Rejepbaev Jo‘shqin Egambergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitidagi yosh buzoqlar A va D- gipovitaminozlarida yangi polivitaminli preparatlarni qo‘llash samaradorligi”, 16.00.04–Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V123
Ilmiy rahbar: Farmanov Nizam, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, professor; Yuldoshev Soatboy Jiyanboevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy - tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buzoqlar A- va D- gipovitaminozlarida yangi polivitaminli preparatlarning ta’sirini farmakoterapevtik jihatdan baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qoramolchilik xo‘jaliklari sharoitidagi buzoqlarda A- va D- gipovitaminozlarning etiolgiyasida ularga beriladigan uviz sutidagi retinol miqdorining me’yorga nisbatan o‘rtacha 0,42 mkg% ga, tokoferolni 0,5 mkg% ga, umumiy kal’siyni 7 mg% ga kamligi ilmiy asoslangan;
Buzoqlarning A- va D- gipovitaminozlarida TRIVITAMIKS preparatining qo‘llanilishi nazorat guruhiga nisbatan puls (129,3±2,32 va 115±5,43) va nafas (29,6±2,75 va 35,6±1,77) hamda tana haroratining (39,3±2,15 va 39,5±2,82 ºC) fiziologik me'yorlar darajasida yahshilanishiga, tana vaznining 15,5 va 14,3 kg ga oshishiga olib kelishi aniqlangan;
TRIVITAMIKS preparati oq sichqonlarga 0,6 ml/bosh dozada qo‘llanilganda zaharlanish va o‘lim holatlari kuzatilmaganligi aniqlangan;
TRIVITAMIKS preparatining buzoqlar A- va D- gipovitaminozlarida qo‘llanilishi qondagi gemoglobin miqdorini nazoratga nisbatan 23,63 va 22,3 % ga, glyukozani 48,8 va 7,9 % ga, qon zardobidagi umumiy oqsilni 30,57 va 26,44 % ga, retinolni 60 % ga oshishi, ishqoriy fosfataza fermenti faolligini 51,3 % ga kamayishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitidagi yosh buzoqlar A- va D- gipovitaminozlarida yangi polivitaminli preparatlarni qo‘llash samaradorligi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitidagi yosh buzoqlar A- va D- gipovitaminozlarida yangi polivitaminli preparatlarni qo‘llash samaradorligi bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan, veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 02 fevraldagi 33/01-05-119-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash hisobiga yosh buzoqlarni A- va D- gipovitaminozlarni davolash va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
Yosh buzoqlarda A- va D- gipovitaminozlarni davolashda TRIVITAMIKS preparatidan har bir boshga, 7 kunda bir marta 3 ml dan uviz suti va sutga aralashtirilgan holda qo‘llashga asoslangan davolash usuli Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitidagi qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 02 fevraldagi 33/01-05-119-son ma’lumotnomasi). Ushbu davolash usuli eng samarali usul ekanligi aniqlanib, har bir buzoq hisobiga o‘rtacha 1095730,8 so‘mdan iqtisodiy samara olish imkonini beradi va bunda xarajatlar qoplami 5,24 so‘mni tashkil etgan;
Yosh buzoqlarda A- va D- gipovitaminozlarning oldini olishda TRIVITAMIKS preparatidan har bir boshga, 7 kunda bir marta, 1-oyligigacha 3 ml dan uviz suti va sutga aralashtirilgan holda ichirish, 2-oyligida 1,5 ml va 3-oyligida 2 ml dan muskul orasiga yuborishga asoslangan oldini olish usuli Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitidagi qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 02 fevraldagi 33/01-05-119-son ma’lumotnomasi). Ushbu oldini olish usulining samaradorligi yuqori bo‘lib buzoqlarning kunlik tana vaznining o‘sish farqi nazoratga nisbatan 56,75% (3,25 o‘rniga 15,5 kg) ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish