Karimov Anvar Aktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik destinatsiyalarni samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Navoiy viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3381.
Ilmiy rahbar: Safarov Boxodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda tսristik destiոatsiualarոi samarali rivojlantirishning usullarini hamda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida 690 ming nafar aholining ichki sayohatlarini tashkil etish asosida hududlarda madaniy tadbirlar tashkil etish va targ‘ibotlar olib borish yo‘nalishida Xatirchi tumanida “Sahro baxshilari” musiqiy festivalini, Nurota tumanida “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalini, Nurota tumani Chashma majmuasida “So‘zana va kashta” xalqaro festivalini o‘tkazish bo‘yicha takliflar dalillangan;
Navoiy viloyatiga xorijiy turistlar tashrifini tashkil etish maqsadida Nurota, Qiziltepa va Xatirchi tumanlarining o‘ziga xos etnografiyasini, nomoddiy meros obektlarini, gastronomik o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asosida  “Navoiy travel” turistik portali zamonaviy talablariga moslashtirish, turistik jozibadorligini oshirish, interaktiv xaritasining funksional vazifalarini ko‘paytirish, ularning xalqaro va mahaliy saytlarga integratsiyasini ta’minlash hamda kontentlari tahlilini amalga oshirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
Navoiy viloyati hududlarining imkoniyatlari negizida “Sangijumon: abadiy tebranuvchi tosh yohud Xatirchi ajoyibotlari” bo‘yicha loyihasining reklama-targ‘ibotini tashkil etish, “Angidon-Xatirchidagi kichik Shveysariya” va “Nurotaning qadimgi korizlari” dasturlarini targ‘ibot qilish asosida turizm sohasining subektlari tomonidan taqdim etiladigan chegirmalarni o‘z ichiga olgan hamyonbop turpaketlar ishlab chiqish takliflari asoslangan;
Navoiy viloyati hududlarning turistik salohiyati va turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2028-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda turizm destinatsiyalarini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish  yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida 690 ming nafar aholining
ichki sayohatlarini tashkil etish asosida hududlarda madaniy tadbirlar tashkil etish va targ‘ibotlar olib borish yo‘nalishida Xatirchi tumanida “Sahro baxshilari” musiqiy festivalini, Nurota tumanida “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalini, Nurota tumani Chashma majmuasida “So‘zana va kashta” xalqaro festivalini o‘tkazish bo‘yicha dalillangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi 135-son “2023-yilda Navoiu vilouati turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish” bo‘yicha yo‘l xaritasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-apreldagi № 03-11-17-289-sonli dalolatnomasi). Natijada, Navoiy viloyatiga 690 ming mahaliy turistlar tashrifini tashkil etish imkoniyati amalda oshirilgan;
Navoiy viloyatiga xorijiy turistlar tashrifini tashkil etish maqsadida Nurota, Qiziltepa va Xatirchi tumanlarining o‘ziga xos etnografiyasini, nomoddiy meros ob’ektlarini, gastronomik o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asosida “Navoiy travel” turistik portali zamonaviy talablariga moslashtirish, turistik jozibadorligini oshirish, interaktiv haritasining funksional vazifalarini ko‘paytirish, ularning xalqaro va mahaliy saytlarga integratsiyasini ta’minlash, kontentlari tahlilini amalga oshirish bo‘yicha amaliy asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi 135-son “2023-yilda Navoiu vilouati turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish” bo‘yicha yo‘l xaritasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-apreldagi №03-11-17-289-sonli dalolatnomasi). Natiϳada, Navoiu vilouatiga 140 miոg ոafar xoriϳiu tսristlarոi ϳalb etisհ imkoոiոi uaratgaո va bս orqali, vilouatոiոg iqtisodiu rivoϳlaոisհiga va maհalliu aհoliոiոg daromad daraϳasiոiոg osհisհiga հissa qo’sհgaո;
Navoiy viloyati hududlarning imkoniyatlari negizida “Sangijumon: abadiy tebranuvchi tosh yohud Xatirchi ajoyibotlari” bo‘yicha loyxasining reklama-targ‘ibotini tashkil etish, “Angidon-Xatirchidagi kichik Shvesariya” va “Nurotaning qadimgi korizlari” dasturlarini targ‘ibot qilish asosida turizm sohasining sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan chegirmalarni o‘z ichiga olgan hamyonbop turpaketlar ishlab chiqish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi 135-son “2023-yilda Navoiu vilouati turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish” bo‘yicha yo‘l xaritasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-apreldagi №03-11-17-289-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi, Navoiy viloyati madaniy meros resurslarining turistik kontentlarini yaratish samaradorligini oshirgan hamda ularni faol targ‘ib qilish, turistlarning turistik destinatsiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilgan;
Navoiy viloyati hududlarning turistik salohiyati va turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2028-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2024-2026- yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturi” va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-apreldagi № 03-11-17-289-sonli dalolatnomasi). Natijada Navoiy viloyati turizm destinatsiyalarida tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlarni rivojlantirish imkoniyatlari dalillangan.Yuqoridagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan foydalanish turizm va mehmondo‘stlik sohasini rivojlanishiga hamda sohada ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish