Azimova Nodirabegim Muxamedjan qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5291.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari psixologik-pedagogik xususiyatlarni tahlil qilish natijadorligini ta’minlashning ijodiy-faol texnologik infratuzilmasini shakllantirish hamda o‘qitishda kompleks, tizimli, individual va korreksion yondashuvlarning yaxlit integrativligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish modeli matnni qayta hikoya qilish, talaffuz ravonligi, o‘qish tezligi, ifodaliligi, variativ vazifalarning maqsadli-diagnostik va amaliy-refleksiv bloklardan iborat tuzilma mazmunining uyg‘unlashuvini maqsadli-ierarxik rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi fanga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani oshirish, individual imkoniyatlarni namoyon qilishni ta’minlaydigan “Chizib ko‘r-chi”, “Qara, o‘yna va gapir”, “Izquvar”, “Tugallash”, “So‘zni chaqir”, “Ichini tashqarisiga” “Aqliy xarita” korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar didaktik mazmunini talim maqsadlariga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini aniqlash mezonlari o‘quv jarayoni subektlarining hamkorlikdagi faoliyat natijadorligi va davomiyligini ta’minlashga qaratilgan didaktik vazifalarni samarali bajarilish hamda o‘qitish vositalaridan ratsional foydalanish imkoniyatlarini kompleks integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari psixologik-pedagogik xususiyatlarni tahlil qilish natijadorligini ta’minlashning ijodiy-faol texnologik infratuzilmasini shakllantirish hamda o‘qitishda kompleks, tizimli, individual va korreksion yondashuvlarning yaxlit integrativligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1-son qarori asosida berilgan 2024/214U-325-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash uchun sharoit yaratilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish modeli matnni qayta hikoya qilish, talaffuz ravonligi, o‘qish tezligi, ifodaliligi, variativ vazifalarning maqsadli-diagnostik va amaliy-refleksiv bloklardan iborat tuzilma mazmunining uyg‘unlashuvini maqsadli-ierarxik rivojlantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1-son qarori asosida berilgan 2024/214U-325-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi samaradorligini oshirishga erishilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi fanga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani oshirish, individual imkoniyatlarni namoyon qilishni ta’minlaydigan “Chizib ko‘r-chi”, “Qara, o‘yna va gapir”, “Izquvar”, “Tugallash”, “So‘zni chaqir”, “Ichini tashqarisiga” “Aqliy xarita” korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar didaktik mazmunini talim maqsadlariga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1-son qarori asosida berilgan 2024/214U-325-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi samaradorligini oshirishga erishilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini aniqlash mezonlari o‘quv jarayoni subektlarining hamkorlikdagi faoliyat natijadorligi va davomiyligini ta’minlashga qaratilgan didaktik vazifalarni samarali bajarilish hamda o‘qitish vositalaridan ratsional foydalanish imkoniyatlarini kompleks integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1-son qarori asosida berilgan 2024/214U-325-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalari shakllanganlik darajasini aniqlash imkoniyatlari kengaytirilgan.