Xayrullaev Sardor Shamsiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soya navlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlaydigan mikroo‘g‘itlarning ta’sirini ilmiy asoslash (Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx821
Ilmiy rahbar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmatmurodov Alisher Ulmasovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Ismayilov Jumanazar Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soyaning Orzu va Nafis navlarini asosiy ekin sifatida yetishtirishda mineral o‘g‘itlar fonida mikroo‘g‘itlar bilan bargdan oziqlantirish me’yorlarini o‘rganishning uning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini aniqlash va ilmiy asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soyaning ertapishar “Orzu” va o‘rtapishar “Nafis” navlarini faol o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydigan mineral o‘g‘itlar fonida oltingugurtni sof holda 180 g/ga (545 g/ga fizik holda) va marganesni sof holda 300 g/ga (1,0 kg/ga fizik holda) me’yorlarda qo‘llash maqbul ekanligi aniqlangan;
mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori fonida soyaning ertapishar “Orzu” va o‘rtapishar “Nafis” navlarida mikroo‘g‘itlarni bargi orqali qo‘llashning o‘simliklarni quruq massa to‘plashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi hisobiga 1 ga maydonda “Orzu” navida oltingugurt ta’sirida nazoratga nisbatan 17,0-36,8 % va marganes ta’sirida 21,2-44,1 % ga, “Nafis” navida tegishlicha 14,4-26,9 % va 18,4-33,6 % ga ortib, fotosintetik faoliyati ham jadal kechishi natijasida navlar bo‘yicha o‘rtacha 51,1-64,6 va 45,6-56,4 ming m2/ga barg yuzasi shakllangan va fotosintez sof mahsuldorligi sutkasiga 0,2-0,9 va 0,3-1,1 g/m2.kun/ga ortishi aniqlangan;
soyaning “Orzu” va “Nafis” navlarida mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori fonida oltingugurtni sof holda 180 g/ga (545 g/ga fizik holda) va marganesni sof holda 300 g/ga (1,0 kg/ga fizik holda) me’yorlarda qo‘llanilishi hisobiga o‘simlikning faol simbiotik faoliyati uchun maqbul sharoit vujudga kelishi natijasida o‘rtacha gektariga 7,79-9,56 va 6,66-7,17 sentnergacha azot faol o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar hosil bo‘lishi bilan birga, tuproqda 28,6-30,4 va 30,6-32,0 s/ga miqdorida ildiz massasi qoldirishi aniqlangan;
soya navlarini yetishtirishda mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori fonida oltingugurtni sof holda 180 g/ga (545 g/ga fizik holda) va marganesni sof holda 300 g/ga (1,0 kg/ga fizik holda) me’yorlarda qo‘llanilishi yuqori va sifatli hosil shakllanishini ta’minlashi natijasida “Orzu” navida 26,4-35,7 s/ga, “Nafis” navida 28,9-38,5 s/ga don hosili olinganligi hamda don tarkibidagi oqsil miqdori mos ravishda 1,6-8,4 % va 2,8-8,5 % ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soya navlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlaydigan mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida mikroo‘g‘itlarni qo‘llashning maqbul muddat va me’yorlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
soya navlaridan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishni ta’minlashda mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida oltingugurt va marganes mikroo‘g‘itlari bilan o‘simlikni bargi orqali suspenziya shaklida oziqlantirish bo‘yicha “Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soya ekinidan yuqori va sifatli don yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 21-yanvardagi №02/25-05/126-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Toshkent viloyatining fermer xo‘jaliklari va klasterlarida soyani parvarishlashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
soyaning “Orzu” va “Nafis” navlarini yetishtirishda mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda oltingugurtni sof holda 180 g/ga (545 gr/ga fizik holda) va marganesni sof holda 300 g/ga (1,0 kg/ga fizik holda) me’yorlarda o‘simlikni bargi orqali suspenziya shaklida qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida O‘rta Chirchiq tumanidagi Sholichilik ilmiy tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligi dalalarida 9,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 21-yanvardagi №02/25-05/126-son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda oltingugurt va marganes mikroo‘g‘itlarini soyaning shonalash va gullash davrlarida 2 marta bargdan oziqlantirilganda, mos ravishda “Orzu” navidan oltingugurt mikroo‘g‘iti qo‘llanilganda 33,8 s/ga va marganes mikroo‘g‘iti qo‘llanilganda 33,4 s/ga, “Nafis” navidan esa mos ravishda 34,6 va 36.5 s/ga don hosili olishga erishilgan;
soyaning “Nafis” navini yetishtirishda mineral o‘g‘itlarning N50 P100 K70 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda oltingugurtni sof holda 180 g/ga (545 gr/ga fizik holda) va marganesni sof holda 300 g/ga (1,0 kg/ga fizik holda) me’yorlarda o‘simlikni bargi orqali suspenziya shaklida qo‘llash texnologiyasi Yangiyo‘l tumanidagi “Ulug‘bek Nodirbek omad” fermer xo‘jaligida 15,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 21-yanvardagi №02/25-05/126-son ma’lumotnomasi). Natijada, soyaning “Nafis” navidan oltingugurt mikroo‘g‘iti qo‘llanilganda 33,9 s/ga, marganes mikroo‘g‘iti qo‘llanilganda 35,4 s/ga don hosili olingan;
soyaning “Nafis” navini yetishirishda mineral o‘g‘itlarning N50 P100 K70 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda oltingugurtni sof holda 180 g/ga (545 g/ga fizik holda) va marganesni sof holda 300 g/ga (1,0 kg/ga fizik holda) me’yorlarda o‘simlikni bargi orqali suspenziya shaklida qo‘llash texnologiyasi Piskent tumanidagi “Ismatov Islom” fermer xo‘jaligining 12 gektar maydonida va Oqqo‘rg‘on tumanidagi “T.Islom” fermer xo‘jaligining 14 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 21-yanvardagi №02/25-05/126-son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda oltingugurt va marganes mikroo‘g‘itlarini soyaning “Nafis” navini shonalash va gullash davrlarida 2 marta bargdan oziqlantirilganda, hosildorlik mos ravishda 31,8-32,4 va 33,2-33,9 s/ga, rentabellik darajasi esa 172,1-175,6 va 183,4-187,7 % ni tashkil etgan.