Axmedov Farxod Furqatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy-psixologik kompetenligining shakllanishi”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P612.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Ismatova Dilafruz To‘ymuratovna,  psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
    Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar xodimlarida ijtimoiy-psixologik  kompetentligining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-psixologik kompetentlikni shakllanishi mehnat tajribasiga bog‘liq holda xodimlarning ijtimoiy kompetentligi aholini bilan ishlashda ularning ichki olamini tahlil qila olish va shaxslararo munosabatlarda ular bilan emotsional muloqot o‘rnatishiga, hamkasblari bilan psixologik aloqani ta’minlashini, kasbiy faoliyatida uchraydigan psixologik to‘siqlarni engib o‘tish, o‘zining professional vazifalarni to‘g‘ri hal qila olish, vaziyatni to‘g‘ri baholay olish va axborotlarni tahlil qila olish qobiliyatini aks ettiruvchi bilish darajasini rivojlanib borishi tufayli dinamik xususiyatga ega ekanligi isbotlangan;
ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar fuqarolar bilan ishlashda vaziyatlarni tushunish, emotsional barqarorlik hamda barqaror konstruktiv insoniy munosabatlarni o‘rnatishga intilishning kuchliligi tufayli kommunikativ kompetentlikka bog‘liq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ichki ishlar xodimlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini faktorial tahlil qilish natijasida muloqotchanlikning kommunikativ-passivlikni engishga, o‘z mavqeini oshirishga yo‘nalganlik, bilish darajasi komunikativ mavhumlikni muvofiqlashtirishga, o‘zini-o‘zi boshqarish muloqotdagi frustratsiyani engishga uyg‘un namoyon bo‘lganligi tufayli sotsial-kommunikativ xususiyatlar ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
ichki ishlar xodimlarida ijtimoiy-psixologik kompetentlikni shakllanishi “fuqaro-xodim”, “xodim-xodim” munosabatlari tizimida hamdardlikning ratsional, hissiy, intuitiv kanalini muloqotdagi identifikatsiya mexanizmiga uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli shaxsdagi empatiya hissini rivojlanishiga identiv ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar xodimlarida ijtimoiy-psixologik  kompetentligining o‘ziga xos jihatlari masalasini tadqiq etish natijasida:
ijtimoiy-psixologik kompetentlikni shakllanishi mehnat tajribasiga bog‘liq holda xodimlarning ijtimoiy kompetentligi aholini bilan ishlashda ularning ichki olamini tahlil qila olish va shaxslararo munosabatlarda ular bilan emotsional muloqot o‘rnatishiga, hamkasblari bilan psixologik aloqani ta’minlashini, kasbiy faoliyatida uchraydigan psixologik to‘siqlarni engib o‘tish, o‘zining professional vazifalarni to‘g‘ri hal qila olish, vaziyatni to‘g‘ri baholay olish va axborotlarni tahlil qila olish qobiliyatini aks ettiruvchi bilish darajasini rivojlanib borishi tufayli dinamik xususiyatga ega ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15-iyundagi PM-147-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 21-iyundagi PM-147a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar aniqlangan;
ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyatiga  ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar fuqarolar bilan ishlashda vaziyatlarni tushunish, emotsional barqarorlik hamda barqaror konstruktiv insoniy munosabatlarni o‘rnatishga intilishning kuchliligi tufayli kommunikativ kompetentlikka bog‘liq namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15-iyundagi PM-147-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 21-iyundagi PM-147a-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-psixologik kompetentlikni mehnat tajribasiga bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishining dinamik xususiyatlari tadqiq etilgan;
ichki ishlar xodimlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini faktorial tahlil qilish natijasida muloqotchanlikning kommunikativ-passivlikni engishga, o‘z mavqeini oshirishga yo‘nalganlik, bilish darajasi komunikativ mavhumlikni muvofiqlashtirishga, o‘zini-o‘zi boshqarish muloqotdagi frustratsiyani engishga uyg‘un namoyon bo‘lganligi tufayli sotsial-kommunikativ xususiyatlar ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15-iyundagi PM-147-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 21-iyundagi PM-147a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlarining sotsial kommunikativ kompetentligi xususiyatlarini faktorial tahlil qilish orqali ustuvor komponentlar aniqlangan va tahlil qilingan;
ichki ishlar xodimlarida ijtimoiy-psixologik kompetentlikni shakllanishi “fuqaro-xodim”, “xodim-xodim” munosabatlari tizimida hamdardlikning ratsional, hissiy, intuitiv kanalini muloqotdagi identifikatsiya mexanizmiga uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli shaxsdagi empatiya hissini rivojlanishiga identiv ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15-iyundagi PM-147-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 21-iyundagi PM-147a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlari ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish