Gadaev Omon Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr ikkinchi yarmi - XXI asr boshlarida Samarqand viloyati mahallalari tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4 PhD/Tar1219
Ilmiy rahbar: Achil Bo‘riev, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Yulduz Alimovna Ergasheva, tarix fanlari doktori, dotsent Ishquvatov Valiqul Turdievich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati mahallalarining XIX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi o‘tmishini tarixiylik tamoyili asosida xolisona yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahallalar jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri bo‘lgan Samarqand viloyati hududida mavjud bo‘lgan o‘zini-o‘zi boshqarishning eng asosiy va muhim shakllaridan biri ekanligi tadqiqot natijasida aniqlangan;
mahalla quyi, lekin asosiy jamoaviy boshqaruv organi sifatida faoliyat yuritganligi, uning faoliyatida demokratik tamoyillar, aholining asriy urf-odat va an’analari, milliy va diniy qadriyatlari o‘ziga xosligi kabi tushunchalar yetakchilik qilganligi isbotlangan;
Rossiya imperiyasi va Sovet hokimiyati davrida mahallalar faoliyatini qayta tashkil etish asnosida azaliy qadriyatlarimizga zarba berib, mahallaning  maqomini pasaytirishga harakat qilinganligi tasdiqlangan;
mustaqillik yillarida mahallalar faoliyatida tub burilish jarayonlari sodir bo‘lganligi, mazkur tarixiy institutining qayta tiklanganligi, ajdodlarimizning asriy tajribalaridan jamiyatimizda keng foydalanila boshlanib, mahalla aholini ijtimoy himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar maskaniga aylanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XIX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida Samarqand viloyati mahallalari tarixini tadqiq qilish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
mahallalar jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri bo‘lgan Samarqand viloyati hududida mavjud bo‘lgan o‘zini-o‘zi boshqarishning eng asosiy va muhim shakllaridan biri ekanligi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatiladigan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (2023-yil 28-apreldagi 02-31-649-son ma’lumotnoma). Natijada xalqimizda mahallalarning tarixi va uning milliy davlatchiligimizdagi o‘rni bo‘yicha tushunchalar hosil qilingan;
mahalla quyi, lekin asosiy jamoaviy boshqaruv organi sifatida faoliyat yuritganligi, uning faoliyatida demokratik tamoyillar, aholining asriy urf-odat va an’analari, milliy va diniy qadriyatlari o‘ziga xosligi kabi tushunchalar yetakchilik qilganligi bo‘yicha vedio loyihadan Respublika “Ma’naviyat va marifat” markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar rejasi V yo‘nalishi “Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari” 22-bandi “Jamiyat hayotida yuz berayotgan turli ijtimoiy masalalarni tahlil qilish uchun podkast (audio, vedio) formatdagi loyiha” ni ishga tushirishda foydalanilgan (2023-yil 27-apreldagi 160-son ma’lumotnoma). Natijada mahalla azaldan milliylikni asrovchi va tarbiya maskani bo‘lganligi yana bir marotaba isbotlab berilgan;
Rossiya imperiyasi va Sovet hokimiyati davrida mahallalar faoliyatini qayta tashkil etish asnosida azaliy qadriyatlarimizga zarba berib, mahallaning  maqomini pasaytirishga harakat qilinganligi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlanadigan “Ziyorat” ko‘rsatuvining 2023-yil 3-fevral sonini, “Yo‘l bo‘ylab” ko‘rsatuvining 2023-yil 10-mart sonini tayyorlashda foydalanilgan. (“Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan berilgan 2023-yil 28-apreldagi 01-02-02/100-son ma’lumotnoma). Natijada teletomoshabinlar mahallaning Rossiya imperiyasi va Sovet hokimiyati davridagi maqomi, faoliyati va taqdiri haqida ma’lumotga ega bo‘lishgan;
mustaqillik yillarida mahallalar faoliyatida tub burilish jarayonlari sodir bo‘lganligi, mazkur tarixiy institutining qayta tiklanganligi, ajdodlarimizning asriy tajribalaridan jamiyatimizda keng foydalanila boshlanib, mahalla aholini ijtimoy himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar maskaniga aylanganligi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlanadigan “Ziyorat” ko‘rsatuvining 2023-yil 3-fevral sonini, “Yo‘l bo‘ylab” ko‘rsatuvining 2023-yil 10-mart sonini tayyorlashda foydalanilgan. (“Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan berilgan 2023-yil 28-apreldagi 01-02-02/100-son ma’lumotnoma). Natijada teleko‘rsatuvlar asosida xalqimizning boy ma’naviyatini yaratilishida, yuksak axloqiy tafakkurning shakllanishida mahalla asosiy rol o‘ynaganligi keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish