Toshpulatov Xasan Murodulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voleybolchilarda o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanish tezkorligini rivojlantirish va uni kompyuterlashtirilgan uskuna yordamida baholash”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3737.
Ilmiy rahbar: Akbarov Axmatjon, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyibjon Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Isroilov Shoakrom Xolmatovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali voleybolchi-talabalarda o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezkorligini rivojlantirish va uni kompyuterlashtirilgan uskuna yordamida baholash afzalligini aniqlash bo‘ycha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali voleybolchilar mashg‘ulotlarida o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezkorligini rivojlantirish uchun jadal shakllantirish sur’atini nazorat qilishga mo‘ljallangan an’anaviy testlarni o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga yugurishni inobatga olgan holda qo‘llash texnologiyasini modifikatsiyalashtirish orqali “Yulduzsimon” shaklda yugurish testi takomillashtirilgan;
malakali voleybolchilar amaliyotida o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezkorligini baholash uchun qo‘llaniladigan an’anaviy testlar archasimon va mokkisimon yugurish testlariga nisbatan ishonchli va obektiv axborot beruvchi shu bilan bir qatorda yugurish masofasining har bir oraliq qismini alohida va to‘liq masofa bo‘yicha umumiy natijani o‘lchash imkoniyatini yaratuvchi kompyuterlashtirilgan uskuna ishlab chiqilgan;
malakali voleybolchi-talabalarning o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezkorligining funksional qiymatini soniyalar kisimida hamda shakllanish sur’atini baholash asosida an’anaviy testlar va kompyuterlashtirilgan o‘lchov uskunasidan har bir masofadagi differensial farqni sensor datchiklar orqali aniqlashga qaratilgan uslubiyatni ishlab chiqish hisobiga voleybol maydonidagi bajariladigan qisqa burilish texnik harakatlarni baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali voleybolchi-talabalarda maydon zonalar bo‘ylab o‘rnatilgan “datchiklar” tomon mokkisimon yugurish tezkorligini eksperimental mashqlar (9-3-6-3-9 m., “Archasimon” yugurish, “Yulduz” shaklida yugurish va x.) asosida rivojlantirish samaradorligini va uni obektiv axborot beruvchi kompyuter dasturiga asoslangan raqamli elektron o‘lchov metodikasi hisobiga o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezkorligini baholash uslubiyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali voleybolchi-talabalarning o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanish tezkorligi, uni an’anaviy va eksperimental mashg‘ulotlar davomida rivojlanish sur’atini amalda joriy etilgan an’anaviy testlar hamda ishlab chiqilgan obektiv axborot beruvchi kompyuterlashtirilgan o‘lchov uskunasi yordamida baholash natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida:
malakali voleybolchilar mashg‘ulotlarida o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezkorligini rivojlantirish va uni baholash tajribasini o‘rganish uchun mokkisimon yugurish tezkorligini jadal shakllantirish sur’atini nazorat qilishga mo‘ljallangan an’anaviy testlarni qo‘llash texnologiyasi modifikatsiyalashtirilgan “Yulduzsimon” shaklda yugurish testi takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar Toshkent shahar, Mirobod tumani, 2-sonli sport maktabi voleybol mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 21-sentyabr 03-01/04/20/9777-son ma’lumotnomasi). Natijada “Archasimon yugurish” tezkorligi 4,19 % dan 9,25 % gacha, 5x6 m. ga yugurish tezkorligi 4,78 % dan 10,60% gacha, “Yulduzsimon yugurish” tezkorligi 3,35 % dan 9,09 % gacha o‘sgan;
malakali voleybolchilar amaliyotida o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezkorligini baholash uchun qo‘llaniladigan an’anaviy testlarga nisbatan ishonchli va obektiv axborot beruvchi shu bilan bir qatorda mokkisimon yugurish masalarining har bir oraliq siklini alohida va to‘liq o‘lchash imkoniyatini yaratuvchi kompyuterlashtirilgan uskuna ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Oliy Sport mahorati maktabi voleybol mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 21-sentyabr 03-01/04/20/9777-son ma’lumotnomasi) Natijada “Archasimon” yugurish tezligi TGda 5,73 % ga, 5x6m. ga yugurish tezligi 10,41 % ga, “Yulduzsimon” yugurish tezligi chap tomon bo‘ylab-7,25 % ga, o‘ng tomon bo‘ylab-7,42 % gacha o‘sgan. NG da esa mazkur ko‘rsatkichlar muvofiq ravishda: 1,51 % ga o‘sgan;
malakali voleybolchi-talabalarning o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezkorligi va uning funksional qiymatini, shakllanish sur’atini baholash asosida an’anaviy testlar va kompyuterlashtirilgan o‘lchov uskunasidan foydalanish farqi hamda afzalliklari imkoniyati kengaytirilgan pedagogik tajriba natijalari bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport faoliyati voleybol ixtisosligi talabalarining voleybol mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 21-sentyabr 03-01/04/20/9777-son ma’lumotnomasi). Natijada “Archasimon” yo‘nalish bo‘ylab chap tomonda o‘rnatilgan “datchiklar” tomon yugurish tezligi TGda 7,08% ni, o‘ng tomondagi “datchiklarga” -4,69 % ni, to‘liq yugurish tezligi 5,89 % ni tashkil etgan. NG da bu ko‘rsatkichlar muvofiq ravishda: 2,34 %; 2,83 %; 1,87 % bilan qayd etilgan. “Yulduzsimon” yo‘nalish bo‘ylab o‘ngdan chapga aylanib yugurish tezligi NG ko‘rsatkichlariga nisbatan 2,24 % yuqori (tez), chapdan o‘ng tomonga aylanib yugurish tezligi esa 4,44 % ga oshgan;
malakali voleybolchi-talabalarda maydon zonalar bo‘ylab o‘rnatilgan “datchiklar” tomon mokkisimon yugurish tezkorligini tajriba mashqlar asosida rivojlantirish samaradorligi va uni obektiv axborot beruvchi kompyuterlashtirilgan o‘lchov uskunasi O‘zbekiston Respublikasi Voleybol federatsiya ilmiy seminarlarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 21-sentyabr 03-01/04/20/9777-son ma’lumotnomasi). Natijada “Archasimon yugurish” tezkorligi 4,19 % dan 9,25 % gacha, 5x6 m. ga mokkisimon yugurish tezkorligi 4,78 % dan 10,60 % gacha, “Yulduzsimon yugurish” tezkorligi 3,35 % dan 9,09 % ga o‘sgan.