Nasirova Ayzada Pishenbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq xalq aytishuvlarining lingvopoetik tahlili”, 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil2484.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karlibaeva Gulmira Ermekbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: O‘rinboeva Dilbar Bozorovna, filologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenov Kidirbay Ayjarikovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq aytishuvlarining lingvopoetik xususiyatlarini aniqlash, undagi til birliklarining poetikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq xalq aytishuvlarida qo‘llanilgan lisoniy birliklarning semantik, metasemiotik va lingvopoetik funksiyalarni bajarishi, sinonim, antonimlarning konnotatsiya ifodalashdagi badiiy-estetik xususiyatlari, frazeologizmlarning transformatsiya, gradatsiya natijasida emotsionallik hosil qilishidagi aytishuv badiiyligini oshirish, voqea-hodisalarni aniq tasvirlash va aytishuv satrlarining ixchamligini ta’minlash kabi lingvopoetik vazifalari ochib berilgan;
xalq aytishuvlaridagi onomastik birliklar: «poetonim», «antropoetonim», «topopoetonim»larning badiiy matndagi onomastik nomlarni bildirishi va ularga oid aniq faktlar keltirishi kabi lisoniy vazifalari, antroponim, toponim va ornitonimlarning kontekst yaratishida ularga ijobiy yoki salbiy ma’no yuklanishi, shu orqali aytishuvda so‘z ustasi o‘z his-tuyg‘ularini chuqurroq anglatishi kabi funksional-pragmatik jihatlari, allyuziv antroponimlarning xalq tili va adabiyotida keng tarqalishiga ko‘ra intertekstuallik kasb etishi belgilangan;
qoraqalpoq aytishuvlaridagi grammatik vositalar: morfemalar, so‘z turkumlari, ritorik so‘roq gaplar, gradatsion, metaforik, perifraza undalmalarning shaxs emotsional tuyg‘ularining ijobiy, salbiy va neytral jihatlarini ko‘rsatishi kabi lingvistik-estetik funksiyalari, aytishuvlarning har xil mavzularni o‘z ichiga qamrab olganligi sababli badiiy nutqda presuppozisiyani ifodalashi isbotlangan;
aytishuvlardagi metafora, metonimiya, o‘xshatish va badiiy-takrorning mantiqiy-semantik, lisoniy, poetik xususiyatlari, ularning komik tasvir yaratish tamoyillari belgilangan, poetik kontekst hosil qilishda yashirin ma’nolarni ifodalab, bu orqali tinglovchilarni mantiqiy fikrlashga majbur qilishi va voqea-hodisalarni taqqoslab xulosa qilishga undashi kabi pragmalingvistik xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarining tilini lingvomadaniy tahlil qilish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
qoraqalpoq xalq aytishuvlarida qo‘llanilgan lisoniy birliklarning semantik, metasemiotik va lingvopoetik funksiyalarni bajarishi, sinonim, antonimlarning konnotatsiya ifodalashdagi badiiy-estetik xususiyatlari, frazeologizmlarning transformatsiya, gradatsiya natijasida emotsionallik hosil qilishidagi aytishuv badiiyligini oshirish, voqea-hodisalarni aniq tasvirlash va aytishuv satrlarining ixchamligini ta’minlash kabi lingvopoetik vazifalari ochib berilgan ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikası Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan «Qoraqalpoq folklorida dunyoning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish» (2021-2023 yy.) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekston Respublikası Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 22-dekabrdagi 500/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tili etnografik leksikasi shakllanishidagi xalq aytishuvlari tilining ifoda imkoniyatlari tahlili asnosida ularni yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
xalq aytishuvlaridagi onomastik birliklar: «poetonim», «antropoetonim», «topopoetonim»larning badiiy matndagi onomastik nomlarni bildirishi va ularga oid aniq faktlar keltirishi kabi lisoniy vazifalari, antroponim, toponim va ornitonimlarning kontekst yaratishida ularga ijobiy yoki salbiy ma’no yuklanishi, shu orqali aytishuvda so‘z ustasi o‘z his-tuyg‘ularini chuqurroq anglatishi kabi funksional-pragmatik jihatlari, allyuziv antroponimlarning xalq tili va adabiyotida keng tarqalishiga ko‘ra intertekstuallik kasb etishi belgilangan materiallardan Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining  «Áhmietli sáwbet», «Múnásibet», «Tilge itibar – elge itibar», «Mánawiyat bostanı» kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-oktyabrdagi 05-22/520-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq aytishuvlarining badiiy-estetik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlagan, tinglovchilarning qiziqishlari ortishiga erishilgan;
qoraqalpoq aytishuvlaridagi grammatik vositalar: morfemalar, so‘z turkumlari, ritorik so‘roq gaplar, gradatsion, metaforik, perifraza undalmalarning shaxs emotsional tuyg‘ularining ijobiy, salbiy va neytral jihatlarini ko‘rsatishi kabi lingvistik-estetik funksiyalari, aytishuvlarning har xil mavzularni o‘z ichiga qamrab olganligi sababli badiiy nutqda presuppozisiyani ifodalashi isbotlangan xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida qoraqalpoq xalq aytishuvlari bo‘yicha tashkil etilgan ekspozisiyalarni mazmunan boyitishda, ekskursiya darslarini o‘tishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 22-sentyabrdagi 2-02/327-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq aytishuvlarining tarixiy manbalari, adabiy rivojlanish bosqichlari va aytishuvlarda milliy urf-odat, an’analarimizning o‘z aksini topgan ko‘rgazmalarning ssenariylari yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan, ularning sifati oshirilishiga muvaffaq bo‘lingan;
aytishuvlardagi metafora, metonimiya, o‘xshatish va badiiy-takrorning mantiqiy-semantik, lisoniy, poetik xususiyatlari, ularning komik tasvir yaratish tamoyillari belgilangan, poetik kontekst hosil qilishda yashirin ma’nolarni ifodalab, bu orqali tinglovchilarni mantiqiy fikrlashga majbur qilishi va voqea-hodisalarni taqqoslab xulosa qilishga undashi kabi pragmalingvistik xossalari aniqlangan xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2023-yil 25-yanvardagi 01-295-son ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xarita»sining 17-bandi «qoraqalpoq xalq dostonlaridagi xalq aytishuvlarini kelajak avlod vakillariga targ‘ib qilish, 20-bandi «Milliy musiqa asboblarining milliy-ma’naviy ahamiyatini aholi orasida yanada targ‘ib qilish», 73-bandi «Ajiniyaz hám Berdaq kúnleri»ni tashkil etishda, shuningdek, VII. «Davlat tili haqida» Qonuni ijrosini ta’minlash, davlat tilida ish yuritish bo‘limida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 16- oktyabrdagi 01-13/152-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ilmiy ommabopligi oshirilgan, ular yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan, yoshlarning qiziqishlari ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish