Bekmuradova Zebiniso Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va fransuz tillarida xiazm hodisasining semantik-stilistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3137.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmonova Zulhumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va fransuz tillarida xiazm hodisasining semantik hamda stilistik xususiyatlari, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xiazm hodisasining ilmiy-nazariy tavsifini umumlashtirish asosida mavjud dunyoqarashlar aniqlanib, unga yondosh figuralar – antiteza, inversiya, sintaktik parallelizm va takrorlarning uslubiy-vazifaviy jihatdan xiazm aro bog‘liqligi aniqlangan;
o‘zbek va fransuz tillarida xiazm hodisasining struktur-semantik, morfo-sintaktik tavsifi hamda xiazmda simmetriya va asimmetriya holatlari, chog‘ishtirilayotgan tillarga tegishli mikro va makro matnlardagi xiazmatik konstruksiyalar ochib berilgan.
o‘zbek tilida qisman va kategorik o‘xshashlik asosida tuzilgan xiazmlar mavjud emasligi, fransuz tilida esa xiazmning majburiy shartlarisiz, grammatik, semantik xiazmlarga o‘xshamaydigan ritorik turidan ham foydalanilganligi, ritorik xiazmlar mutlaq o‘xshashlikka ega emasligi va bunday xiazmlar o‘zbek tilida yo‘qligi, chog‘ishtirilayotgan tillarda ritorik xiazmlar ko‘pincha qisman o‘xshashlik darajasiga egaligi dalillangan;
o‘zbek va fransuz tillarida xiazm hodisasining stilistik vazifasi, universallik xususiyatlari, til materiallari natijalarini chog‘ishtirish orqali xiazmatik konstruksiyalarning komik vaziyatlar va paremik birliklarda qo‘llanilishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va fransuz tillaridagi xiazmatik konstruksiyalarning semantik-stilistik xususiyatlari tadqiq bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek va fransuz tillaridagi nasriy va nazmiy asarlar, funksional uslublarga bag‘ishlangan monografiyalarda badiiy uslub ko‘rsatgichlari sifatida tilning tasviriy-ifodaviy vositalari, talay stilistik va nutq figuralari, ekspressiv sintaksisning xiazm va unga yondosh stilistik figuralari asosida xiazmatik kontruksiyalarning paradigmatik, sintagmatik munosabatlariga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2021-yilda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-martdagi 04/1-615-son ma’lumotnomasi) Natijada, nasriy va nazmiy asarlardagi misollar tahlil qilinib, xiazm va unga yondosh figuralar o‘rtasidagi farqlar til o‘rganuvchilarga tushunarli bo‘lishini ta’minlagan;
badiiy nutda qo‘llanuvchi betakror uslubiy bo‘yoq vazifalarini bajaruvchi, aksariyat tillar uchun xos bo‘lgan poetik figuralardan – xiazm stilistik figurasi nazariyasini o‘rganish, uning uslubiy vositalar doirasidagi mavqei, maqomini aniqlash, xususan, xiazm va unga yondosh figuralarning struktur-semantik, kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini uslubshunoslik nuqtayi nazaridan tizimli tahlil qilish o‘zbek tilshunosligining poetik figuralariga oid  ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2022-yilda bajarilgan  AM-F3-201908172  raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 29-yanvardagi 04/1-223-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va fransuz tillari paremik birliklardagi xiazmlarning semantik-stilistik xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar boyitilgan;
amaliy tilshunoslikda badiiy uslub ko‘rsatgichlari sifatida tilning tasviriy-ifodaviy vositalari, ko‘pgina stilistik va nutq figuralari, ekspressiv sintaksisning xiazmlar, xiazmatik konstruksiyali o‘zbek va fransuz badiiy asarlari asosida chiqarilgan nazariy hamda amaliy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasidagi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning “Bedorlik” nomli dasturida foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 2-noyabrdagi 04-36-1644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, radioeshittirish uchun tayyorlangan materiallar mazmuni nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish