Avulova Nargiza Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchining bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishda sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasini takomillashtirish (adabiyot fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3316.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etishda sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“bo‘sh vaqt” tushunchasining pedagogik muammo sifatidagi mazmuni jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi talabiga mos holda o‘quvchilarda deviant xatti-harakatlar maydonini kamaytirishning ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-metodik, tibbiy-pedagogik va individual shaxsiy pedagogik komponentlarini sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasiga vertikal va gorizontal integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishning didaktik asoslari o‘smirlarning bo‘sh vaqtdan foydalanish bo‘yicha individual madaniyatini shakllantirish, vaqt byudjetini to‘g‘ri taqsimlashga nisbatan qadriyatli munosabatni qaror toptirishning moslashuvchanlik, ijodkorlik, muvaffaqiyat va yaxlitlik tamoyillarini ta’lim mazmuniga integrativ asosda singdirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilinishini pedagogik qo‘llab-quvvatlashning amaliy mexanizmlari maktab va oila hamkorligining pedagogik shartlarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirish yo‘nalishlariga sog‘lomlashtirish va rivojlantirish texnologiyasi talablariga muvofiq adekvat qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
vitagen ta’lim integratsiyasi hamda ta’lim shakllari imkoniyatlaridan foydalanishning integral tizimlariga muvofiq o‘quvchilar rivojlanish vektorini belgilashning didaktik tamoyillarini qo‘llsh hamda sinfdan tashqari ishlar metodikasini jamiyatning o‘zgaruvchan talablariga muvofiq optimallashtirish asosida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi talabiga mos holda o‘quvchilarda deviant xatti-harakatlar maydonini kamaytirishning ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-metodik, tibbiy-pedagogik va individual shaxsiy pedagogik komponentlarini sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasiga vertikal va gorizontal integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan “bo‘sh vaqt” tushunchasining pedagogik muammo sifatidagi mazmuni, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilishning mezon va ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy – axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2023-yil 8-sentyabrdagi 456-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirishning didaktik va uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
o‘smirlarning bo‘sh vaqtdan foydalanish bo‘yicha individual madaniyatini shakllantirish, vaqt byudjetini to‘g‘ri taqsimlashga nisbatan qadriyatli munosabatni qaror toptirishning moslashuvchanlik, ijodkorlik, muvaffaqiyat va yaxlitlik tamoyillarini ta’lim mazmuniga integrativ asosda singdirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishning didaktik asoslari, maktab va oila hamkorligining pedagogik shartlarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirish yo‘nalishlariga sog‘lomlashtirish va rivojlantirish texnologiyasi talablariga muvofiq adekvat qo‘llash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilinishini pedagogik qo‘llab-quvvatlashning amaliy mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filiali tomonidan bajarilgan I1-XT-0-17222 raqamli “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2023 yil 8- sentyabrdagi 456-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq pedagogikasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlashga qaratilgan qarashlar loyiha mazmuniga singdirilgan;
vitagen ta’lim integratsiyasi hamda ta’lim shakllari imkoniyatlaridan foydalanishning integral tizimlariga muvofiq o‘quvchilar rivojlanish vektorini belgilashning didaktik tamoyillarini qo‘llsh hamda sinfdan tashqari ishlar metodikasini jamiyatning o‘zgaruvchan talablariga muvofiq optimallashtirish asosida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasidagi “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Bolalar va biz” hamda “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 09-sentyabrdagi 02/36/-1451-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning mazmunini yoshlar ma’naviyatini yot ta’sirlardan himoya qilish va ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash g‘oyasi asosida boyitishga xizmat qilgan.