Naubeev Temirbek Xasetullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Astragalus turkumi hamda Epilobium hirsutum L. o‘simliklarining ikkilamchi metabolitlari va ularning biologik faolligi”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘ yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/K78.
Ilmiy maslahatchi: Ramazonov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjan Bakievich, kimyo fanlari doktori, professor; Dusmatov Aziz Fayzamatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Normaxamatov Nodirali Soxobatalievich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida o‘suvchi Astragalus va Epilobium turkumlariga mansub 7 tur o‘simliklarning ikkilamchi metabolitlarini ajratib olish, kimyoviy tarkibi va tuzilishini aniqlash hamda ular asosida samarali dori vositalarini yaratish maqsadida biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Astragalus turkumi o‘simligining 4 ta turidan jami 27 ta birikma, shulardan 22 ta sikloartan moddalari individual holda, ajratib olingan, ularning kimyoviy tuzilishlari fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida aniqlangan;
Astragalus turkumi o‘simligining 2 ta turidan: Astragalus flexus Fisch va Astragalus chivensis Bunge o‘simliklaridan ajratib olingan sikloartanlar yig‘indisi kardioprotektor faollikni namoyon qilishi aniqlangan hamda “Oldenkor” va “Kardioartan” nomli biologik faol qo‘shimchalarga tashkilot standartlari (S 03535440-043:2021, 27.07.2021), texnologik yo‘riqnomalar (TI 03535440-043:2022, 08.06.2022) ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osayishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan;
Astragalus mucidus Bunge o‘simlik turidan 5 ta adabiyotlarda ma’lum bo‘lmagan yangi birikmalar ajratilgan, hamda sikloassidozid A ni kislotali gidroliz qilish natijasida oldindan ma’lum bo‘lmagan 1 ta yangi birikma olingan va tuzilishi isbotlangan;
Astragalus lehmannianus Bunge o‘simlik turidan 6 ta sikloartan qatori triterpenoidlari individual ajratib olingan bo‘lib, ularning 2 tasi adabiyotlarda ma’lum bo‘lmagan tabiiy yangi birikmalar ekanligi aniqlangan;
Astragalus lastiostula Bunge o‘simlik turidan 7 ta sikloartan glikozidlari individual holda ajratib olingan bo‘lib, ularning 1 tasi adabiyotlarda ma’lum bo‘lmagan yangi tabiiy birikma ekanligi isbotlangan;
Astragalus oldenburgii B. Fedsch o‘simligidan 6 ta sikloartan qatori birikmalar ajratib olinib, ularning tuzilishlari aniqlangan;
Yuqorida keltirilgan o‘simlik turlaridan birinchi marta ajratib olingan jami 18 ta ma’lum birikmalarning tuzilishlari identifikatsiya qilingan;
farmakologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, A. chivensis va A. flexus o‘simliklarining er ustki qismi sikloartan glikozidlari yig‘indisi kardioprotektor ta’siriga ega, Epilobium hirsutum L. o‘simligining er ustki qismi metanolli ekstrakti esa og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi, yalig‘lanishga qarshi faollikka ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Astragalus turkumi hamda Epilobium hirsutum L. o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Astragalus turkumi o‘simligining 2 turi: Astragalus chivensis Bunge va Astragalus flexus Fisch o‘simliklaridan olingan sikloartanlar yig‘indisi asosida kardioprotektor faollikka ega biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) “Kardioartan” va “Oldenkor” ni ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnomasi va tashkilot standarti ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osayishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (S 03535440-043:2021, 27.07.2021; TI 03535440-043:2022, 08.06.2022); natijada mahaliy xom ashyo asosida kardioprotektor ta’sirga ega BFQ ishlab chiqish imkonini bergan;
«Og‘riq qoldiruvchi, isitma tushuruvchi va yallig‘lanishga qarshi faolligi bo‘lgan vosita» olish uchun O‘zR IMM dan ixtiroga patent olingan (№ IAP 14270, 30.05.2024 y.). Natijada mahalliy xom ashyodan dori vositasi yaratish imkoni paydo bo‘lgan;
Astragalus turkumi o‘simliklarning sikloartan birikmalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar yuqori impakt faktorga ega nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan 50 dan ortiq ilmiy maqolalarda o‘rganilayotgan birikmalarni tahlil qilish va xulosalarni solishtirib, kerakli ilmiy ma’lumotlarni olishda foydalanilgan (Nat. Prod. Rep., 2015, V. 37. IF-2.48; Phytochemistry Let., V. 15, IF-2.01; Phytochemistry Rev., 2018, V. 17, IF-4.25; Curr. Top. Med. Chem., 2017, V. 17, IF-2.79; Molecules, 2014, V. 19, IF-4.67; Zeischrift für Naturfor. B., 2020, V.75, IF-1.01; Chem. Nat. Comp., 2021, V. 57, IF-0.79 va hakoza). Natijada turli o‘simliklardan ajratib olingan sikloartan birikmalarning tuzilishini va biologik xossalarini isbotlash imkonini bergan.
“Astragalus turkumi o‘simliklarining ikkilamchi metabolitlari va ularning biologik faolliklari” monografiyasi Qoraqalpoq davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» hamda «Dorivor o‘simliklar agroekologiyasi va introduksiyasi» kafedralarida, Nukus davlat pedagogika instituti «Kimyo o‘qitish metodikasi» kafedrasida va Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasida o‘quv jarayonlari hamda diplom va kurs ishlarini tayyorlashda qo‘llanilib kelinmoqda (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi 21 noyabr 2023 yildagi  1159-son ma’lumotnomasi). Natijada bakalavr yo‘nalishining bitiruv kvalifikatsion hamda magistr mutaxassisligi va tayanch doktorantlarning dissertatsiya ishlarini tayyorlashda kerakli ilmiy ma’lumot olish imkonini bergan.