Qobilova Aziza Ahrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  “Hozirgi zamon o‘zbek bolalar she’riyatida yumorning badiiy-estetik vazifalari (Anvar Obidjon va T.Adashboev ijodi misolida)”,  10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2446.
Ilmiy rahbar: Jamilova Bashorat Sattorovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat unIVersiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat unIVersiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Ahmedova Shoira Ne’matovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Barakaev Rahmatullo, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat unIVersiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek bolalar she’riyatida yumorning o‘rni va badiiy-estetik vazifalari, yumoristik obraz va sujet yaratishda shoirlarning ijodiy-uslubiy indIVidualligi, badiiy mahoratini A.Obidjon va T.Adashboev asarlari orqali ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yumorning genezisi o‘zbek xalq latifalariga borib taqalishi, uning bolalar she’riyatida shoirning voqelikka munosabatini bildiruvchi vosita rolini o‘tashi,  tarbiya quroli ekanligi, lirik qahramon tabiatidagi indIVidual xususiyatlarni ko‘rsatib berishi, voqelikka nisbatan tanqidiy munosabatni ifodalashi kabi spesifik xususiyatlari aniqlangan;
bolalar she’riyatida yumor o‘yin-kulgi orqali yangi tushuncha va g‘oyalarni o‘rganishga yordam beruvchi ta’limiy, ma’lum axloqiy saboqlar, ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlarni singdiruvchi tarbiyaviy, pozitIV fikrlash qobiliyatini rIVojlantirishga asoslangan terapevtik hamda badiiy tafakkurni o‘stirish kabi estetik vazifalarni bajarishi asoslangan;
Anvar Obidjonning yumoristik she’rlariga xos: adresliligi nuqtayi nazaridan barcha yoshdagi bolalar olamini qamrab olishi, kulgili detallar, ramziy obrazlar orqali ijtimoiy hayot, jamiyatdagi muammolarni aks ettirishi, tanlangan sarlavhalar kalit vazifasini o‘tashi va kulgi ruhini aks ettirishi, topishmoqnamo mazmun kasb etishi singari indIVidual xususiyatlar aniqlangan;
Tursunboy Adashboev ijodida yumor she’riy ertaklar, hangoma mazmunidagi she’rlar, loflar, parodiyalarda kuzatilishi, ularda engil kulgi, hajv, ramziy-majoziy fikrlash tarzining ustuvorlik qilishi, tabiatdagi turli jonIVorlar, hayvonlar, parrandalar obrazlari, so‘z o‘yinlari vositasida kulgi yaratilishi, tamsillardan foydalanish kabilarda namoyon bo‘lganligi G‘afur G‘ulom, Quddus Muhammadiy singari shoirlar she’rlari muqoyasasi orqali oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek bolalar she’riyatida yumorning badiiy-estetik vazifalarini aniqlash bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
yumorning genezisi o‘zbek xalq latifalariga borib taqalishi, uning bolalar she’riyatida shoirning voqelikka munosabatini bildiruvchi vosita rolini o‘tashi,  tarbiya quroli ekanligi, lirik qahramon tabiatidagi indIVidual xususiyatlarni ko‘rsatib berishi, voqelikka nisbatan tanqidiy munosabatni ifodalashi kabi spesifik fikr-xulosalardan IZ-2021020813 “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unIVersitetining 2024-yil 16-fevraldagi 04/1-384-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va monografiyalarning bolalar adabiyoti bo‘yicha ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
bolalar she’riyatida yumor o‘yin-kulgi orqali yangi tushuncha va g‘oyalarni o‘rganishga yordam beruvchi ta’limiy, ma’lum axloqiy saboqlar, ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlarni singdiruvchi tarbiyaviy, pozitIV fikrlash qobiliyatini rIVojlantirishga asoslangan terapevtik hamda badiiy tafakkurni o‘stirish kabi estetik vazifalarni bajarishi singari ilmiy xulosalaridan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017–2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 10-noyabrdagi 7.11/23-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek va qoraqalpoq bolalar she’riyatida yumor yaratishda folklorizm unsurlari, mifologik obrazlar, milliy urf-odatlar, qadriyatlar va diniy qarashlarning o‘zaro qiyosiy-tipologik tarzda talqin etilganligi haqidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
Anvar Obidjonning yumoristik she’rlariga xos: adresliligi nuqtayi nazaridan barcha yoshdagi bolalar olamini qamrab olishi, kulgili detallar, ramziy obrazlar orqali ijtimoiy hayot, jamiyatdagi muammolarni aks ettirishi, tanlangan sarlavhalar kalit vazifasini o‘tashi va kulgi ruhini aks ettirishi, topishmoqnamo mazmun kasb etishi singari indIVidual xususiyatlardan IZ-2021020813 “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unIVersitetining 2024-yil 16-fevraldagi 04/1-384-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek bolalar she’riyatida yumor yaratish asoslari, uning taraqqiyot omillari, yumoristik obrazlar tizimi va tarkibi, bunda shoirlarning ijodiy mahoratiga xos yetakchi tamoyillar haqida to‘garak a’zolarining bilimi oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish