Dustmurodova Shahlo Jumanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boshoqli va dukkakli o‘simliklar asosida olinadigan nutrisevtika vositasi texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Far94.
Ilmiy rahbar: Maxmudjanova Komila Sultonovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Maqsudova Firuza Xurshidovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Mamatxanova Muniraxon Axmatxon qizi, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsus usulda bug‘doy, arpa, mosh va loviya donlari undirilib, ular asosida granula va kapsula shaklida biologik faol qo‘shimchalar texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bug‘doy, arpa, mosh va loviya donlarni unish jarayoniga xona harorati, xona havosining namligi, yorug‘lik, qatlam qalinligi, purkaladigan kundalik suv miqdori kabi ta’sir etuvchi omillar aniqlangan hamda boshoqli va dukkakli donlarni undirishning ilmiy asoslangan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
undirilgan bug‘doy, arpa, mosh, loviya don massalari tarkibidagi aminokislotalar, vitaminlar, makro va mikroelementlar miqdori zamonaviy tahlil usullari yordamida aniqlangan;
ilk bor undirilgan boshoqli (bug‘doy, arpa) va dukkakli (mosh, loviya) donlari majmuasi asosida granula va kapsula shakldagi BFQning ilmiy asoslangan tarkibi tanlangan va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
boshoqli va dukkakli o‘simlik donlari asosida olingan granula va kapsula shaklidagi BFQlarning sifatini baholash usullari ishlab chiqilgan va me’yorlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Boshoqli va dukkakli o‘simliklar asosida olinadigan nutrisevtika vositasi texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Darmonal» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 018979371-006:2021) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 018979371-006:2022) O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, umumquvvatlovchi, immunitetni oshiruvchi kapsula va granula shaklidagi nutrisevtik vositani ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan toksikologik sinovlar natijasida «Darmonal» BFQlar zaharli emasligi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasining 2022 yil 24 avgustdagi xulosasi) hamda samaradorliligi isbotlanib, (O‘zbekiston Respublikasi SSV sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 28 dekabrdagi xulosasi) ishlab chiqarilishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi 001577-son ruxsatnomasi). Natijada, zararsiz va ishonchli faollikga ega nutrisevtika vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan.