Barotova Anisa Razzokovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G.hirsutum L. turiga mansub navlar seleksiyasida kompozit duragaylash uslubi orqali yangi seleksion ashyolar yaratish samaradorligi”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1009
Ilmiy rahbar: Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xalikova Malohat Babamurodovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Chorshanbiev Nurali Esonpo‘latovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompozit duragaylash orqali o‘rta tolali g‘o‘zaning hosildor, tezpishar, tola sifati va chiqimi yuqori, vertisellyoz viltga bardoshli boshlang‘ich ashyolarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘za oilalarida kompozit duragaylash asosida shakllar populyasiyasidan ajralib chiqqan transgressiv o‘simliklarni yakka tanlash asosida hosildorlik, tezpisharlik, vertisillyoz viltga bardoshlilik ko‘rsatkichlari uyg‘unlashgan genotiplar olingan;
oilalarda bir tup o‘simlikdagi mahsuldorlik ko‘rsatkichlarining boshqa qimmatli xo‘jalik belgilari bilan o‘zaro korrelyasiyasini o‘rganish asosida xo‘jalik uchun foydali belgilarning ijobiy majmuiga ega bo‘lgan O-3406, O-3407, O-3398, O-3411 va O-2757 oilalari ajratilgan hamda T-3377, T-3378, T-3379 tizmalari yaratilgan;
yuqori seleksion qiymatga ega bo‘lgan ashyolarda belgilarning shakllanishini tahlil qilish va samarali tanlovlar natijasida o‘rta tolali g‘o‘zaning barqaror genotipli T-3377, T-3378, T-3379 tizmalari yaratilgan;
kompozit duragaylash uslubi orqali yaratilgan o‘rta tolali g‘o‘zaning Sharofat navi hamda T-3377, T-3378 va T-3379 tizmalarining navdorligi yuqori bo‘lgan original urug‘lari tayyorlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta tolali g‘o‘za navlari seleksiyasida juft va kompozit duragaylashning samaradorligini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
o‘rta tolali g‘o‘zaning tezpishar, serhosil, tola chiqimi va sifat belgilarining ijobiy majmuasi bilan genetik jihatdan boyitilgan yangi duragaylari, oilalari hamda T-3377, T-3378 va T-3379 tizmalari yaratilgan va urug‘lari PSUEAITIning g‘o‘za kolleksiyasi fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 avgustdagi 04/21-06/940-son ma’lumotnomasi). Natijada, genetika va seleksiya sohasidagi nazariy hamda amaliy tadqiqotlarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanishga tavsiya etilgan hamda g‘o‘za genofondini qimmatli xo‘jalik belgilarning ijobiy majmuasiga ega hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi tizmalar bilan boyitish imkonini bergan;
ilmiy va amaliy izlanishlar natijasida g‘o‘zaning o‘rta tolali ertapishar, serhosil, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan Sharofat navi yaratilib Jizzax viloyatining Paxtakor tumani Navbahor FXXU hududidagi “Paxtakor tumani elita urug‘chilik” MChJda 2022-yili Sharofat navi va T-3377, T-3378, T-3379 tizmalari 0,4 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 avgustdagi 04/21-06/940-son ma’lumotnomasi). Natijada, nazorat S-6524 naviga nisbatan 3 kunga ertapishar, vertisellyoz viltga bardoshli, tola chiqimi 1,8 % ga va hosildorligi 2,0-3,0 s/ga yuqori bo‘lib, iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
yaratilgan o‘rta tolali Sharofat g‘o‘za navi Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Jololdin kelajak hosili” fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, Andijon tumani “Xosilot To‘raboevlar” fermer xo‘jaligida 0,4 gektar va Shaxrixon tumani “Olimjon Badalov” fermer xo‘jaligida 0,4 gektar maydonlarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 avgustdagi 04/21-06/940-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning Sharofat navi hosildorligi 47,5-48,0 s/ga hamda T-3377 tizmasida 46,0-47,0 s/ga, T-3378 tizmasida 45,5-47,0 s/ga va T-3379 tizmasida 46,5-47,0 s/ga hosildorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish