Salaev Taxirbek Kamiljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh gandbolchi qizlarga o‘yin texnikasini o‘rgatishda harakatli o‘yinlardan foydalanish metodikasi”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped.2773.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Sharipov Allabergan Kamilovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich, pedagogika fanlari doktori, (DSc) dotsent; Usmonxo‘jaev Talat Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh gandbolchi qizlarning jismoniy va texnik tayyorgarligini rivojlantirishda harakatli o‘yinlardan foydalanish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
9-10 yoshli gandbolchi qizlarning jismoniy sifatlari va texnik tayyorgarligini rivojlantiruvchi “Chaqqon qo‘llar”, “To‘p bilan tun-kun” va “Pingivinlar yugurishi” kabi maxsus elementlar bilan boyitilgan harakatli o‘yinlarni mashg‘ulot jarayonida qo‘llash hisobiga shug‘ullanuvchilarning individual texnik harakatlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi gandbolchi qizlarning himoya va hujumdagi texnik harakatlarni samaradorligini oshirish uchun to‘p bilan va to‘psiz bajariladigan maxsus harakatli o‘yinlarni jismoniy va texnik jihatdan ikkita metodik blokka ajratib mashg‘ulotlar dasturiga kiritish hisobiga shug‘ullanuvchilar texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
9-10 yoshli gandbolchi qizlarning jismoniy va texnik tayyorgarligini rivojlantirishda an’anaviy vositalar va usullar, maxsus harakat texnik elementlari o‘zgartirilgan harakatli o‘yinlarni o‘z ichiga olgan, shug‘ullanuvchilarga mustaqil nazariy va amaliy o‘zlashtirish imkonini beruvchi innovatsion “Handball” mobil dasturini mashg‘ulot jarayonlariga kiritish hisobiga o‘quv-mashg‘ulotlarini kreativ tashkil qilish imkoniyati oshirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi gandbolchi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda elka kamari, oyoqlar orqa va oldi tos – son hamda orqa va qorin press mushaklari bo‘yicha jismoniy yuklamani o‘rta va past shiddatda ta’sir darajasiga qarab mashg‘ulotda (kirish qismida 2 ta va yakuniy qismida 1 ta) harakatli o‘yinlarni qo‘llash hisobiga sportchilarning o‘yin texnik elementlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchi qizlarni jismoniy rivojlantirish va o‘yin texnikasiga o‘rgatishda harakatli o‘yinlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha sport maktablari sharoitlarida o‘tkazilgan tajribalar asosida:
9-10 yoshli gandbolchi qizlarning jismoniy sifatlari va texnik tayyorgarligini rivojlantiruvchi maxsus elementlar bilan boyitilgan harakatli o‘yinlarni mashg‘ulot jarayonida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi (Gandbol)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 09-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan 302-15 raqamli guvohnomasi). Natijada, yosh gandbolchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligi ko‘rsatkichlari 16 % ga oshgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi gandbolchi qizlarning himoya va hujumdagi texnik harakatlarni samaradorligini oshirish uchun to‘p bilan va to‘psiz bajariladigan maxsus harakatli o‘yinlar majmuasini Urganch shahar sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida yosh gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-noyabrdagi 03-01/04/20/12780-son ma’lumotnomasi). Natijada, gandbolchi qizlarlarning himoya va hujumdagi texnik harakatlar samaradorligi 17 % ga oshirishga erishilgan;
9-10 yoshli gandbolchi qizlarning jismoniy va texnik tayyorgarligini rivojlantirishda an’anaviy vositalar va usullar, maxsus harakat texnik elementlari o‘zgartirilgan harakatli o‘yinlarni o‘z ichiga olgan, shug‘ullanuvchilarga mustaqil nazariy va amaliy o‘zlashtirish imkonini beruvchi innovatsion “Handball” mobil dasturi “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi (Gandbol)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 09-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan 302-15 raqamli guvohnomasi). Natijada, yosh gandbolchilarda texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 15 % ga oshgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi gandbolchi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda elka kamari, oyoqlar orqa va oldi tos – son hamda orqa va qorin press mushaklari bo‘yicha jismoniy yuklamani o‘rta va past shiddatda ta’sir darajasiga qarab mashg‘ulotda harakatli o‘yinlardan foydalanish metodikasi Bog‘ot tuman sport maktabi yosh gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-noyabrdagi 03-01/04/20/12780-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh gandbolchi qizlarning o‘yin texnik elementlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari 14 % ga o‘sgan.