Kasimov Azamat Abdukarimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat tarmog‘i iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2DSc/Iqt675
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyodilla Axmadalievich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Tursunxadjaev Marat Tursunxadjaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Matluba Nigmatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sanoat tarmog‘i iqtisodiy samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni samaradorlik omillari manbasi, xususiyati va mezonlari bo‘yicha klassifikatsiyalash, sanoat tarmog‘ining jadal rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligiga ta’siri hamda o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi, samaradorlikka ta’sir etuvchi integral omillar tarkibini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
sanoat tarmog‘ining umumiqtisodiy samarasini ifodalovchi asosiy va aylanma fondlar hamda innovatsion samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari takomillashtirilib, ular asosida baholashning “nolga teng” ( ), “past” ( ), “o‘rta” ( ) va “yuqori” ( ) chegaraviy mezonlari ishlab chiqilgan;
sanoat tarmog‘ining iqtisodiy holatini kompleks baholash, ko‘rsatkichlar va omillarni aniqlash o‘zaro ta’sirini modellashtirish, joylashgan muhitini har tomonlama tahlil qilish, resurslardan samarali foydalanish hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan Sanoat siyosatini amalga oshirish va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan sanoat korxonalari obligatsiyalarining to‘lanadigan yillik daromad miqdori milliy valyutada, qarz oluvchining xatarlarini hisobga olgan holda, milliy valyutadagi suveren obligatsiyalari stavkasidan past bo‘lmagan miqdorda, kapital rentabelligi (ROE) 15 foizdan kam bo‘lmagan shartlarda sotib olinishini ta’minlash orqali sanoat ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda sanoat tarmog‘ining samaradorligini ifodalovchi miqdoriy va nisbiy asosiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida 2030-yilga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat tarmog‘i iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sanoat tarmog‘i iqtisodiy samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini samaradorlik omillari manbasi, xususiyati va mezonlari bo‘yicha klassifikatsiyalash, sanoat tarmog‘ining jadal rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligiga ta’siri hamda o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi, samaradorlikka ta’sir etuvchi integral omillar tarkibini aniqlash asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sanoat iqtisodiyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 29-sentyabrdagi 314-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda samaradorlik omillarini klassifikatsiyalash, sanoat tarmog‘ining jadal rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligiga ta’siri hamda o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi, samaradorlikka ta’sir etuvchi integral omillar tarkibini aniqlash asosida takomillashtirilgan “sanoat tarmog‘i iqtisodiy samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuniga oid nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
sanoat tarmog‘ining umumiqtisodiy samarasini ifodalovchi asosiy va aylanma fondlar hamda innovatsion samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari takomillashtirilib, ular asosida ishlab chiqilgan baholashning “nolga teng” ( ), “past” ( ), “o‘rta” ( ) va “yuqori” ( ) chegaraviy mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-iyundagi 02/26-1-3-13282-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmoqlarida resurslar samaradorligini baholash va shu asosida olinadigan xulosalarning aniqlilik darajasining 10-15 foizga yaxshilanishiga erishilgan;
sanoat tarmog‘ining iqtisodiy holatini kompleks baholash, ko‘rsatkichlar va omillarni aniqlash o‘zaro ta’sirini modellashtirish, joylashgan muhitini har tomonlama tahlil qilish, resurslardan samarali foydalanish hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan Sanoat siyosatini amalga oshirish va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-oktyabrdagi PF-169-son “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-iyundagi 02/26-1-3-13282-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida sanoat tarmog‘ini samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish, resurslardan samarali foydalanish, tarmoq holatini kompleks baholash va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan sanoat korxonalari obligatsiyalarining to‘lanadigan yillik daromad miqdori milliy valyutada, qarz oluvchining xatarlarini hisobga olgan holda, milliy valyutadagi suveren obligatsiyalari stavkasidan past bo‘lmagan miqdorda, kapital rentabelligi (ROE) 15 foizdan kam bo‘lmagan shartlarda sotib olinishini ta’minlash orqali sanoat ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 18-son qaroriga 1-ilova “Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida” nizomda o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-iyundagi 02/26-1-3-13282-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligiga omillar ta’sirini baholashda 7-8 foizga unumdorlikning oshishi ta’minlangan;
O‘zbekistonda sanoat tarmog‘ining samaradorligini ifodalovchi miqdoriy va nisbiy asosiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan 2030-yilga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-iyundagi 02/26-1-3-13282-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida sanoat tarmog‘ida iqtisodiy samaradorlikni oshirishning chora-tadbirlari va prognozlari asosida uzoq muddatli davrdagi istiqbol ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.