Mirzalieva Diloram Talipjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qur’oni karim – “Johiliya” va ilk islom davriga oid tarixiy manba” 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar694.
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Hasanov Ahadjon Ahmadjonovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq oʻg‘li; islomshunoslik fanlari boʻyicha bo‘yicha falsafa doktori Abdishukur Muratov Abdikarimovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “johiliya” (الجاهلية) va ilk islom davri tarixiy hodisalarini Qur’oni karim vositasida ilmiy-nazariy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Saba’ surasi 15-17 oyatlarida keltirilgan “al-Arim” seli (سيل العرم) Yamandagi Marib to‘g‘onining buzilishi bilan bog‘liq voqea, hanuzgacha saqlanib turgan inshoot qoldiqlari va uning oxirgi buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali Qur’oni karim Marib to‘g‘oni falokati xususidagi yagona manba bo‘lib xizmat qilgani isbotlangan;
Qur’oni karimdagi “Quraysh” va “Fil” surasi tafsirlari qiyosiy tahlili asosida yamanlik habashlarning Makkaga yurishi hamda Ka’bani buzishga bo‘lgan harakatiga diniy tus berilgan bo‘lsa-da, tarix kitoblari asosida bu harakat makkaliklarning “Baytulloh xodimlari” sifatida tijoratda qo‘lga kiritgan maqomini sindirish va unga o‘zlari ega chiqishlari uchun uyushtirilgani dalillangan;
VIII-IX asrlarga doir “qahtoniy” adabiyotlardagi “tubba’ qavmi” hukmdori Abukarib As’adning shimoldan Shomgacha, mashriqdan Turkistongacha etib borib, Samarqandni ham egallagani to‘g‘risidagi rivoyatlarning haqiqatdan yiroq ekani uning arablarning Movarounnahrga kirib kelishidan avval yashaganiga doir tarixiy dalillar hamda Qur’oni karimning “Qof” surasi 13-14, “Duxon” surasi 36-37 oyatlar tafsirlari asosida ochib berilgan;
“Buruj” surasi 3-9 oyatlaridagi “choh egalari” (أصحاب الأخدود) voqeasi tafsirlari qiyosiy tahlili orqali yahudiy hukmdor Zu Navos tomonidan 523-yil Najronda xristianlar o‘ldirilishining diniy sababi mavjudligi bilan birga Yaman savdosidagi ustunlikni ta’minlash, siyosiy boshqaruvni yahudiylar qo‘lida saqlab qolish maqsadida uyushtirilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Qur’oni karim – “johiliya” va ilk islom tarixiga oid tarixiy manba” mavzuida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
“Saba’” surasi 15-17 oyatlarida keltirilgan “al-Arim” seli (سيل العرم) Yamandagi Marib to‘g‘onining buzilishi bilan bog‘liq voqea, hanuzgacha saqlanib turgan inshoot qoldiqlari va uning oxirgi buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali Qur’oni karim Marib to‘g‘oni falokati xususidagi yagona manba bo‘lib xizmat qilgani isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida yozilgan “Islom tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 9-iyuldagi 02-02/2096 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarning qo‘llanilishi islom dinining asosiy manbasi Qur’oni karim suralarining sababi nuzuli, tarixi va uning ilmlarini o‘rganish hamda undagi umumbashariy qadriyatlar, yoshlarni to‘g‘ri e’tiqod, ajdodlar ma’naviy merosi va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi “Qur’oni karim – “Johiliya” va ilk islom davriga oid tarixiy manba” mavzusidagi dissertatsiya xulosalari, taklif va tavsiyalaridan kelgusida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanishni ko‘zda tutadi;
Qur’oni karimdagi “Quraysh” va “Fil” surasi tafsirlari qiyosiy tahlili asosida yamanlik habashlarning Makkaga yurishi hamda Ka’bani buzishga bo‘lgan harakatiga diniy tus berilgan bo‘lsa-da, tarix kitoblarida makkaliklarning “Baytulloh xodimlari” sifatida tijoratda qo‘lga kiritgan maqomini sindirib, unga o‘zlari ega chiqish uchun uyushtirilgani dalillangani xususidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “Qur’onshunoslik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 24-iyundagi 01-08/58 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda habashlarning Makkaga yurishiga diniy qarashlarning turliligi emas, balki iqtisodiy ustunlikni qo‘lga kiritishga intilish sabab bo‘lgani haqidagi tushunchalar shakllanishiga erishilgan;
VIII-IX asrlarga doir “qahtoniy” adabiyotlardagi “tubba’ qavmi” hukmdori Abukarib As’adning shimoldan Shomgacha, mashriqdan Turkistongacha etib borib, Samarqandni ham egallagani to‘g‘risidagi rivoyatlarning haqiqatdan yiroq ekani uning arablarning Movarounnahrga kirib kelishidan avval yashaganiga doir tarixiy faktlar hamda Qur’oni karim “Qof” surasi 13-14, “Duxon” surasi 36-37 oyatlar tafsirlari asosida ochib berilgani xususidagi ilmiy xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tayyorlangan “Ta’vilot al-Qur’on” (30-juz) nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 24-iyundagi 02/258 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda islom tarixini o‘rganishda “qahtoniy” adabiyotlarning o‘rni va uning o‘ziga xosligi borasidagi tushunchalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
dissertatsiya ilmiy xulosalardan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi buyurtmasi bilan tayyorlangan “Islom sivilizatsiyasi” qomusiy lug‘atining mazmuniga singdirilgan. Natijada islom tarixini o‘rganishda Qur’oni karimning ahamiyati borasidagi ma’lumotlarning keng xalq ommasiga etib borishiga xizmat qilgan. O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ-5186-son qaroriga 1-ilova “Jahon ilm-fan taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq etish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning III-yo‘nalishiga oid “Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar” 27-bandi “O‘zbekistondagi sohaga oid ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda “Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etish”da dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 27-iyundagi 06-07/158 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda “choh egalari” (أصحاب الأخدود) voqeasi yahudiy hukmdor Zu Navos tomonidan 523-yil Najronda xristianlar o‘ldirilishining diniy sababi mavjudligi bilan birga Yaman savdosidagi ustunlikni ta’minlash, siyosiy boshqaruvni yahudiylar qo‘lida saqlab qolish maqsadida uyushtirilgani haqidagi tushunchalar shakllanishiga erishilgan.