilib asarning o‘zbek tili tarixiy taraqqiyoti va adabiy til sifatida shakllanishida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, o‘zbek xalqining moddiy-maishiy turmush tarzi, turar joy, uy-ro‘zg‘or tutumi, diniy, madaniy-ma’naviy, iqtisodiy jihatlarning o‘rni asoslangan;
pandnoma lug‘at boyligidagi so‘zlarning genezisi, manba tilining ma’no kengayishi, ma’no torayishi kabi xarakterli jihatlari, ularning so‘zlar semantik strukturasidagi mushtarak hamda leksik va hosila ma’nolarning paydo bo‘lishidagi farqli tomonlari, tarixiy rivoji arxaizmlaning o‘ziga xos xususiyatlari qadimgi turkiy til hamda eski turkiy tilning dastlabki yodgorliklarida qayd etilgan leksik birliklar asosida dalillangan;
manbada ifodalangan istilohlarning o‘z va o‘zlashgan qatlamlar bo‘yicha tahlili asosida o‘zbek tili so‘z boyligi hamda grammatik qurilishining tarixiy rivojlanishida turkiy qo‘shimchalar vositasida so‘z yasash usuli muhim o‘rin tutgani arabcha va fors-tojikcha o‘zlashmalardan yangi leksemalar hosil qilishdagi faol ishtiroki asosida isbotlangan;
“Mahbub ul-qulub” asari leksikasidagi polisemiya, ma’no torayishi va ma’no kengayishi, ko‘p ma’nolilik singari turkiy tillarga xos hodisalar, ko‘pgina narsa-predmet, belgi-xususiyat, harakat-holatlar ma’no ko‘chishi yordamida nomlanishi, ko‘chim va uning turlari (metafora, metonimiya, sinekdoxa), leksik-semantik jarayon (omonim, sinonim, antonim)lar Alisher Navoiy asarlari tilining ifoda imkoniyatlari, badiiy qudrati, semantik mundarijasini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos lisoniy omillar ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari leksikasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy leksikologiyaning nazariy qoidalariga tayangan holda pandnomadagi so‘zlar ijtimoiy-siyosiy, maishiy leksika, ta’lim-tarbiya, teonimlar, zoonimlar, fitonimlar kabi o‘ttiz to‘rtta yirik mavzuiy guruhga ajratilib asarning o‘zbek tili tarixiy taraqqiyoti va adabiy til sifatida shakllanishida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, o‘zbek xalqining moddiy-maishiy turmush tarzi, turar joy, uy-ro‘zg‘or tutumi, diniy, madaniy-ma’naviy, iqtisodiy jihatlarning o‘rni bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yilning 12-oktyabrdagi 01/10-2111-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy va umumta’lim muassasalari tizimida tarixiy terminlar, istorizm, arxaizmlarni aniqlash, so‘zlarni lug‘at tarkibiga bo‘lish, ularning etimologiyasini yoritish, omonimlarni farqlash, so‘zlarning ma’no taraqqiyotini ochish kabi masalalarga oydinlik kiritib, lingvistik tahlillar mazmunini boyishiga erishilgan;
pandnoma lug‘at boyligidagi so‘zlarning genezisi, manba tilining ma’no kengayishi, ma’no torayishi kabi xarakterli jihatlari, ularning so‘zlar semantik strukturasidagi mushtarak hamda leksik va hosila ma’nolarning paydo bo‘lishidagi farqli tomonlari, tarixiy rivoji arxaizmlaning o‘ziga xos xususiyatlari qadimgi turkiy til hamda eski turkiy tilning dastlabki yodgorliklarida qayd etilgan leksik birliklar asosida dalillanganligiga doir ilmiy xulosalardan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neymingning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 12-oktyabrdagi 01/10-2114-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma yaratishda tarixiy leksikologiya, til madaniyati, nutq odobi, ta’lim-tarbiya borasidagi qarashlar va ularni anglatuvchi leksemalar, shuningdek, mazkur atamalarning funksional-semantik hamda genealogik tomondan o‘rganish uchun zarur bo‘lgan materiallar muhim ilmiy manba vazifasini o‘tagan;
“Mahbub ul-qulub” asari leksikasidagi polisemiya, ma’no torayishi va ma’no kengayishi, ko‘p ma’nolilik singari turkiy tillarga xos hodisalar, ko‘pgina narsa-predmet, belgi-xususiyat, harakat-holatlar ma’no ko‘chishi yordamida nomlanishi, ko‘chim va uning turlari (metafora, metonimiya, sinekdoxa), leksik-semantik jarayon (omonim, sinonim, antonim)lar Alisher Navoiy asarlari tilining ifoda imkoniyatlari, badiiy qudrati, semantik mundarijasini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos lisoniy omillar ekanligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Til – millat ko‘zgusi”, “Kun mavzusi”, “Ma’naviyat saboqlari”, “Dialog” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi 2023-yil 14-noyabrdagi 01-01\204-son ma’lumotnomasi). Natijada asardagi fikr-mulohazalar, barkamollikka erishish, komil inson tarbiyasiga doir aql-zakovat durdonalari millatimizni asrlar osha tarbiyalab kelgan odob, turish-turmushning mazmun-mohiyatini anglashda muhim ekanligini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan, ko‘rsatuv ilmiy-ma’rifiy saviyasining yuksalishini ta’minlangan.