Usmonova Shohista Usmon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mineral o‘g‘itlar fonida stimulyatorlarning soya navlari hosildorligiga ta’sirini o‘rganish va ilmiy asoslash”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1122
Ilmiy rahbar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Maxmudov O‘tkir Xaydarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida soya o‘simligining mahalliy Nafis va xorijiy Vilana navlarini asosiy ekin sifatida mineral o‘g‘itlar fonida stimulyatorlar turlari va qo‘llash usullarini o‘rganishning soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorlikka ta’sirini aniqlash va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soyaning Nafis va Vilana navlarini faol o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydigan mineral o‘g‘itlar fonida Uzgumi stimulyatorini 240 ml/ga, Fulvogummat stimulyatorini 300 ml/ga va Rival stimulyatorini 600 ml/ga me’yorlarda shonalash-gullash va gullash-dukkaklanish fazalarida 2 marta barg orqali oziqlantirish maqbul ekanligi aniqlangan;
soya navlarining quruq massa miqdoriga mineral o‘g‘itlar fonida stimulyatorlar qo‘llashning ta’siri aniqlanganda quruq massa miqdori Nafis navida fon variantiga nisbatan , Uzgumi stimulyatori qo‘llanganda  73,6 s/ga bo‘lib, fon variantidan 3,1-25,7 %, Fulvogummat stimulyatori qo‘llanganda 21,9-43,9 % va Rival stimulyatori qo‘llanganda 13,6-37,1 %, Vilana navida fon variantiga nisbatan Uzgumi stimulyatori qo‘llanganda quruq massa miqdori 56,3 s/ga bo‘lib, fon variantidan 11,2-25,9 %, Fulvogummat stimulyatori qo‘llanganda 18,6-38,4 % va Rival stimulyatoriqo‘llanganda 15,3-30,2 % ortgani, navlar bo‘yicha o‘rtacha Uzgumi ta’sirida 52,4 va 42,4; Fulvogummat ta’sirida 53,6 va 45,4; Rival ta’sirida 52,8 va 43,9 ming m2/ga barg yuzasi shakllangani va fotosintez sof mahsuldorligi sutkasiga tegishlicha 1,06-1,15, 1,92-1,59, 1,6-1,28 g/m2.kun/ga ortgani aniqlangan;
soyaning Nafis va Vilana navlarida mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori fonida stimulyatorlarni maqbul me’yorlarda bargdan qo‘llanilishi natijasida o‘rtacha navlar bo‘yicha gektariga 7,6-7,3, 9,7-10,3, 8,3-8,9 sentnergacha azotni faol o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar hosil bo‘lishi bilan birga, tuproqda navlar bo‘yicha 25,7-23,6, 36,4-31,8, 29,3-27,5 s/ga miqdorida ildiz massasi qoldirishi aniqlangan;
soya navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori fonida stimulyatorlarni maqbul me’yorlarda bargdan qo‘llanilishi natijasida Nafis navida stimulyatorlar turlari bo‘yicha 33,4-37,4-36,7 s/ga, Vilana navida 32,4-36,2-34,2 s/ga don hosili olinganligi hamda don tarkibidagi oqsil miqdori stimulyatorlar turlari bo‘yicha Nafis navida 1,7-0,9-1,6 % va Vilana navida 2,2-2,7-3,2 % ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soya navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishni ta’minlaydigan mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida stimulyatorni qo‘llashning maqbul usul va me’yorlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, fotosintetik va simbiotik faoliyati, hosil shakllanishi va don sifatini oshirishda mineral o‘g‘itlar fonida Uzgumi, Fulvogummat va Rival stimulyatorlari bilan oziqlantirish bo‘yicha “Soya navlarini o‘tloqi botqoq tuproqlar sharoitida etishtirishda mineral o‘g‘it va stimulyatorlarni qo‘llash texnologiyasi” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 13-yanvardagi №06/22-06/62-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Toshkent viloyatining fermer xo‘jaliklari va klasterlarida soyani parvarishlashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
soyaning Vilana va Nafis navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda Uzgumi stimulyatorini 240 ml/ga, Fulvogummat stimulyatorini 300 ml/ga va Rival stimulyatorini 600 ml/ga me’yorlarda 2 marta barg orqali oziqlantirish texnologiyasi Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida O‘rta Chirchiq tumanidagi Sholichilik ilmiy tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligi dalalarida 8,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 13-yanvardagi №06/22-06/62-son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral o‘g‘itlar fonida Uzgumi, Fulvogummat va Rival stimulyatorlarini soyaning shonalash-gullash va gullash-dukkaklanish fazalarida 2 marta bargdan oziqlantirilganda, mos ravishda Nafis navidan Uzgumi stimulyatori qo‘llanilganda 31,6 s/ga, Fulvogummat stimulyatori qo‘llanilganda 33,7 s/ga va Rival stimulyatori qo‘llanilganda 32,9 s/ga, Vilana navidan esa Uzgumi stimulyatori qo‘llanilganda 29,9 s/ga, Fulvogummat stimulyatori qo‘llanilganda 33,0 s/ga va Rival stimulyatori qo‘llanilganda 32,1 s/ga don hosili olishga erishilgan;
soyaning Vilana va Nafis navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda Uzgumi stimulyatorini 240 ml/ga, Fulvogummat stimulyatorini 300 ml/ga va Rival stimulyatorini 600 ml/ga me’yorlarda 2 marta barg orqali oziqlantirish texnologiyasi Yangiyo‘l tumanidagi “Navoyi Lobar Agro Madad” fermer xo‘jaligida 16,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 13-yanvardagi №06/22-06/62-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Nafis” navidan Uzgumi stimulyatori qo‘llanilganda 30,8 s/ga, Fulvogummat stimulyatori qo‘llanilganda 33,2 s/ga va Rival stimulyatori qo‘llanilganda 32,5 s/ga, Vilana navidan esa Uzgumi stimulyatori qo‘llanilganda 28,1 s/ga, Fulvogummat stimulyatori qo‘llanilganda 31,2 s/ga va Rival stimulyatori qo‘llanilganda 29,7 s/ga don hosili olishga erishilgan;
soyaning Vilana va Nafis navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarning N50P100K70 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda Uzgumi stimulyatorini 240 ml/ga, Fulvogummat stimulyatorini 300 ml/ga va Rival stimulyatorini 600 ml/ga me’yorlarda 2 marta barg orqali oziqlantirish texnologiyasi Bo‘ka tumanidagi “Jaloliddin Xamidzoda” fermer xo‘jaligining 16 gektar maydonida va Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Mirtojieva Feruza” fermer xo‘jaligining 16 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 13-yanvardagi №06/22-06/62-son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral o‘g‘itlar fonida Uzgumi, Fulvogummat va Rival stimulyatorlarini soyaning shonalash-gullash va gullash-dukkaklanish fazalarida 2 marta bargdan oziqlantirilganda, Nafis navidan mos ravishda Uzgumi stimulyatori qo‘llanilganda 30,3 s/ga, Fulvogummat stimulyatori qo‘llanilganda 32,7 s/ga va Rival stimulyatori qo‘llanilganda 31,5 s/ga, rentabellik darajasi esa mos ravishda 139,8 %, 159,4 %, 150,3 % ni tashkil etgan. Vilana navidan esa Uzgumi stimulyatori qo‘llanilganda 29,4 s/ga, Fulvogummat stimulyatori qo‘llanilganda 31,6 s/ga va Rival stimulyatori qo‘llanilganda 30,4 s/ga ni, rentabellik darajasi esa mos ravishda 132,8 %, 152,1 %, 140,7 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish