Ergasheva Muqaddas Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2247.
Ilmiy rahbar: Abdusalomova Nodira Bahodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tashnazarov Samidin Nizamovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respubliksi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy natijasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni sug‘urta shartnomalari bo‘yicha ishlab topilgan sug‘urta mukofotlari va tan olingan boshqa daromadlar bilan tan olingan xarajatlarning farqi hamda zaxiralar o‘zgarishining natijasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
sug‘urta tashkilotlarining hisob siyosati sug‘urtalangan shaxsning to‘lanmagan sug‘urta mukofoti bo‘yicha debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish, sug‘urtalovchi sug‘urtalanadigan shaxsga (benefisiarga) sug‘urta hodisasi natijasida yo‘qolgan mulkka o‘xshash mulkni taqdim etganida daromadlar va xarajatlarni tan olishning zamonaviy usullarini alohida tartib sifatida belgilab beruvchi “Sug‘urta shartnomalari bo‘yicha daromad va xarajatlarni shakllantirish” bandini kiritish orqali takomillashtirilgan;
sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish va majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni hisobga olishda 2610-“Qayta sug‘urtalash va birgalikda sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha boshqa xarajatlar” nomli schyotni kiritish asosida qayta sug‘urtalash va birgalikda sug‘urtalash operatsiyalari hamda sug‘urta kompaniyasini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish taklifi asoslangan;
sug‘urta kompaniyasida moliyaviy natijalar hisobini yuritishda biznes jarayonlarining taqdim etilgan tasnifi kesimida buxgalteriya hisobining marketing, sug‘urta mahsulotini ishlab chiqish va sotish, anderrayting, sug‘urta shartnomasini qo‘llab-quvvatlash, yo‘qotishlarni tartibga solish kabi funksional ob’ektlariga aniqlik kiritish orqali funksional sohalarning samaradorligini oshirish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobini takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida: uslubiy yondashuvga ko‘ra “sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy natijasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini sug‘urta shartnomalari bo‘yicha ishlab topilgan sug‘urta mukofotlari va tan olingan boshqa daromadlar bilan tan olingan xarajatlarning farqi hamda zaxiralar o‘zgarishining natijasi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlarining 60410100-Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Boshqaruv hisobiga kirish” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta shartnomalari bo‘yicha ishlab topilgan sug‘urta mukofotlari va tan olingan boshqa daromadlar bilan tan olingan xarajatlarning farqi hamda zaxiralar o‘zgarishining natijasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy natijasi tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
sug‘urta tashkilotlarining hisob siyosati sug‘urtalangan shaxsning to‘lanmagan sug‘urta mukofoti bo‘yicha debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish, sug‘urtalovchi sug‘urtalanadigan shaxsga (benefisiarga) sug‘urta hodisasi natijasida yo‘qolgan mulkka o‘xshash mulkni taqdim etganida daromadlar va xarajatlarni tan olishning zamonaviy usullarini alohida tartib sifatida belgilab beruvchi “Sug‘urta shartnomalari bo‘yicha daromad va xarajatlarni shakllantirish” bandini kiritish orqali takomillashtirish taklifi “Kapital sug‘urta”AJ hisob siyosatiga kiritilgan (Kapital sug‘urta” AJning 2023-yil 9-iyundagi 02-06/1-7321-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta shartnomalarini tuzish jarayoni, ularni hujjatlashtirish tartibi, sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishni hisobga olish sxemasi, sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlarini bajarish uchun resurslarning etarliligini baholash algoritmi yordamida daromad va xarajatlarni tan olish va shakllantirishga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanib, faoliyatning iqtisodiy samaradorligi 1,2 foizga oshishiga erishilgan;
sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish va majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni hisobga olishda 2610-“Qayta sug‘urtalash va birgalikda sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha boshqa xarajatlar” nomli schyotni kiritish asosida qayta sug‘urtalash va birgalikda sug‘urtalash operatsiyalari hamda sug‘urta kompaniyasini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish taklifi “Kapital sug‘urta” AJ hamda “Kafil sug‘urta” AJ hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“Kapital sug‘urta” AJning 2023-yil 9-iyundagi 02-06/1-7321-son hamda “Kafil sug‘urta” AJning 2023-yil 21-iyuldagi 8/6-98-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qayta sug‘urtalash va birgalikda sug‘urtalash operatsiyalari, shuningdek sug‘urta kompaniyasini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish imkoni yaratilgan;
sug‘urta kompaniyasida moliyaviy natijalar hisobini yuritishda biznes jarayonlarining taqdim etilgan tasnifi kesimida buxgalteriya hisobining marketing, sug‘urta mahsulotini ishlab chiqish va sotish, anderrayting, sug‘urta shartnomasini qo‘llab-quvvatlash, yo‘qotishlarni tartibga solish kabi funksional ob’ektlariga aniqlik kiritish orqali funksional sohalarning samaradorligini oshirish taklifi “Kafil sug‘urta” AJda joriy etilgan (“Kafil sug‘urta” AJning 2023-yil 21-iyuldagi 8/6-98-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniyani rivojlantirish muammolarini hal qilish, bozor ulushini oshirish, yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish, aylanma mablag‘lar va ularning investisiyalaridan foyda hajmini oshirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, sug‘urta va moliya bozori modellari va prognozlarini yaratish orqali funksional sohalarning samaradorligini 12 oshirish imkoni yaratilgan.