Xamdamov Amriddin Xamdam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasida raqamli integratsiya resurslaridan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2386
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kuvandikov Shuxrat Oblokulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turizm sohasini rivojlantirishda raqamli integratsiya resurslaridan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish asosida kirish turizmni rivojlantirish hamda turistlarning mazmunli sayohatlarini tashkil etish maqsadida kamida 10 ta yirik turistik va marketing platformalarida respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilishda “Markaziy Osiyo turistik halqasi” marshrutlari va yagona turistik mahsulot konsepsiyasini yaratish bo‘yicha takliflar asoslangan;
mamlakatimizning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida turizm sohasi sub’ektlari (turoperatorlar va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari)ning milliy turizm mahsulotlari va xizmatlarini xalqaro nufuzli turistik va marketing platformalarida reklama qilish xarajatlarini qoplab berish tartibini takomillashtirilgan usulini joriy qilish bo‘yicha taklif dalillangan;
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish va turizm sohani raqamlashtirish asosida turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya ob’ektlarini tasniflash jarayoni hamda joylashtirish vositalarining yagona elektron reestrini tashkil etgan holda ularni turistlar tomonidan “QR-kod baholash” modelining to‘liq raqamlashtirilgan tizimini ishlab chiqish bo‘yicha taklif asoslangan;
mamlakatimizda raqamli texnologiyalar orqali sotiladigan yo‘llanmalar sonining barqaror o‘sishining 2028-yilga qadar mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Turizm sohasida raqamli integratsiya resurslaridan samarali foydalanish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
mamlakatimizda xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish asosida kirish turizmni rivojlantirish hamda turistlarning mazmunli sayohatlarini tashkil etish maqsadida kamida 10 ta yirik turistik va marketing platformalarida respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilishda “Markaziy Osiyo turistik halqasi” marshrutlari va yagona turistik mahsulot konsepsiyasini yaratish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 12-yanvardagi 9-son “Samarqand viloyatida xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha”gi yo‘l xaritasiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 26-iyuldagi 02-11-17-421-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi natijasida turizm sohasida zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha etkazish hamda targ‘ibotni tashkil etish natijasida hududlarda turistlar tashrifi 20 foizga, ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 30 foizga oshirish imkoniyatlari dalillangan;
mamlakatimizning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida turizm sohasi sub’ektlari (turoperatorlar va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari)ning milliy turizm mahsulotlari va xizmatlarini xalqaro nufuzli turistik va marketing platformalarida reklama qilish xarajatlarini qoplab berish tartibini takomillashtirilgan usulini joriy qilish bo‘yicha taklif 2023-yil 26-apreldagi 135-son “Samarqand viloyatida 2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” yo‘l xaritasiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 26-iyuldagi 02-11-17-421-sonli dalolatnomasi). Takliflarning amalga oshirilishi natijasida hududlarda turizm mahsulotlari va xizmatlarini xalqaro nufuzli turistik va marketing platformalarida reklama qilish xarajatlari barobar kamaytirilgan va har bir reklamaning samaradorligi 1,5 barobar oshishiga erishilgan;
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish va turizm sohani raqamlashtirish asosida turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya ob’ektlarini tasniflash jarayoni hamda joylashtirish vositalarining yagona elektron reestrini tashkil etgan holda ularni turistlar tomonidan “QR-kod baholash” modelining to‘liq raqamlashtirilgan tizimini ishlab chiqish bo‘yicha asoslangan taklif 2023-yil 26-apreldagi 135-son “Samarqand viloyatida 2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” yo‘l xaritasiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 26-iyuldagi 02-11-17-421-sonli dalolatnomasi). Natijada mazkur xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish, sohadagi korrupsion omillarni bartaraf etish, shaffoflikni ta’minlash, turistik xizmatlar sifatini joyida baholash va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatning shakllanishiga va rivojlanishiga imkon yaratib bergan;
mamlakatimizda raqamli texnologiyalar orqali sotiladigan yo‘llanmalar sonining barqaror o‘sishining 2028-yilga qadar mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «2024-2026-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 26-iyuldagi 02-11-17-421-sonli dalolatnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida 2027-yilga borib O‘zbekiston Respublikasida sotiladigan turistik yo‘llanmalar soni 2023-yilga nisbatan 84 % ga o‘sadi, bunga esa turizm infratuzilmasining rivojlanishi, kiruvchi turistlar oqimi hamda mahalliy aholining respublika bo‘ylab sayohatga chiqishlar soni ko‘payishi, raqamli integratsiya resurslari infratuzilmasining yaxshilanishi kabi omillar ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan.