Salixov Shoxrux Mansurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarida kasbiy qobiliyatlarni shakllantirishning pedagogik psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P408.
Ilmiy rahbar: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jumabaev Timur Jalgasbaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo’lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarida kasbiy qobiliyatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik omillarini aniqlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarining kasbiy qobiliyatlarni shakllanishi shaxsning o‘z-o‘ziga ishonch, idora qilish, o‘ziga nisbatan integral munosabatni namoyon bo‘lishi orqali shaxsiy imkoniyatlarni autent baholash ko‘nikmasini ish tajribasiga bog‘liq ravishda ortishi tufayli dinamik xususiyatga ega ekanligi dalillangan;
bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarining kasbiy qobiliyatlari ta’lim motivlaridan bilim olishga intilishning kasbiy kompetentlik hamda natijalarni baholash, kasbni o‘zlashtirishning mustaqil fikrlash, shaxs motivasion sohasining irodaviy zo‘r berish bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning o‘z-o‘ziga munosabati, iroda kushiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilari kasbiy qobiliyatlarni shakllanishi professional kompetentlik hamda shaxs motivasion sohaning optimistik qarashlar, mustaqil fikrlashning o‘z imkoniyatlarini baholashga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy ustanovkalarni rivojlanishiga identiv ekanligi isbotlangan;
bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarida kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirish modeli shaxsning kasbga oid munosabatlarini professional axborotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga bog‘liq ravishda shakllanishi muhimligi tufayli “optimistik”, “qobiliyat”, “o‘z imkoniyatlarini baholash” mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarida kasbiy qobiliyatlarni shakllantirishning pedagogik psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
Bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarida kasbiy qobiliyatlarni shakllanishi shaxsning o‘ziga o‘zi ishonch, idora qilish, o‘ziga nisbatan integral munosabatni namoyon bo‘lishi orqali shaxsiy imkoniyatlarni autent baholash ko‘nikmasini ish tajribasiga bog‘liq ravishda ortishi tufayli dinamik xususiyatga ega ekanligi kasbiy qobiliyatlarni shakllantiruvchi omillarni mavjudligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-144-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi PM-144a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarining kasbiy qobiliyatlarini shakllantiruvchu omillar aniqlangan va tahlil qilingan;
bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarining kasbiy qobiliyatlari ta’lim motivlaridan bilim olishga intilishning kasbiy kompetentlik hamda natijalarni baholash, kasbni o‘zlashtirishning mustaqil fikrlash, shaxs motivasion sohasining irodaviy zo‘r berish bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning o‘ziga o‘zi munosabati, iroda kuchiga bog‘liq ekanligi asoslanganligiga oid Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-144-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi PM-144a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilaridagi kasbiy qobiliyatning mezonlarini rivojlanishiga xizmat qiluvchi komponentlar aniqllashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarida kasbiy qobiliyatlarni shakllanishi professional kompitentlik hamda shaxs motivasion sohaning optimistik qarashlar, mustaqil fikrlashning o‘z imkoniyatlarini baholashga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy ustanovkalarni rivojlanishiga identiv ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-144-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi PM-144a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilari faoliyatida namoyon bo‘luvchi kasbiy ustanovkalar va kasbiy qobiliyatlar o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
bo‘lajak jismoniiy madaniyat fani o‘qituvchilarida kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirish modeli shaxsning kasbga oid munosabatlarini professional axborotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga bog‘liq ravishda shakllanishi muhimligi tufayli “optimistik”, “qobiliyat”, “o‘z imkoniyatlarini baholash” mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-144-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi PM-144a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilarida kasbiy qobiliyatlarning omillarini rivojlanishiga mo‘ljallangan psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan va samaradorligi baholangan.