Xudoyorova Hafiza Xurramovnaning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy bargli karami (Brassica rapa subsp. chinensis L.) ning ertapishar, serhosil, istiqbolli navini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx962.
Ilmiy rahbar: Amanova Maxfurat Eshmuradovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: xitoy bargli karamining “Immunitet” navi (№ NAP 00395).  
II. Tadqiqotning maqsadi xitoy bargli karamining jahon kolleksiyasidan foydalangan holda respublikamiz iqlim sharoitiga mos qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega, istiqbolli namunalarni tanlash, seleksiyaga jalb etish va ertapishar, serhosil, tovarbop yangi navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamiz iqlim sharoitida xitoy bargli karamining chetdan introduksiya qilingan 13 ta nav namunalari morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganilgan va olingan natijalar tahlil etilib, ma’lumotlar asosida axborot bazasi yaratilgan;
geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan xitoy bargli karami nav namunalarining ertapisharligi, hosildorligi va tovarbopligi bo‘yicha boshlang‘ich manbalar ajratib olingan;
xitoy bargli karamining hosildorligi yuqori, ertapishar va eksportbop yangi “Immunitet” navi yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga NAP 00395 raqamli patent olingan;
yangi yaratilgan “Immunitet” navining andoza “Sharq go‘zali” naviga nisbatan o‘suv davri 2-3 kunga qisqaligi, umumiy hosildorligi 16,8 % ga, tovarbop hosil miqdori 4,2 % ga, rentabellik darajasi 27,2 % ga yuqori ekanligi aniqlangan;
yangi “Immunitet” navining biokimyoviy tarkibi o‘rganilib, andoza “Sharq go‘zali” naviga nisbatan umumiy qand (2,9 %), quruq modda (9,2 %), askorbin kislota (69 mg) miqdori bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega ekanligi isbotlangan;
yangi yaratilgan “Immunitet” navining o‘sishi, rivojlanishi hamda asosiy qimmatli-xo‘jalik belgilari tahlil qilingan va navdorligi yuqori original urug‘lari ko‘paytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy bargli karamining jahon genofondini kompleks o‘rganish asosida morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega navlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
xitoy bargli karamining ertapishar, hosildorligi yuqori, yangi “Immunitet” navi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘i sifatida patent (NAP 00395) berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 5-yanvar № 07/23-10 son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu nav 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan;
xitoy bargli karamining ertapishar, hosildorligi yuqori va tovarbop yangi “Immunitet” navi 2021-2022 yillarda Toshkent viloyatining Qibray tumanida 0,10 ga, Andijon viloyatining Asaka tumanida 0,13 ga hamda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida 0,09 ga hamda Toshkent davlat agrar universitet huzuridagi Axborat maslahat markazining (Extension Center) DUK tajriba dalasida 0,22 ga, jami 0,54 ga maydonda ertaki va takroriy ekin sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 5-yanvar № 07/23-10 son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan o‘rtacha 18,5 tonna hosil va 22,1 mln so‘m sof daromad olishga erishilgan;
xitoy bargli karamining yangi “Immunitet” navini import tovar o‘rnini bosuvchi va kam tarqalgan sabzavot ekini sifatida fermer xo‘jaliklarida etishtirishda ertapisharliligi, serhosilligi, tovarbop hosil miqdori va biokimyoviy ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 13-dekabrdagi № 07/23-9331-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navda andoza “Sharq go‘zali” naviga nisbatan 38,8 % ga yuqori hosildorlikka va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish