Hamroqulov Nuriddin Shokir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarining etiopatogenezi, patomorfologiyasi va oldini olish chora-tadbirlari”, 16.00.02–Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi 16.00.01 – Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/V96
Ilmiy rahbar: Elmurodov Bozorboy Aktamovich, veterinariya fanlari doktori, professor, Eshburiev Sobir Baxtiyorovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy - tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Soliev Baxtiyor Chinobudinovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarining etiopatogenezi, kechish xususiyatlari, simptomlari va diagnostikasini o‘rganish hamda oldini olish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlari tovuqlar yoshiga va tuxum berish davriga (24 - haftalikda o‘rtacha 43,5 %, 52 - haftalikda 39,5% va 67 - haftalikda 47,8 %) bog‘liqligi aniqlangan;
tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlari mahsuldorligining o‘rtacha 11 % ga, tuxumning og‘irligini 7,2 gramga kamayishi, yupqa po‘choqli tuxumlarni - 14,4 % ga, shakli o‘zgargan tuxumlarni - 10,6 % ga ko‘payishi bilan kechishi ilmiy asoslangan;
tovuqlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlari tuxumdonlar, tuxum yo‘li va follikulalarning atrofiyasi, tuxum yo‘llarining berkilishi, sariqlik peritonitining rivojlanishi va tuxum yo‘li oqsil qismining uzunligi o‘rtacha 10 sm gacha qisqarishi kabi patologoanatomik o‘zgarishlari bilan kechishi aniqlangan;
kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlari tovuqlarda son suyaklar distrofiyasi, plastinkalarining 6-12 mkm gacha yupqalashganligi, bir-biridan yaqqol ajralganligi, suyak plastinkalari va osteoblastlarning atrofiyaga uchraganligi bilan xarakterlanishi ilmiy asoslangan;
kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarini oldini olish uchun tovuqlar ratsioniga xitozangidroksiapatit (1/4) preparatidan 10 mg/kg va Introvit-A+BC preparatidan 1000 ml/4000 litr miqdorda qo‘shib berish usuli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarining etiopatogenezi patomorfologiyasi va oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarini oldini olish» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 26-martdagi 02/23-198-son ma’lumotnomasi). Bunda tovuqlarning kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarining sabablari, rivojlanishi va kechish xususiyatlari, simptom va sindromlarini o‘rganish asosida ertachi diagnostika qilish hamda profilaktika qilishga erishilgan;
tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarini ertachi aniqlashda ozuqa ratsionidagi kalsiy-fosfor va oqsil-kalsiy, qondagi kalsiy-fosfor nisbatlarini aniqlash usuli joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 26-martdagi 02/23-198-son ma’lumotnomasi). Natijada tovuqlarning kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishlarini klinik namoyon bo‘lishiga qadar aniqlash imkoniyati yaratilgan;  
tovuqlarning kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarini guruhli profilaktika qilishda xitozangidroksiapatit (1/4) preparatidan oziqaga 10 mg/kg, Introvit-A+BC preparatidan 4000 l suvga 1000 ml qo‘shib berish usuli ishlab chiqilib veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 26-martdagi 02/23-198-son ma’lumotnomasi). Natijada tovuqlarning kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishlarining oldini olishning iqtisodiy samaradorligi 8405450 so‘mni, bir so‘mga xarajatlar qoplami esa 10,69 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish