Bobobekov Ergash Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida sanoat korxonalari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3692.
Ilmiy rahbar: Sabirov Oybek Shavkatbekovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Muratova Shoxista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shakirova Farog‘at Boltaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyo sanoati korxonalari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo sanoati korxonalarining investision faolligini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda innovatsion salohiyat darajasi bilan texnologik, moliyaviy, intellektual hamda texnik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlagan holda oshirish asoslangan;
kimyo korxonalarining innovatsion faolligini bozor faoliyati, innovatsion loyihalarni amalga oshirish darajasi, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari hamda innovatsion faoliyatni boshqarish va hamkorlik hamda innovatsion faollik natijalariga ko‘ra baholash orqali oshirish taklifi asoslangan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarning innovatsiyalarni samarali joriy etish mexanizmi ularni tashkil etish modeli, pilot loyihalar va prototiplardan foydalanish, hamkorlik tashabbuslarini ilgari surish, yangi loyihalarni investisiyalash hamda moslashuvchan tashkiliy tuzilma yaratish dastaklari asosida takomillashtirilgan;
“Navoiyazot” AJ hamda “MAXAM-Chirchiq” AJning innovatsion salohiyatini oshirish orqali korxonalarni rivojlantirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kimyo sanoati korxonalari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar asosida:
kimyo sanoati korxonalarining investision faolligini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda innovatsion salohiyat darajasi bilan texnologik, moliyaviy, intellektual hamda texnik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlagan holda oshirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning  2024 yil 18 apreldagi 22-03-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kimyo korxonalariga investisiyalarni maqsadli jalb qilishga qaratilgan talablar belgilangan va innovatsion rivojlantirish talablariga o‘zgartirish kiritilgan;
kimyo korxonalarining innovatsion faolligini bozor faoliyati, innovatsion loyihalarni amalga oshirish darajasi, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari hamda innovatsion faoliyatni boshqarish va hamkorlik hamda innovatsion faollik natijalariga ko‘ra baholash orqali oshirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024 yil 18 apreldagi 22-03-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kimyo tarmoq korxonalarining innovatsion faolligini oshirish strategiyalari ishlab chiqilib, buning asosida «Navoiyazot» AJning innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lami 2023 yilda 2022 yilga nisbatan jami mahsulotlarga nisbatan 3,6 foizga, «Maxam-Chirchiq» AJda bu ko‘rsatkich 5,8 foizga, «Farg‘onaazot» AJda esa 11,4 foizga oshgan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarning innovatsiyalarni samarali joriy etish mexanizmi ularni tashkil etish modeli, pilot loyihalar va prototiplardan foydalanish, hamkorlik tashabbuslarini ilgari surish, yangi loyihalarni investisiyalash hamda moslashuvchan tashkiliy tuzilma yaratish dastaklari asosida takomillashtirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning  2024 yil 18 apreldagi 22-03-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kimyo  korxonalariga innovatsiyalarni joriy etish, ularning samaradorligini va mavjud jarayonlarga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta’minlash amalga oshirilib, integratsiyalashgan innovatsion faoliyat natijasida “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan 2023 yilda 15 dan ortiq  jami qiymati 542 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan investision loyihalar imzolangan;
“Navoiyazot” AJ hamda “MAXAM-Chirchiq” AJning innovatsion salohiyatini oshirish orqali korxonalarni rivojlantirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatida foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024 yil 18 apreldagi 22-03-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarning innovatsion mahsulotlar eksportini 2030 yilgacha bo‘lgan muddatlarda 18 foizga oshirish imkoni aniqlanib, kimyo korxonalari ishlab chiqarish va eksport hajmining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini yanada aniqlashtirish va muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish