Soloxiddinov Jahongir Ziyoviddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Ip yigirishda yangi konstruksiyali pishitish mexanizmini ishlab chiqish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4481
Ilmiy rahbar: Bobojanov Husanxon Toxirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Matismailov Saypila Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yigirish mashinasining yangi konstruksiyali pishitish mexanizmini ishlab chiqish va mashina ishchi parametrlarini optimallashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarish unumdorligini oshirish hamda ishlab chiqarilayotgan ip sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ip yigirishda yangi konstruksiyadagi o‘z o‘qida aylanuvchi ichi bo‘sh trubka va uning yuqori qismiga mahkamlangan ip o‘tuvchi silindrsimon, tolali tutamchaga buram berib ip shakllantirish vazifasini bajaruvchi pishitish mexanizmi ishlab chiqilgan;
yigirish mashinasida ipni pishitish jarayonida sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha notekisligini kamaytirib, aylanish tezligini yuqoriligi hisobiga mashinaning ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan, takomillashtirilgan pishitish mexanizmi konstruksiyasi yaratilgan;
takomillashgan konstruksiyadagi yigirish mashinasida tolali tutamchani o‘rash moslamasi orqali bobinaga o‘ralishdagi differensial hamda ipning burchak tezligiga va o‘rash jarayonida yuzaga keluvchi solqilik markazigacha bo‘lgan masofalarga bog‘liqlik tenglamalari olingan;
ko‘p omilli markaziy nokompozision tajriba natijalari asosida pilik burami, yigirish mashinasining yangi konstruksiyadagi pishitish mexanizmining tezligi hamda uning diametrini maqbul qiymatlari asosida ipning chiziqli zichligi bo‘yicha notekisligini adekvat regression tenglamasi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi konstruksiyadagi pishitish mexanizmini qo‘llash orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
yigirish mashinasining yangi konstruksiyadagi pishitish mexanizmi Namangan shahridagi « NamTowel » MChJ to‘qimachilik korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 25 iyuldagi №03/25-1782 son ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiyadagi pishitish mexanizmini qo‘llash orqali olingan ipning chiziqli zichligi bo‘yicha notekisligini 1,5% ga, nisbiy uzilish kuchini 9,7% ga oshirilishiga erishilgan hamda ip ishlab chiqarish soatiga 13,232 kg ga oshganligi va elektr energiyasi tejalishi natijasida korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 691,819 mln (olti yuz to‘qson bir million sakkiz yuz o‘n to‘qqiz ming) so‘mni, bir yilda bitta chiqarish qismida esa 691 819 (olti yuz to‘qson bir ming sakkiz yuz o‘n to‘qqiz) so‘mni tashkil etgan.