Kenjabaev Shokir Abdulxalimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Veterinariya yo‘nalishidagi talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ingliz tilini o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped393.
Ilmiy maslahatchi: Xudayqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK raqami: Andijon davlat chet tillar instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ximmataliev Do‘stnazar Ommonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz veterinariya medisinasi sohasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ingliz tilini o‘qitish usullari va uni takomillashtirish asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
veterinariya sohasida ingliz tilini sohaga bog‘lab o‘qitishga doir o‘qituvchilar til o‘rgatish imkoniyatlarini rivojlantirish, sohaga moslashuvchanlik, ingliz tili o‘qituvchilarining nazariy-amaliy tayyorgarligi jarayoni innovasion-pedagogik faoliyatga moslashuv bosqichlari, motivasion, kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan interaktivlik darajasi validligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda sohaviy ingliz tili bo‘yicha bilimlarining shakllanish genezisi va amaliyotda ularni qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat mazmuni, tuzilmasi, komponentlari amaliy tayyorgarlikning reallashgan va reallashmagan salohiyat bilan integratsiyalashuv mexanizmini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish asosida takomillashtirilgan;
veterinariya sohasida ingliz tilini biologiya, zoologiya va anatomiya, kimyo fanlariga doir lug‘aviy so‘zlar, atamalarni tarjima qilish va aralash metod orqali o‘zlashtirish jarayonlarining akmelingvistik elementlar bilan aloqadorligi mualliflik yondashuvga asoslangan o‘quv kurs hamda kreativ va analitik fikrlashga yo‘naltirilgan retrospektiv refleksiya, empiriklik darajasini belgilash asosida takomillashtirilgan;
veterinariya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarining ingliz tilini chuqur o‘zlashtirishida ta’lim jarayonining zamonaviy texnologiyalarini variativ modellashtirish didaktik jarayonning tashkiliy-metodik, psixologik-pedagogik talablari asosidagi metodologik muammolari empirik usul orqali aniqlashtirilgan;
veterinariya sohasida ingliz tiliga oid lug‘atni o‘rganish jihatlari xorijiy tillarni o‘rganish metodikasiga tayyorlash texnologiyasining perseptiv, taqlidiy, reproduktiv, produktiv o‘quv harakatlari, produktiv ijodiy faoliyat bosqichlarini va onlayn ta’limni tashkil etishning tizimli tamoyillarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Veterinariya yo‘nalishi talabalarini sohaviy ingliz tiliga o‘qitishda kasbiy kompetensiyani rivojlantirishga doir erishilgan ilmiy natijalar asosida:
veterinariya sohasida ingliz tilini sohaga bog‘lab o‘qitishga doir o‘qituvchilar til o‘rgatish imkoniyatlarini rivojlantirish, sohaga moslashuvchanlik, ingliz tili o‘qituvchilarining nazariy-amaliy tayyorgarligi jarayoni innovasion-pedagogik faoliyatga moslashuv bosqichlari, motivasion, kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan interaktivlik darajasi validligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 4 sentyabrdagi 02/23-374-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning leksik va kasbiy kompetensiyalarini va nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarda sohaviy ingliz tili bo‘yicha bilimlarining shakllanish genezisi va amaliyotda ularni qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat mazmuni, tuzilmasi, komponentlari amaliy tayyorgarlikning reallashgan va reallashmagan salohiyat bilan integratsiyalashuv mexanizmini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalar Sherobod tumanidagi agrosanoat texnikumi ta’lim jarayonida hamda veterinariya yo‘nalishidagi talabalar uchun “English for veterinary medical studens”, “0’zbekcha-ruscha-inglizcha" kimyo terminlari lug‘atini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 3-iyundagi 03/23-376-son ma’lumotnomasi). Natijada, veterinariya yo‘nalishidagi texnikumlarda ham sohaviy ingliz tilini o‘qitish texnologiyalari va on line platformasi rivojlantirish imkoniyatlari yuksaltirilgan;
veterinariya sohasida ingliz tilini biologiya, zoologiya va anatomiya, kimyo fanlariga doir lug‘aviy so‘zlar, atamalarni tarjima qilish va aralash metod orqali o‘zlashtirish jarayonlarining akmelingvistik elementlar bilan aloqadorligi mualliflik yondashuvga asoslangan o‘quv kurs hamda kreativ va analitik fikrlashga yo‘naltirilgan retrospektiv refleksiya, empiriklik darajasini belgilash asosida takomillashtirilganligi yuzasidan takliflar “O‘zbekcha-ruscha-inglizcha” veterinariya medisinasida qo‘llaniladigan elektron lug‘at ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 4-sentyabrdagi 02/23-374-son ma’lumotnomasi). Natijada, veterinariya yo‘nalishida sohaviy ingliz tilini o‘qitish texnologiyalari va on line platformasi rivojlantirilgan;
veterinariya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarining ingliz tilini chuqur o‘zlashtirishida ta’lim jarayonining zamonaviy texnologiyalarini variativ modellashtirish didaktik jarayonning tashkiliy-metodik, psixologik-pedagogik talablari asosidagi metodologik muammolari empirik usul orqali aniqlashtirilganligiga doir xulosalar Bo‘ka tumanidagi agrosanoat texnikumi ta’lim jarayoniga hamda “English for veterinary medical studens”, “0 ’zbekcha-ruscha-inglizcha" kimyo terminlari lug‘atini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 7-maydagi 05/17-276-son ma’lumotnomasi). Natijada, veterinariya yo‘nalishida sohaviy ingliz tilini o‘qitish texnologiyalari va on-line platformasida samarali natijalarga erishilgan;
veterinariya sohasida ingliz tiliga oid lug‘atni o‘rganish jihatlari xorijiy tillarni o‘rganish metodikasiga tayyorlash texnologiyasining perseptiv, taqlidiy, reproduktiv, produktiv o‘quv harakatlari, produktiv ijodiy faoliyat bosqichlarini va onlayn ta’limni tashkil etishning tizimli tamoyillarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga qaratilgan takliflar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali, DM “Madaniy-marifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘ zbekiston yo‘shlari” kabi turkum ko‘rsatuvlar va eshittirishlarning senariysini tayyorlashda (2023-2024 yillarda) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 22-iyuldagi 04-36-867-son ma’lumotnomasi). Natijada, veterinariya yo‘nalishidagi talabalarning kasbiy leksikasini rivojlantirishga qaratilgan tabaqalashtirilgan mashqlar tipologiyasi haqidagi ma’lumotlar va ularning ta’lim jarayonidagi afzalliklari bilan bog‘liq amaliy takliflar ommalashtirilgan.