Umaraliev Sherzodjon Abdulaxat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Al-Fatovo-s-sirojiya” asarining XII-XIV asrlar Movarounnahr hanafiy fiqhi rivojidagi o‘rni”. 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar942.
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Ilhomjon Isroiljonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muxametshin Rafik Muxametshovich siyosiy fanlar doktori, professor; Masayitov Saidjamol Yusupovich islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Al-Fatovo-s-sirojiya” asarining XII-XIV asrlar Movarounnahr hanafiy fiqhi rivojidagi o‘rniga oid ma’lumotlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“al-Fatovo-s-sirojiya» asarining Turkiyaning Hasan Posho kutubxonasida saqlanayotgan 1672/2 raqamli qo‘lyozmasida kitobning zamonaviy nashriga kiritilmagan “مَشْرُوعِيَّةُ الحِيَلِ” (shar’iy hiyla qo‘llashning joizligi) bo‘limida “hiyla” (chiqish yo‘li) qo‘llash joizligi to‘g‘risidagi qoidalarni fatvo manbalari xususiyatiga moslab bayon qilgani tufayli keyingi davrda yozilgan “Munyatu-l-muftiy”, “al-Fatovo-t-tatarxoniya” va “al-Fatovo-l-olamgiriya” asarlari “Hiylalar” bobiga asos bo‘lgani dalillangan;
Sirojiddin O‘shiyning “al-Fatovo-s-sirojiya”sidagi ushbu turkum kitoblarda yoritilmagan ijtihodga qodir bo‘lmagan faqihlarning fatvo berish qoidalariga doir “أدب المفتي” (Fatvo beruvchi tartib-qoidalari) nomli bo‘lim keyingi davr hanafiy fiqhida “rasmu-l-muftiy” (fatvo beruvchi yo‘riqnomasi) yo‘nalishidagi alohida kitoblar yozilishiga g‘oyaviy manba bo‘lib xizmat qilgani ochib berilgan;
XII-XIV asrlarda Movarounnahrda yozilgan “al-Muhitu-l-burhoniy”, “Sharhu-l-Viqoya”, “al-Fatovo-l-bazzoziya” kitoblarida “ذُكِرَ في السِراجِيةِ” (“as-Sirojiya”da zikr etilgan) atamasi qo‘llanish o‘rinlari tahlili natijasida, bir hududda yozilgani sababli Sirojiddin Sajovandiy, Sirojiddin Qoriulhidoyaning asarlari emas, balki Sirojiddin O‘shiyning “al-Fatovo-s-sirojiya”si nazarda tutilgani isbotlangan;
XXI asr hanafiy faqihi Taqiy Usmoniy zamonaviy savdo – “بيع الوفاء” (sotilgan tovarni avvalgi egasiga qayta sotish shart qilingan bitim)ga echim topishda molikiy mazhabiga asoslanib hukm chiqargan bo‘lsa-da, ushbu masalaga XII asrda yozilgan “al-Fatovo-s-sirojiya” asarida va’daning shart qilinishi va “hiyla” (chiqish yo‘li)ga binoan berilgan fatvo mavjudligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Al-Fatovo-s-sirojiya” asarining XII-XIV asrlar Movarounnahr hanafiy fiqhi rivojidagi o‘rni” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Al-Fatovo-s-sirojiya”ning Turkiyadagi Hasan Posho kutubxonasida saqlanayotgan 1672/2 raqamli qo‘lyozmasida kitobning zamonaviy nashriga kiritilmagan “مَشْرُوعِيَّةُ الحِيَلِ” (shar’iy hiyla qo‘llashning joizligi) bo‘limida “hiyla” (chiqish yo‘li) qo‘llash joizligi to‘g‘risidagi qoidalarni fatvo manbalari xususiyatiga moslab bayon qilgani tufayli keyingi davrda yozilgan “Munyatu-l-muftiy”, “al-Fatovo-t-tatarxoniya” va “al-Fatovo-l-olamgiriya” asarlari “Hiylalar” bobiga asos bo‘lgani dalillanganiga doir ilmiy xulosalar buyurtma asosida yozilgan “Islom huquqiga kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 4-iyuldagi 02-02/2045 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu asarning manbashunoslik xususiyatlari, allomaning dolzarb masalalarga doir fatvolari tahlili talabalarga etkazishda xizmat qilgan;
Sirojiddin O‘shiyning “al-Fatovo-s-sirojiya” asaridagi ushbu turdagi kitoblarda yoritilmagan ijtihodga qodir bo‘lmagan faqihlarning fatvo berish qoidalariga doir “أدب المفتي” (Fatvo beruvchi tartib-qoidalari) nomli bo‘lim keyingi davr hanafiy fiqhida “rasmu-l-muftiy” (fatvo beruvchi yo‘riqnomasi) yo‘nalishidagi alohida kitoblar yozilishiga g‘oyaviy manba bo‘lib xizmat qilgani ochib berilganiga doir ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Islom huquqi va metodologiyasi (Fiqh)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 24-iyundagi 02-08/1529 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Sirojiddin O‘shiyning faqih sifatidagi shaxsiyati, asarning Movarounahr hanafiy fiqhi rivojidagi ahamiyati hamda “al-Fatovo-s-sirojiya”ning manbashunoslik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar talabalarga etkazilgan;
XXI asr hanafiy faqihi Taqiy Usmoniy zamonaviy savdo – “بيع الوفاء” (sotilgan tovarni avvalgi egasiga qayta sotish shart qilingan bitim)ga echim topishda molikiy mazhabiga asoslanib hukm chiqargan bo‘lsa-da, ushbu masalaga XII asrda yozilgan “al-Fatovo-s-sirojiya” asarida va’daning shart qilinishi va “hiyla” (chiqish yo‘li)ga binoan berilgan fatvo mavjudligi dalillanganiga doir ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Termiziylar fiqh maktabi” risolasi mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 27-iyundagi 01-08/61 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “al-Fatovo-s-sirojiya”dagi zamonaviy fiqhiy muammolar bilan bog‘liq qarashlar tahlilining talabalarga etib borishiga xizmat qilgan;
XII-XIV asrlarda Movarounnahrda yozilgan “al-Muhitu-l-burhoniy”, “Sharhu-l-Viqoya”, “al-Fatovo-l-bazzoziya” kitoblarida “ذُكِرَ في السِراجِيةِ” (“as-Sirojiya”da zikr etilgan) atamasi qo‘llanish o‘rinlari tahlili natijasida, bir hududda yozilgani sababli Sirojiddin Sajovandiy, Sirojiddin Qoriulhidoyaning asarlari emas, balki Sirojiddin O‘shiyning “al-Fatovo-s-sirojiya»si nazarda tutilgani isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlanib, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “Sirojiddin O‘shiy” nomli ilmiy risola mazmuniga singdirilgan (O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 27-iyundagi 06-07/157 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, allomaning “al-Fatovo-s-sirojiya” va “Bad’u-l-amoliy” asarlariga oid ma’lumotlarning talabalarga etib borishiga xizmat qilgan.