Qosimov Sayfiddin Jaxongir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishlarining etiopatogenezi va oldini olish usullari”, 16.00.01 - Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V72
Ilmiy rahbar: Eshburiev Sobir Baxtiyorovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Bakirov Baxtiyar, veterinariya fanlari doktori, professor; Baliev Shavkat Kuchkarovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand va Toshkent viloyatlarining sun’iy suv havzalari sharoitida o‘stirilayotgan baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishlarining etiopatogenezini aniqlash va oldini olish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand va Toshkent viloyatlarining sun’iy suv havzalarida o‘stirilayotgan karp turidagi baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishlari 36,0-39,53% ni tashkil etib, ular ratsionidagi proteinning o‘rtacha 6-12% ga yetishmasligidan kelib chiqishi aniqlangan;
baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishini subklinik davrida ETS (energiya tanqisligi sindromi) biosinov test tekshiruviga asoslangan diagnostika qilish usuli ishlab chiqilgan;
oqsillar almashinuvi buzilishlari baliqlarda ishtaha pasayishi, tana rangining qorayishi, tangachalarning tushishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi simptomlari hamda tana muskullarining atrofiyasi, jigar hajmining kattalashishi va loyqasimon tusga kirishi, ichaklar shilliq qavatida chiziqsimon, yo‘lchasimon qizil dog‘larning kuzatilishi kabi patologoanatomik o‘zgarishlar bilan kechishi ilmiy asoslangan;
baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishlarini oldini olish maqsadida 0,1% miqdorda “Innoprovet” probiotigi hamda 3% baliq uni bilan boyitilgan ekstruderlangan omuxta yemni baliqlar tana vaznining 2,5% miqdorida berish usuli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishlarini etiopatogenezi va oldini olish usullari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“Baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishining etiopatogenezi va oldini olish usullari” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 15-apreldagi 02/23-237-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni baliqchilik xo‘jaliklarida joriy etish evaziga baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishlarini keltirib chiqaradigan omillarni aniqlash, barvaqt diagnostika qilish va oldini olishga erishilgan;
baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishlarini aniqlashning ETS (energiya tanqisligi sindiromi) biosinov test tekshiruviga asoslangan usuli ishlab chiqilgan va Samarqand, Toshkent viloyatlarining baliqchilik xo‘jaliklariga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 15-apreldagi 02/23-237-son ma’lumotnomasi). Ushbu tekshirish usulini baliqlarda o‘tkazish orqali kasallikni subklinik davrida aniqlash imkoniyati yaratilgan;
baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishlarini oldini olishda havza suvini 2,5kg/m3 hisobida o‘g‘itlash orqali tabiiy ozuqa bazasini rivojlantirish hamda 0,1% miqdorda innoprovet probiotigi, 3% miqdorda baliq uni aralashtirib tayyorlangan ekstruderlangan omuxta yemdan bir kunda 3 mahal bir kunlik ozuqa miqdori baliq tana vaznini 2,5% miqdorida oziqlantirish usuli ishlab chiqilib veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 15-apreldagi 02/23-237-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishlarining oldini olishga va baliqlar tana vaznini nazorat guruhiga nisbatan 0,3-0,4 kg ga yuqori bo‘lishiga erishilgan. Sarflangan bir so‘mga xarajatlar qoplami 8,78 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish